Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatish



Download 39 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi39 Kb.
#549783
Bog'liq
ichki taqriz


Buxoro davlat universiteti Boshlang`ich ta`lim metodikasi o`qituvchisi Yarashov Mardon Jobir o‘g‘lining “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatish” mavzusidagi monografiyasiga
T A Q R I Z

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hayotimizda adolat yanada mustahkam qaror topishi, har bir ishning xalqimiz bilan bamaslahat amalga oshirilishi, inson huquq va manfaatlarining amalda ta`minlanishiga xizmat qiladigan yangi, zamonaviy tizim ishlab chiqib, uni amaliyotga tadbiq etish bilan mustaqil Vatanimiz tarixida yangi davrga, taraqqiyotning yangi bosqichiga asos solmoqda. Bu bosqichning asosiy quruvchilari esa har tomonlama puxta va mukammal bilimga ega bo`lgan yoshlarimiz hisoblanadi.


Ana shu vazifani yaxshi tushungan monografiya muallifi o‘z izlanishlariga mas’uliyat bilan qaragan. U tanlagan mavzu dolzarb va shu bilan birga juda kam o‘rganilgan muammo hisoblanadi. Shu bois masalaga teran nazar tashlashga harakat qilgan.
Monografiya so‘z boshi, ikki bob, 6 fasl, xulosa, o‘rganilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Monografiyaning birinchi bobi “Boshlang‘ich sinf оnа tili mаshg‘ulоtlаridа “ot” so‘z turkumini o‘rgatishda “aqliy hujum” usulidan foydalanish mеtоdik muаmmо” deb nomlangan bo‘lib, boshlang‘ich sinflarda grammatika o‘qitishning pedagogik-psixologik va metodik asoslari, ustаqil ishlаr o‘quvchining mustаqil fikrlаsh vоsitаsi kabi mavzular xususida so‘z yuritilgan. Boshlang‘ich sinf оnа tili mаshg‘ulоtlаridа “Ot” so‘z turkumini o‘rgatishda “Aqliy hujum” usulidan foydalanishning mavjud holati to`g`risida fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Ikkinchi bobda ““Ot” mavzusini o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish” deb nomlanib, unda so‘z mа’nоlаri ustidа ishlаsh mustаqil fikrlаsh vоsitаsi, biluv topshiriqlаri tizimini lоyihаlаsh, “ot” mavzusini o‘rgatishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish haqida bayon etilgan. Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan turli didaktik o‘yinlar o‘tkazish haqida ham ma’lumotlar yoritilib berilgan.
Monografiyada ta`lim jarayonida sinfdan tashqari ishlar orqali didaktik o`yinlarni qo`llash hamda ona tilidan ijodiy mazmundagi o`quv topshiriqlari borasida ilmiy manbalarga tayangan holda juda dadil hamda asosli fikr – mulohazalar o`rtaga tashlangan. Bu hol muallifning ilmiy izlanishlar borasida ancha pishgani, qalami sayqal topganidan darak beradi. Shuni ta`kidlash joizki, muallif har bir fikrini misollar orqali mustahkamlab bilgan.
Umumiy xulosada monografiyaning mohiyatini hamda natijasini o`zida ixchamgina umumlashtirib bilgan.
Ish oxirida keltirilgan adabiyotlar ro`yxati ham ancha boy. Unda mavzuga doir barcha yangi adabiyotlar o`z aksini topgan.
Xulosa qilib aytganda Yarashov Mardon Jobir o‘g‘lining “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatish” mavzusidagi monografiyasi shunday ishlar oldida qo`yilgan barcha talablarga to‘la javob beradi. Uni bemalol nashr etish mumkin.

Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich


Buxoro davlat universiteti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi dosenti,
Falsafa fanlari doktori (PhD)
.


Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish