Sohaning faol va nofaol terminlari



Download 0,54 Mb.
bet9/11
Sana01.03.2023
Hajmi0,54 Mb.
#915446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sohaning faol va nofaol terminlari

Nutqning mantiqiyligi oʻqituvchining faoliyatida ham muhim oʻrin tutadi. Oʻqituvchi mantiqiy nutq egasi boʻlishi uchun unga faqatgina tilni yaxshi bilish emas, balki keng bilim doirasi, tafakkur qobiliyati ham zarur boʻladi. Dars o‘tayotgan oʻqituvchi oʻz mavzusini chuqur bilishi, shu mavzu yuzasidan keng va atroflicha fikr yurita olishi talab etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, oʻqituvchi-pedagog darsni muqaddas bilib, mantiqiy soʽzlashi, mantiqiy fikrlashi, umuman, sogʻlom nutq va fikr egasi sifatida oʻz oʻquvchilari qalbidan chuqur joy egallamogʻi kerak. A.G.Chernishevskiy «Nimani noaniq tasavvur qilsang,shuni noaniq ifoda etasan, noaniq va chalkash ifoda esa fikrlar chigalligidan dalolatdir» degan edi. Nutqning mantiqiyligi faqat lisoniy hodisa boʻlmasdan, ekstralingvistik hodisa sifatida ham namoyon boʻladi. Agar oʻqituvchi tilning butun qoidalarini yaxshi bilsada, oʻzi fikr yuritayotgan mavzuni yaxshi bilmasa, nutqning mantiqiyligi yuqori darajada boʻlmaydi. Zero, ulugʻ mutafakkir Forobiy to‘gʻri ta’kidlaganidek, «Mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ham tafakkurni haqiqiy yoʻldan olib borish uchun aqlni to‘gʻrilab turadi». Fikr, tafakkur qilish sogʽlom boʻlsa, nutq ham talab darajasida boʻladi. Fikr noto‘gʻri boʻlsa, nutq mantiqiy jihatdan tugal boʻlmasligi aniq. Grammatik jihatdan shakllanmagan nutq ham, nutqda nooʻrin qoʻllanilgan lugʻaviy birliklar, grammatik shakllar ham mantiqqa putur yetkazadi. P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, oʻzimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz mantiqning obyektti boʻla oladi. Nutqning mantiqiyligi yukoridagi kommunikativ sifatlar, ya’ni to‘gʻrilik va aniqlik bilan chambarchas bogʻliqdir. Chunki to‘gʻri va aniq boʻlmagan nutq hech qachon mantiqiy ham boʻlolmaydi. Nutqning mantiqiyligi buzilsa, ifodalanayotgan fikr oʻquvchi yoki tinglovchiga toʻliq yetib bormaydi, natijada mantiqsizlik yuz beradi. Bunday e’tiborsizlik esa fikrning buzilishiga yoki umuman anglashilmasligiga olib keladi. Oʻqituvchi oʽz nutqida mantiqiylikka erishish uchun, avvalo, bir fikrni ikkinchi fikrga bogʻlay olish, mavzuning muqaddima, asosiy qism, hamda xotima qismini to‘gʻri joylashtira olish, fikr yuritilgan mavzu yuzasidan tegishli xulosalar chiqara olish mahoratiga ega bulimi lozim. Har qanday voqeiylik yuzasidan aytilayotgan mulohazalar yuqorida sanab o‘tilgan zaruriy qismlarga ega boʻladi, agar bu qismlar tartibi oʽzgartirilsa, mantiq yo‘qolishi, maqsad amalga oshmasligi aniq. Shuning uchun nutqiy mantiq talabiga muvofiq gaplar oʻrtasida ham izchillik boʻlishi, ularning birida bayon etilgan fikr ikkinchisi orqali toʻldirilishi kerak. Bu holat ma’lum bir fikrning tugashiga qadar davom ettirilishi lozim. Gaplar oʻrtasida fikriy izchillik yo‘qolishi bilan mantiqiylikka putur etadi.Demak, tushunchalar uchun muqobil boʻla oladigan soʽzlar, terminlarni oʽz o‘rnida qoʻllay olish; ohang, soʽzlarning bogʻlanishi, soʽzlar tartibi, gaplarning turlarini mazmunga muvofiqligini ta’minlay olish mantiqiylikning asosini tashkil etadi. Ya’ni voqeiylikka mos kelmagan nutqda mantiqiylik tugal boʻlmaydi. Mantiqiy izchillik oʻqituvchi nutqining asosiy belgilaridan biridir. Ya’ni oʻqituvchi nutqida shakl bilan mazmun mantiqan muvofiq boʻlishi zarur. Adabiy til me’yorlariga rioya qilinmagan, grammatik jihatdan noto‘gʻri tuzilgan nutq mantiqiy izchil boʻlmaydi. Oʻqituvchining mantiqiy nutqi fikrni to‘gʻri va aniq aks ettirishi bilan birga ta’sirchanlikni ham ifodalaydi. Bunday nutq oʻquvchining idrokini zo‘riqtirmaydi. Har qanday mantiqiy fikr qanchalik murakkab boʻlmasin, oʻqituvchining mahorati bilan oʽziga loyiq va yarashiq, ya’ni mantiqiy libosini kiya bilsa, oʻquvchi ongi uni osonlik bilan qabul qila oladi. Mantiqiy nutq tuzish ijodiy matn yaratishning birlamchi asosidir. Buni qaysi fandan dars berishidan qat’i nazar har bir oʻqituvchi hamisha yodda tutmogʻi lozim. Nutq mantiqiy boʻlishi uchun fikrning ifodalanishiga zarur boʻlgan soʽzlarning barchasi jumlada ishtirok etishi lozim. Ixchamlik, qisqalik va lo‘ndalikka keragidan ortiq intilib, ba’zi soʽzlarning tushirib qoldirilishi nutqdagi mantiqiylik sifatining izdan chiqishiga olib keladi. Darsda oʻqituvchi ixchamlikka erishish maqsadida ma’ruzadagi bir necha soʽzni tushirib qoldirib, shaklan ixchamlikka erishishi mumkindir, lekin mantiqqa jiddiy putur etadi. Mantiqning mujmalligi, nodurustligi hisobiga yuzaga keladigan ixchamlik yoki lo‘ndalik nutq uchun aslo foydali emas, balki tamoman zararlidir. Muayyan bir soʽzning tushirib qoldirilishi ham nutqdagi mantiqning buzilishiga olib kelishi mumkin. Nutqning mantiqiyligini buzuvchi vositalar:

  • Nutqda ayrim soʻzlarning tushib qolishi.

  • «u» va «oʻ» harflarining farqiga bormaslik.

  • «‘» belgisini bilmaslik.

  • «x» va «h» harflarini yozuvda to‘gʻri qoʻllay olmaslik.

Nutqda ayrim soʽzlarning tushirib qoldirilishi:Oʻqituvchi talabani dekanat oldida kutib oldi. Uning qoʻlida sumka bor edi. (Kimning qoʻlida sumka boʻlgan? Oʻqituvchining qoʻlidami yoki talabaning?)
Rus guruhini tamomlagan ba’zi talabalarning u va o‘ harflarining farqiga bormasligi: Imtihondagi savollar talabani uylantirib qoʻydi.
‘ ayirish belgisining qoʻllanilish doirasini bilmaslik: Ariza bergan oʻqituvchining davolari isbotlanmadi.
x va h tovushlarini yozuvda to‘gʻri qoʻllay olmaslik: Daraxt shohlari shamoldan egilib ketgan edi.
Mantigʻi sogʽlom matn yoki ma’ruza "biri togʻdan, biri bogʻdan" keluvchi fikrlardan iborat boʻlmaydi. Shuning uchun matnda yoki ma’ruzada fikr rivojining oʽzagini buzmaydigan aniq kompozitsiya boʻlishi zarur. Maktab inshosining kompozitsion tuzilishi uch qismdan iborat boʻladi: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirishda mavzu, uning ahamiyati, oʻrganilishi kabi masalalar bayon qilinadi, asosiy qismda aytilmoqchi boʻlgan tegishli mazmun yoritiladi, xulosada esa bayon qilingan fikrlarga yakun yasaladi, "qissadan hissa" qilinadi. Shu tariqa mantiqiy fikr asosida ifodalangan yaxlit matn yuzaga keladi. Umuman, nutqning mantiqiyligi fikr rivojining izchilligi, tushunchalar va fikrlar oʻrtasidagi munosabatlarning mantiqiyligi, nutq predmetining aniqligi, fikr libosining fikrga majburiyatsiz loyiqligi asosida yuzaga keladi. Mantiqiylikdan mahrum boʻlgan matn nutqiy muloqot uchun yarashiqsiz va mutlaqo yaroqsizdir.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish