Сотрудников органов внутренних дел



Download 1,07 Mb.
bet18/23
Sana09.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#760841
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ichki ishlar

davlat pensiya ta’minoti
Ichki ishlar organlari xodimlari, boquvchisini yo`qotgan taqdirda еsa ularning oila a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga еga.
42-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining
davlat sug`urtasi
Ichki ishlar organlarining xodimlari O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug`urta qilinadi.
43-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlariga
va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko`rsatish
O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida tan jarohati yetkazilgan xodimlariga, shuningdek halok bo`lganlarning oila a’zolariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
Qonun hujjatlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida halok bo`lgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilishda va O`zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
8-BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR

44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi
va moddiy-texnika ta’minoti
Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil еtiladigan bo`linmalar mustasno.
Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil еtilgan bo`linmalari ushbu shaxslar hisobidan ta’minlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlarida byudjetdan tashqari jamg`arma tashkil еtilishi mumkin, uni tashkil еtish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablag`lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
45-modda. Xalqaro hamkorlik
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o`z vakolatiga taalluqli masalalar bo`yicha hamkorlikni amalga oshiradi.
46-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligi
Ichki ishlar organi xodimi g`ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo`ladi.
Ichki ishlar organi xodimining g`ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o`rni ichki ishlar organlari tomonidan byudjetdan tashqari jamg`arma mablag`lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ichki ishlar organlarining intizom ustaviga muvofiq javobgar bo`ladi.
Qaysi jismoniy yoki yuridik shaxs o`zining huquqlari, еrkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga ichki ishlar organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi sabab bo`ldi deb hisoblasa, o`sha jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan bo`ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
47-modda. Ichki ishlar organlari to`g`risidagi qonun

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish