3- amaliy mashg‘ulot Avtotransport vositalari xaydovchilariga qo‘yiladigan talablar Amaliy mashg‘ulot maqsadi



Download 132,33 Kb.
bet1/2
Sana07.07.2022
Hajmi132,33 Kb.
#754823
  1   2
Bog'liq
3 Amaliy mashg ulot


3- Amaliy mashg‘ulot
Avtotransport vositalari xaydovchilariga qo‘yiladigan talablar


Amaliy mashg‘ulot maqsadi : Avtotransport vositalarini tasniflashni va turli toifadagi avtotransport vositalari haydovchilari bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish va taxlil etish
Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i:

  1. Avtotransport vositalarini tasniflashni o‘rganish. Avtotransport vositalarini turi qaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tasniflanishini yoritib berish. Jadvalni natijaviy ma’lumotlar bilan to‘ldirish.

  2. Avtotransport vositalarini toifalar bo‘yicha aniqlashni o‘rganish. Jadvalni natijaviy ma’lumotlar bilan to‘ldirish.

  3. Xar bir toifa avtotransport vositalari haydovchilariga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish

  4. Amaliy mashg‘ulot yuzasidan xisobot tayyorlash

Qo‘llaniladigan metodika: Kichik guruxlar, jadvalli taxlil, blits so‘rov
Ishni bajarish texnologiyasi:
Nazariy qism

Avtomobil – o‘zi xarakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobil-lotincha xarakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.


Avtomobil – quruklikda xarakatlanuvchi transport vositasi bo‘lib, mustaqil energiya manbaiga ega bulgan dvigatel bilan jixozlangan hamda katta qulaylik va xavfsizlikka ega bo‘lgan xolda relssiz yo‘llarda yuk va yulovchilarni tashishga yoki o‘ziga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan g‘ildirakli mashinadir. Avtomobillar vazifasiga ko‘ra transport, maxsus va poyga avtomobillariga bo‘linadi.
Transport avtomobillariga passajir, yuk va yuk-passajir avtomobillari kiradi.
Passajir avtomobillari yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: avtobuslar va yengil avtomobillar. Passajir avtomobillari sakkiztadan ko‘p o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa - avtobus, sakkiztadan kam o‘rinli bo‘lsa yengil avtomobil deb ataladi. Avtobuslar vazifasiga qarab shaxar atrofida, shaxar ichida, shaxarlararo, ma’lum joylarda qatnaydigan va umumiy ishlarda foydalaniladigan buladi.
Yuqorida aytilgan vazifalariga qarab avtobuslarda o‘rinlar soni 10 dan 80 gacha bo‘ladi. gabarit uzunligiga karab avtobuslar: juda kichik(mikroavtobus); kichik; urtacha; katta va qushalok avtobuslarga ajratiladi.
Yengil avtomobillar ikki, turt va yetti o‘rinli buladi. Ularga o‘rnatiladigan dvigatellarning ish xajmiga karab yengil avtomobillar bir-biridan fark kiladi: mikrolitrajli; kichik litrajli; o‘rta litrajli; va katta litrajli.
Yuk avtomobillari yuk vazniga karab yengil vazn; kichik vazn; urta vazn; katta vazn-; juda katta vazn; o‘ta katta vazn va 40 t dan ortik yuk ko‘taradigan avtomobillarga bulinadi.
Bortlari ochiladigan universal kuzovli avtomobillarda xilma-xil yuklar tashiladi.
Sochiluvchan yuklar yukni o‘zi ag‘daradigan (samosval) avtomobillarda , suyukliklar sisternali avtomobillarda, ko‘pchilik oziq ovqatlar esa refrijerator-furgonlarda tashiladi, bunday avtomobillar ixtisoslashtirilgan avtomobillar deyiladi. Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jixozlanadi. Masalan, sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish avtomobillari.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Poygalar aylanma, tugri shosselar, avtodrom, ippodrom, velodrom va stadionlarda o‘tkaziladi.
Xar xil yullarda xarakatlanish xususiyatiga karab oddiy va utagon avtomobillarga bulinadi:

  1. Avtomobil katnoviga moslashtirilgan kattik koplamali yullarda xarakatlanuvchi bitta o‘ki yetakchi bo‘lgan avtomobil oddiy avtomobil deyiladi.

  2. Yomon va moslashtirilmagan yullarda xarakatlanuvchi ikkita yoki uchta uki yetakchi bo‘lgan avtomobil o‘tagon avtomobil deyiladi.

O‘zbekiston Respublikasida barcha transport vositalari ularning turlariga, qo‘llanilishiga va boshqarishning o‘ziga xosligiga qarab A, V, S, D, YE toifalarga hamda tramvay, trolleybus, motokajavalarga bo‘linadi. Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus, kajavali mototsikl haydovchisiga faqat kajavali mototsiklni boshqarishga ruxsat etiladi.
«V», «S» va «D» toifasidagi transport vositalarining haydovchilariga ularning to‘la vazni 750 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan tirkama bilan ham boshqarishga yo‘l qo‘yiladi.
To‘la vazni 750 kilogrammdan ortiq bo‘lgan tirkamali «V», «S» va «D» toifalaridagi transport vositalarini, shuningdek, bo‘g‘imli avtobuslarni boshqarish uchun haydovchining haydovchilik guvohnomasida «YE» toifasini ham boshqarishga ruxsat etilganligi belgisi, bo‘g‘imli trolleybuslarni boshqarish uchun esa haydovchilik guvohnomasida uni boshqarish huquqini beruvchi belgi bo‘lishi shart.
«V», «S», «D» va «YE» toifalaridagi transport vositalarini, tramvaylar, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv yurtlarida tayyorgarlikdan o‘tishlari shart.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarining tinglovchilari uchun qo‘yiladigan talablar:

  • sog‘lig‘ining holati bo‘yicha maxsus tibbiy talablarga javob berishi;

  • ma’lumoti umumiy o‘rta ma’lumotdan kam bo‘lmasligi;

  • o‘quv mashg‘ulotlari ta’lim muddati yakunida «A» toifali mototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 16 yoshga,

  • «V», «V» va «S» toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 18 yoshga,

«D» toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 21 yoshga to‘lganligi, «VE», «SE» va «DE» toifalariga ega bo‘lish uchun «V», «V» va «S», «S», «D» toifalardagi transport vositalarini boshqarish bo‘yicha kamida o‘n ikki oy haydovchilik stajiga ega bo‘lgan shaxslar.



Download 132,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish