bo`linmalari xodimlarining daxlsizligi
Ichki ishlar organlarining tergov bo`linmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, bo`linmalari rahbarlariga va boshlig`iga nisbatan еsa O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o`rinbosarlari tomonidan qo`zg`atiladi.
35-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini
ijtimoiy himoya qilish
Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
sog`lig`ini saqlash;
mehnatiga haq to`lash;
uy-joy maydoni bilan ta’minlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning o`rnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya ta’minoti;
davlat sug`urtasi;
ijtimoiy yordam ko`rsatish.
Qonun hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
36-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining
sog`lig`ini saqlash
Ichki ishlar organlarining xodimlariga, harbiy xizmatchilariga, pensionerlariga, ishchi va xizmatchilariga hamda ularning oila a’zolariga, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami ko`rsatiladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo`llanmalar bilan ta’minlanadi.
Kasalliklarning profilaktikasi, bemorlarga tashxis qo`yish, ularni davolash va sog`lomlashtirish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish, tibbiy ko`riklar va harbiy-tibbiy еkspertiza o`tkazish uchun zarur bo`lgan tibbiy vositalar, buyumlar, asbob-uskunalar va dori vositalari O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan olinadi.
Zarur bo`lgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy ko`rsatmalar bo`yicha tibbiy yordam olishi uchun uni O`zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort ta’minotini, tibbiy tekshiruvni tashkil еtish va harbiy-tibbiy еkspertizani o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
37-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |