Sportda bashorat qilish va modellashtirish



Download 4,24 Mb.
bet1/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Jismoniy madaniyat fakulteti
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi



SPORTDA BASHORAT QILISH VA MODELLASHTIRISH”


fani bo`yicha


O`QUV-USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi – 100 000 Gumanitar


Ta’lim sohasi – 110 000 Pedagogika
Ta’lim yo’nalishi – 5A112001 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi
Urganch-2021
5A112001 – «Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi» magistratura yo`nalishi talabalari uchun “Sportda bashorat qilish va modellashtirish” fanidan o`quv-uslubiy majmua.

TASDIQLAYMAN”


O`QUV ISHLARI BO`YICHA PROREKTOR
_______dots. Xodjaniyazov S.U.
____________2021 yil.

Fakultet:

Jismoniy madaniyat

Kafedra:

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”

Yo`nalish:

5A112001 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi

Kurs:

I

Semestr:

II



O`quv-uslubiy majmua “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasining ______ 2021-yil yig`ilishida muhokama qilingan (Bayonnoma1).





Tuzuvchi:






dots. Sharipov A.K.

Taqrizchilar:




dots. Matnazarov O`.L.







p.f.n.Masharipova M.I.













MUNDARIJA



1.

Fan yuzasidan ma’ruza mashg`ulotlari……………


2.

Fan dasturi...............................................................




3.

Ishchi fan dasturi.....................................................




4.

Baholash mezonlari bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar




5.

Boshqa materiallar..................................................




6.

Glossariy..................................................................





FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG`ULOTLARI
I-Semestr
Maruza: Sportchilar tayyorlash tizimini boshqaruv asoslari.
Mavzu rejasi:
1.Bоshqаruvning оb’еkti, mаqsаdi vа turlаri (bоsqichli, kundаlik vа tеzkоr), ulаrning tаvsifi.

2. Bosqichli boshqaruv.


3.Kundalik boshqaruv
4.Tezkor boshqarish
5.Sport zaxiralari tayyorlashning boshqaruvini tashkillashtirish.
1.1.Boshqaruv maqsadi, ob’ekti va turlari.
O‘tgan asrning 70-yillari boshidan mashg‘ulot jarayonini boshqarish bir qator mutaxassislarning tadqi-qot ob’ektiga aylanadi. Ular o‘z tadqiqotlari yo‘nalishi etib kibernetik yondashuv usulini asos qilib olishdi. Bunday nuqtai nazardan sport mashg‘ulotiga umuman olganda, sog‘lom inson organizmi faoliyatini maxsus tashkillash-tirilgan boshqarish sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
Albatta, bunday tor ma’noda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotini mushkul dinamik o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizim-larni boshqarish nazariyasining hosilasi sifatida qarash mumkin.
Kibernetika tomonidan shakllantirilgan boshqaruv qonuniyatlari asosi, faqatgina sabab-oqibat bog‘liqligi mavjudligi bilan tasniflanuvchi mushkul dinamik tizimlargina o‘z-o‘zini boshqarishi mumkin degan nuqtai nazarga olib keladi; boshqaruv jarayonlari tizimni turg‘unlashuviga ruxsat beruvchi antidetashkillashtiruvchi tasnifga ega; boshqaruv va axborot ajralmas bir butundir. O‘z-o‘zini boshqaruvchi tizimlarning muhim omillari teskari aloqalardir, ular boshqaruvni maqsadga yo‘nalti-rilgani va optimal hamda funksionalligini ta’minlaydi. Bunday holda, biron-bir muhim qismni tushirib qoldirish juda qiyindir, chunki har bir kirishda chiqish mavjuddir. Masalan, sport natijarini aniqlovchi sifat uni baholash usuli, rivojlanish uslubiyati rejalashtirayotgan natija me’yorini belgilash, ularni vaqt bo‘yicha taqsimlanish tartibi va h.k.
Bu holda, boshqaruv jarayoni tartibga tushadi, musobaqa faoliyatining strukturasi va unga mos keluvchi sportchi-larning funksional imkoniyatlarini tashxislash uslu-biyati, musobaqa faoliyatiga tayyorlikning turli kompo-nentlarini takomillashtirishning yo‘naltirilgan model-lar, usullar va vositalar tizimini mustahkam bog‘laydi.
Mazkur g‘oyalar uzoq muddatli tayyorgarlik istiqbolli dasturini ishlab chiqishda o‘z samarasini beradi (Platonov. 1997).
Tayyorgarlik jarayonini boshqarishning maqsadi sportchi faoliyatini takomillashtirish, yuqori yutuqlarga erishishni ta’minlovchi maqsadli tayyorgarlikni rivoj-lantirishdir. Sport mashg‘ulotini boshqarishning ob’ektisportning intizomi, uning tezkor, davriy, bosqichli holatining sababi bo‘lib qo‘llaniladigan mashg‘ulot va musobaqa yuklamasi, sport tayyorgarligi tizimida unga ta’sir majmuasining barchasidir.
Mashg‘ulot jarayonini boshqarish ham sport mashg‘uloti tizimi imkoniyatlarini (qonuniyatlar, omillar, holatlar, vosita va usullar va h.k. hamda mashg‘ulot va musobaqadan tashqari (maxsus anjom, uskuna va mashg‘ulotlar, qayta tiklanishi vositalari, iqlim omillari va boshqalar) omillarini majmuaviy qo‘llashni ko‘zda tutadi. Bir tomondan, bu sport mashg‘uloti jarayonida boshqaruvni o‘ta murakkabligini, ikkinchi tomondan, amalga oshirilgan echimlarning asoslanganligi holda uning katta samarador-ligini belgilaydi (1.1-jadval).
Mashq jarayonini boshqarish murabbiy tomonidan sportchining faol ishtirokida amalga oshiriladi va uch guruh amaliyotlarni o‘z ichiga oladi:
− sportchilarning holati to‘g‘risida axborot yig‘ish, bularga jismoniy, texnik-taktik, psihologik tayyorgarlik, turli funksional tizimlarning mashg‘ulot va bellashuv vazifasiga ta’sirchanligi, musobaqa faoliyatining ko‘rsat-kichlari kiradi va x.k;
− ushbu axborotlarni haqiqiy va berilgan ko‘rsat-kichlar bilan solishtirish asosida tahlil qilish, ko‘zlangan samaraga erishishni ta’minlovchi mashg‘ulot hamda bellashuv faoliyati tasniflarini rejalashtirish va aniqlashtirish;
− mashg‘ulot va bellashuv faoliyatidan ko‘zlangan sama-raga erishishni ta’minlash, maqsad vazifalari, reja va dasturlari, vosita va usullarni ishlab chiqarish hamda joriy etish yo‘li bilan qabul qilish.
Sport mashqi jarayonini boshqarishning asosi bo‘lib, sportning turli va doimo o‘zgaruvchan imkoniyatlari, uning funksional holatining o‘zgarishi, hamda sportchidan murabbiyga keladigan quyidagi to‘rt turdagi qaytma aloqa to‘g‘risida axborot xizmat qiladi;
1) sportchidan murabbiyga keluvchi ma’lumotlar (salo-matlik, ishga munosabati, kayfiyati va boshqalar);
2) sportchining o‘zini tutishi to‘g‘risida ma’lumotlar (mashg‘ulot hajmi, uni bajarilishi, aniqlangan xatolar va x.k.);
3) mashqlarning tezroq samarasi to‘g‘risida axborotlar (mashq yuklamasi natijasida funksional o‘zgarish tasnifi);
4) mashg‘ulotning kumulyativ va kelgusi samarasi to‘g‘ri-sidagi ma’lumotlar (sportchining tayyorgarlik darajasini o‘zgarishi).


1.1-jadval. Sport mashg‘uloti
jarayonini boshqarish tuzilmasi
.




Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish