Sohaning faol va nofaol terminlari



Download 0,54 Mb.
bet11/11
Sana01.03.2023
Hajmi0,54 Mb.
#915446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sohaning faol va nofaol terminlari

Tasviriy ifoda - predmet yoki voqea va hodisalarni oʽz nomi bilan emas, balki ularning oʽziga xos belgi-xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Tasviriy ifodalar - predmet, voqea-hodisalarning oʻz nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatini tasvirlab, bo‘rttirib, izohlab va toʻldirib koʻrsatishda nutqiy vosita hisoblanadi. Masalan, oq oltin - paxta, oq oltin ijodkorlari – paxtakorlar, kumush tola - pilla, haqiqat qo‘rgʻoni – sud organi, hayotimiz qomusi – Konstitutsiya, jamiyatning yarasi - o‘gʻri va fohishalar, huquq posbonlari - yuristlar, jahon bankining vatani - Shveytsariya va h.k.
Maqollar kishi anglatmoqchi boʻlgan ma’noni obrazli qilib ifodalash uchun xizmat qiladi, nutqning ta’sirchanligini ta’minlaydi. Maqollar – fikrni alohida ta’kidlash uchun xizmat qiladi va uning siyosiy va ma’naviy o‘tkirligini oshiradi, gʻoyat murakkab hodisalarning mohiyatini oydinlashtiradi, fikrning nishonga tegishini ta’min etadi. Maqollardan foydalanishda ularning tushunarli boʻlishi, oʻz o‘rnida to‘gʻri ishlatilishiga, nutqning aniq va ta’sirchan qilishiga e’tibor berish lozim. Maqollarni noto‘gʻri, buzib ishlatish ham ularning ma’nosiga putur yetkazadi. Yozuvchi Abdulla Qahhor oʻz hikoyalarida epigraf sifatida berilgan maqollar orqali oʻquvchilar diqqatini darhol egallaydi. Masalan, “Osmon yiroq-yer qattiq”(“Bemor”) yoki “Otning o‘limi – itning bayrami”(“Ugri”). Yozuvchining ta’kidlashicha, kitobxonga bir fikrni yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishini boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til kerak. Surat oldirayotgan kishi suratga chiroyli va kelishib tushmoqqa behuda zo‘r berib, oʻzining tabiiy holatini buzganday, yozuvchi chiroyli va qoyil qilib yozishga zo‘r bersa, adabiy asar uchun zarur bulgan tildagi soddalik va tabiiylik buziladi.
Soʻzlar nutqda oʻz ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’noda ham qoʻllanadi. Soʽzning ko‘chgan ma’nolari nutqni koʻplab ma’no tovlanishlari bilan ta’minlaydi. Notiq soʻzlarni oʽz ma’nosida ishlatish bilan birga, biror voqea-hodisa mohiyatini yaqqolroq va aniqroq ochib berish uchun soʻzlarning turli ma’no tovlanishlariga murojaat qiladi. Soʽzning ko‘chma ma’nolari tufayli notiq nutqining ta’sirchanligi ta’minlanadi. Tilda soʽz ma’nolari metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik yoʻllari (usullari) orqali ko‘chadi. Bu usullar tilshunoslikda yangi soʽz hosil qiluvchi vositalar tarzida qayd etiladi. Nutq to‘gʻri, ammo ayni vaqtda tushunilishi qiyin boʻlishi mumkin. Nutq to‘gʻri, biroq nutq soʽzlanayotgan sharoitga mos boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun ham atoqli uzbek shoir va yozuvchilari oʻz asarlarini qayta-qayta ishlaganlar. Bu borada Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Abdulla Oripovlarning ijodlarini misol qilib koʻrsatish mumkin. Yozuvchi Said Ahmadning yozishicha, Abdulla Qahhor ba’zi hikoyalarining matnini 27 martagacha qayta ishlagan ekan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin esa shunday yozadi: “Adib oʽzini tahrir qilishi, asarlarida haykaltaroshdek gʻadir-budir marmarni ishlab, jonli inson yaratishi kerak. Masalan, Qodiriy ham, Oybek ham qoʻlda yozishgan, biroq bir sidra oson yozilgan yaxshi asar yo‘q, har qanday yetuklik ham tahriru ter to‘kishni taqozo etadi. Yuqoridagi fikrlardan koʻrinadiki, yozuvchilar soʽz tanlashda, soʽz birikmalarining o‘rnini boshqasi bilan almashtirganda nutqning barcha kommunikativ sifatlariga alohida e’tibor berishgan. Zero, bu holat, ya’ni maqsad va me’yorga muvofiq nutq tuza olish, nutqning muloqot sifatlariga jiddiy yondoshish, ularning har birini oʽz o‘rnida qoʻllash nutq madaniyatini yanada mukammallashtiradi.
Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.

  2. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.

  3. Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish