mehnatiga haq to`lash Ichki ishlar organlari xodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda miqdorlarda pul va oziq-ovqat ta’minoti bilan ta’minlanadi.
38-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan ta’minlash Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga еga.
Ichki ishlar organlari xizmat uy-joy fondiga еga bo`lishi mumkin.
Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to`lanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.
39-modda. Ichki ishlar organi xodimining mol-mulkiga etkazilgan zararning o`rnini qoplash Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog`liq holda yetkazilgan zararning o`rni O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan to`liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
40-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida transport vositalaridan foydalanishi tartibi Ichki ishlar organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug`lik signallariga va tovushli signallarga, bo`yoqli rangli grafika sxemasiga еga maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi.
Mehnatning qatnov xususiyati bilan bog`liq bo`lgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda shahar yo`lovchi transportidan (yo`nalishli va yo`nalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yo`l chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya to`lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari xodimlariga transportning barcha turlariga yo`l hujjatlarini safar guvohnomasini ko`rsatib navbatsiz olish huquqi beriladi.
Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari xodimlariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to`lanadi.
41-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining