Sportda bashorat qilish va modellashtirish


Yillik siklda mashg‘ulot – musobaqa jarayonini rejalashtirish



Download 4,24 Mb.
bet57/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

Yillik siklda mashg‘ulot – musobaqa jarayonini rejalashtirish
Istiqbolli rejalar asosida sportchining joriy (yillik) mashg‘ulot rejalari tuziladi. Ularda mashg‘ulot vositalari ancha batafsil sanab va bayon etib o‘tiladi, mashg‘ulot yuklamalari va musobaqa o‘tkazish muddatlari aniqlashtiriladi. Yillik siklni rejalashtirish sport formasini rivojlantirish qonuniyatlariga mos holda mashg‘ulotlarni davriylashtirish xususiyatlarini inobatga olib amalga oshiriladi.
Yillik mashg‘ulotlar jarayonini rejalashtirish va uning miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash quyidagi ikkita variant: oylar va haftalar bo‘yicha bajarilishi mumkin. Shuning uchun tayyorgarlik rejasini grafik ko‘rinishida ifodalashda murabbiy o‘n ikkita oylik vertikal ustunlarni yoki yillik sikldagi haftalar soniga mos keladigan 52 ta vertikal ustunlarni ajratishi kerak.
Yillik rejaning tuzilmasi (makrosikllar, davrlar va mezosikllar soni va ularning ketma – ketligi) har bir aniq sport turida sportchining individual yoki jamoaning kalendari tizimiga muvofiq holda aniqlashtiriladi. Yillik sikl bir nechta, ko‘pchilik hollarda ikkita yoki uchta, makrosikllardan iborat bo‘lishi mumkin va bu hol davrlarni tanlash va navbatma – navbat almashtirishni aniqlab beradigan startlar soni va ular orasidagi vaqt intervallari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Ikki va uch siklli tayyorgarlikni rejalashtirishda bir yil doirasida tugallangan qo‘shimcha makrosiklni kiritish, ko‘pgina hollarda, sport natijalarini, ayniqsa, yosh mahoratli (kvalifikatsiyali) sportchilarda, yaxshilanishiga olib kelishini inobatga olish kerak. Uch – va to‘rt siklli rejalashtirishdan foydalanishda esa yaqin 1 – 2 yilda natijalarni o‘sishi ham, sportchilarning “sport hayoti davomiyligi”ni qizarishi ham kuzatiladi. Shuning uchun bunday tuzilmani faqat uni taklif etish uchun yetarli darajadagi asoslar bo‘lgan holda tavsiya etish mumkin.
Yillik tayyorgarlik rejasiga dastlab haftalar tartib raqamlaridan va yil oylarining nomlaridan tashkil topgan kalendar “to‘r”i (setkasi) kiritiladi. Keyingi qilinadigan ish ushbu “to‘r”ga bosh musobaqalarni kiritish hisoblanadi. Undan keyin esa yillik reja tarkibiga kiradigan hamda bosh startlarning kerakli muddatlarida yuksak sport formasi holatiga erishishini ta’minlaydigan davrlarning va asosiy bosqich­larning makrosikllari chegaralari aniqlanadi. Undan keyin individual musobaqalar kalendari, sport o‘yinlari bo‘yicha jamoalar uchun esa – o‘yinlar kalendari to‘lig‘icha kiritiladi. So‘ngra makrosiklning har bir haftasi yoki oyi bo‘yicha mashg‘ulot jarayonining umumiy ko‘rsatkichlari taqsimlanadi. Shundan keyin mashg‘ulotlarning umumiy hajmlari, eng ixtisoslashgan va intensiv vositalarning (5 – 9 ta ko‘rsatkichgacha) xususiy hajmlari, nazorat testlari o‘tkazish muddatlari, sport natijalari dinamikasi, mashg‘ulot yig‘inlari muddatlari, tiklanish tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari ham taqsimlanadi.
Yoyilgan varaqda chop etilgan reja bo‘limlari ushbu hujjatni ancha ko‘rgazmali va murabbiyning kundalik ish faoliyatida juda qulay bo‘lishini ta’minlaydi. Rejalashtirishning bunday shakli uni zamonaviy ZHMlarida tahlil qilish imkonini beradi.
Yillik rejalarni ishlab chiqishda quyidagi tashkiliy – uslubiy qoidalarni:
– turli ustuvor yo‘nalishdagi yuklamalarni – tayyorlov davridagi eng dastlabki bosqichlardagi tanlanma yuklamalardan to tayyorlov va musobaqa davrlarining yakunlovchi bosqichlaridagi majmualargacha rejalashtirilgan yuklamalarning ratsional nisbatini;
– texnik–taktik mahoratni namoyon bo‘lishi hamda mashg‘ulot yuklamasining to‘lqinsimon xarakterdagi dinamikasini, uning tashkil etuvchi komponentlarini, hajmi va ishlash va dam olish intensivligini o‘zgarishi hisobiga cheklangan omillar ta’sirini kamayishi asosida yotadigan harakatlanish sifatlarini ketma - ket yoki majmua takomillashtirishni inobatga olish kerak.
Umumiy, maxsus jismoniy va texnik - taktik tayyorgarlik vositalarini rejalashtirishda quyidagi eng maqsadga muvofiq ketma – ketlikka rioya qilish tavsiya etiladi: umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalaridan foydalanishda – mashg‘ulot faoliyatining turli ko‘rinishidagi umumiy chidamlilikni rivojlantirishdan tanlangan sport turida asosiy tayyorgarlik vositalari orqali maxsus va kuchlilik chidamliligini rivojlantirishga tomon; harakatlanish sifatlarini rivojlantiruvchi va sportchi salomatligi darajasini mustahkamlovchi vositalardan keng foydalanishdan tanlangan sport turi uchun yuksak sport yutuqlariga erishishda hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydigan ma’lum harakatlanish qobiliyatlarini takomillashtirishga urg‘u bergan holda ixtisoslashgan mashqlarni bajarishga tomon intilish tavsiya etiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarini rejalashtirishda maxsus chidamlilikdan harakatlanish tezligini, harakatlar tezligi va tempini (mushaklar ishida tez zo‘riqish va tez bo‘shashishni) amalga oshirishga, tezkor harakatlarni (maksimal tezlik vujudga keltirish uchun qadamlar uzunligi va tempini birlashtirishni) nazorat qilishga; sezilarli darajadagi kuchlanishlarda katta amplitudada harakatlanuvchi muskullar guruhini ishlatishdan harakatlarning ishchi amplitudalari va trayektoriyalarida (musobaqa faoliyati parametrlariga mos holda) harakatlar quvvatini va kuch gradientini oshirishga tomon o‘tish kerak. Tanlangan sport turidagi maxsus va asosiy mashqlarda (sakrashlar, uloqtirishlar, ularning kombinatsiyalari va boshqalarda) esa soddalashtirilgan sharoitlardan murakkablashtirilgan, musobaqa va ayrim elementlarda, kombinatsiyalarda va yaxlitlikda musobaqa sharoitlaridan ham yuqori darajadagi murakkablikda bo‘lgan sharoitlarga tomon intilish lozim.
Mashg‘ulot yuklamalari variativligini barcha komponentlari: takrorlanishlar soni va tempi, harakatlar amplitudasi va erkinligi, mashqlarni bajarish davomiyligi va intensivligi, qo‘shimcha og‘irliklar va qarshiliklar kattaligi, mashg‘ulotlar joyini almashtirish (zal, manej, stadion, o‘rmon yoki suv mavzesi, daryo bo‘yi va boshqalar), vaqt (sahardan nonushtagacha, kunduzi, kechqurun), mashg‘ulotlar davomiyligi va soni, musiqiy, yoruqlikli, shovqinli va boshqalar bilan birga o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bo‘yicha rejalashtirish yetakchi uslubiy qoidalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, tayyorgarlikda sportchi organizmi tizimlarini kerakli darajada moslashishi uchun o‘ta ahamiyatli bo‘lgan emotsional to‘liqlikni yaratish uchun mashg‘ulotlarni o‘tkazish va tashkil etishda turli – tumanlilik muhim ahamiyatga ega.



Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish