7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilingan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi talab qilinadi.
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumki, boshlang‘ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy organlarigacha hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yaqin vaqtlargacha hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi. O‘zbek tilida ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslanar edi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi.
Korxonalarda ish qog‘ozlarini davlat tilida yuritishga o‘tish qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning sabablaridan biri davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tegishli qo‘llanmalar, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchisi, bu sohada hali mutaxassislar tayyorlashga kirishilmaganligi, ishlab turgan mutaxassis xodimlarning hujjatchilik bo‘yicha malakasini oshirish borasida yetarlicha ish qilinmayotganidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrda imzolagan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida “Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda” deb ta’kidlanib, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan:
Muloqot – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Muloqot deganda uning og‘zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo‘lishidagi jarayonlar, ya’ni so‘zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Har bir kishining muloqoti individual, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi; vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo‘lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo‘ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog‘liqdir. Muloqotda kishining o‘y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo‘ladi. Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo‘ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o‘y – hayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo‘lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |