5-“d” sinfida adabiyot fanidan bir soatlik
ochiq dars ishlanmasi
Mavzu: Hamid Olimjon hayoti va ijodi
Ona tili va adabiyot fani
o`qituvchisi: Aliyeva Gulnora
MAVZU: Hamid Olimjon hayoti va ijodi
Darsning maqsadi.
A) O`quvchilar savodxonligini oshirish
B) O`tilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash, yodga olish.
C) Mustaqil fikrlash ko`nikmalarini hosil qilish hamda og`zaki nutqni o`stirish.
Dars turi: noan’anaviy
Uslubi: Suhbat, interfaol.
Darsni jihozlash: darslik, tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism
1. Har bir o`quvchi sinfga kirishi bilan joylashadi.
2. Salomlashish
3. Davomatni aniqlash va uy vazifasini tekshirish.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash.
O`tilgan mavzuni takrorlash uchun yozuv taxtasiga krossvord ilinadi. O`quvchilarga agarda o`tilgan mavzuni yaxshi o`zlashtirgan bo`lsangiz, ushbu krossvord javoblarini topa olamiz deyiladi. Krossvorddagi savollar o`quvchilar tomonidan o`qiladi.
Krossvord savollari:
1. Uch og`a-ini botirlar ertagi hikoyasidagi to`tiqushning yurti
2. Susambil ertagidagi qaysi qahramonni bo`rilar azroyil deb atashadi.
3. Qadimda ertak aytuvchilarni nima deb atashgan?
4. To`ngi`ch botir dasturxondagi qo`zi go`shtini ko`rib, bu qo`zi nimaning suti bilan katta bo`lgan deb aytadi?
5. Susambil ertagidagi qahramonlarning bo`rilar ustidan g`olib chiqishini sababi nimada edi?
6. To`ti necha kunda Hindistonga yetib boradi.
7. Qo`shiq, ashula, folklorning barcha ko`rinishlari janrining qaysi turiga kiradi.
8. Kichkina dekcha
… to`la mixcha.
9. Bo`rilar ho`kizni nima deb atashadi?
10. Bo`rilar qochib podshosini oldiga borib ular bizning nimamizni olgani kelgan ekan deb aytadi?
11. To`ti Hindistondan olib kelgan mevasi uchun evaziga nima so`raydi?
12. Uch og`a ini botirlar safarga chiqmasidan oldin otasi o`g`lini chaqirib nima qiladi?
O`quvchilar krossvorimizni javoblarini bosh harflarini o`qib ko`raylik-chi? Shunda bizning bugungi o`tadiga yangi mavzumiz kelib chiqadi.
Hamid Olimjon
III. Yangi mavzu bayoni
Shoir surati yozuv taxtasiga ilib qo`yiladi.
Hamid Olimjon hayoti va ijodi haqida gapiriladi.
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug`ildi. Shoirning onasi Komila aya juda ko`p doston va ertaklarni yod bilardi, ularni eshitgan yosh Hamid tasavvurida qadimgi asarlar qahramonlari qayta jonlanardi. Dostonlarning shirali tili, bir-biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. Hamid Olimjon bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi va o`zi yozgan dostonlardan biri “Oygul bilan Baxtiyor”dab u sehrli tunlarni shunday esga oldi:
Bolalalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda
Ko`p ertak eshitgandim
So`ylab berardi buvim.
Esimda o`sha damlar,
O`zi uchar gilamlar…
Hamid Olimjon tug`ma iste’dodning ko`z ochishida, uning keyinchalik mashhur shoir bo`lib yetishuvida mana shu ezgu havas, albatta, katta rol o`ynagan.
IV. Mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash uchun zinama-zina o`yinidan foydalanamiz.
Yozuv taxtasiga Xamid Olimjon suratining yon tomoniga ushbu holatda chiziladi :
O`quvchilar mavzuni yaxshi o`zlashtirgan bo`lsangiz savollarga javob bera olasiz.
Biz Hamid Olimjon haqida dastlab hech qanday ma’lumotga ega emasdik. Shu sababdan zinalar ichiga so`roq belgisini qo`yib chiqdim. Sizlar o`z bilimingiz bilan so`roqni o`chirib, zina ichini to`ldirasiz.
1. Hamid Olimjon qayerda tug`ilgan?
2. Shoir qancha umr ko`rdi?
3. Boshlang`ich maktabni qayerda o`qidi?
4. Qanday bilim yurtlarida tahsil oldi?
5. Qanday tarixiy asarini bilasiz?
6. Shoirning qanday dostonlarini bilasiz?
7. Shoir yaratgan asar necha jilddan iborat?
Shoir hayotidagi muhim voqea-hodisalar o`quvchilarning xotirasida mustahkamroq bo`lishi uchun shu o`yindan foydalanildi.
V. Yakunlash.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholandi.
VI. Uyga vazifa
Uyga “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini o`qib, istalgan parchani yod olishga topshiriq qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |