Mundarija
Kirish............................................................................................................2
I Bob. Muammoni o’rganishning metodik asoslari
Duduqlanish muammosini pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarda o’rganilishi.....................................................................9
Duduqlanish nutq kamchiligining sabablari........................................17
II Bob. Duduqlanuvchi bolalarda nutqni rivojlantirish ishlarini takomillashtirish
2.1. Duduqlanuvchi bolalar nutqining o’ziga xos xususiyatlari....................20
2.2. Duduqlanishni bartaraf etishda logopedik ta’sir....................................28
Umumiy xulosa............................................................................................38
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...........................................................39
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi Maktabgacha ta’lim sohasini tubdan isloh qilish zarurligi asosiy vazifalardan biri sifatida qaralar ekan, kadrlar masalasi ham eng ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. SHu o’rinda Prezidentimiz SH.M. Mirziyoevning : “Ta’lim jarayoniga tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o’quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko’rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha murakkab vazifalar turibdi.”1 – deb ta’kidlaganlarini alohida aytish lozim. Shu bilan birga 2017-yilda mamlakatni isloh qilish, yangilash va modernizatsiyalashni davom ettirish va chuqurlashtirishni ta’minlash, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi chora-tadbirlarining so’zsiz bajarilishini ta’minlash ishlarini amalga oshirish bo’yicha vazifalar qo’yildi.
Oldimizda turgan mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli ish darajasini yangi sifat bosqichiga ko’tarish uchun astoydil xarakat qilmog’imiz darkor. Har qanday ulug’ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmushni qurish, inson zotiga munosib go’zal hayot barpo etish, avvalo, shu jamiyat a’zolari bo’lgan komil insonlarga, kelajak barkamol avlodga bog’liqdir.
Dasturda har tomonlama barkamol yosh avlodni shakllantirishni ta’minlash bo’yicha qabul qilingan davlat dasturlari hamda boshqa tadbirlarga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni davom ettirish kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.
Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim-tarbiya samaradorligi yangi sifat darajasiga ko’tarish masalasida maktabgacha ta’lim to’g’risida gap ketar ekan, avvalam bor, uning huquqiy – me’yoriy ba’zasini ta’minlovchi rasmiy hujjatlarga murojaat qilish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Hay’at majlisining 2009 yil 28 sentyabrdagi 10/4-HQ – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanashiga qo’yiladigan davlat talablari” va “Maktabgacha ta’lim Kontseptsiyasi”da ta’lim jarayoni va uning samarasiga doir me’yor va mezonlari ishlab chiqildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturiga mos ravishda yaratildi. Yangi ishlangan davlat talablari aniq yoshdagi bolaning rivojlanishi va yutuqlarini baholash darajasi mezonlarini, indikatorlarini aniqlab beradi.
Mazkur hujjatlarning o’ziga xosligi-birinchi navbatda oilalarga farzandlarini to’laqonli tarbiyalashlarida, bolaga ta’lim berish va rivojlantirishlarida, maktabga tayyorlashda yordam berishga yo’naltirilgan bo’lib, bu bilan ota-onalarning oiladagi tarbiyaga javobgarligini oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Ushbu hujjatlar yordamida uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi bo’lgan ta’limni baholash imkoniyati paydo bo’ladi, natijada butun ta’lim tizimining yaxlitligi va uzluksizligi, uning mazmunan yangilanishi ta’minlanadi.
“Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari” bola shaxsi rivojlanishining to’rtta turi asos qilib olingan: jismoniy, ijtimoiy-hissiy, nutq hamda o’qish va yozishga tayyorlashdan iborat bo’lib, uyg’unlikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.
Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgan qisqa davrning har bir yilini sarhisob qilsak, Hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini ko’zlash va himoyalash barobarida, jamiyatimizning ajralmas qismi bo’lgan alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz. BMTnig bolalar muommolari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro YuNISEF tashkilotining har yili hamdo’stlik mamlakatlari bo’yicha olib boradigan ijtimoiy monitoring natijalarida ham O’zbekiston inson hayotini himoyalashda, ayniqsa, onalik va bolalikni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining alohida yordamga muhtoj bo’lgan qatlamini muhofazalashda o’ziga xos yutuqlarga erishayotgan davlatlardan biri ekanligi ko’rsatildi.
Bolalar o’sib rivojlangan sari nutqi ham rivojlanib boradi. Bolalarni nutqi maromida bo’lishi uchun bosh miya po’stlog’idagi nutq markazi va markaziy nerv sistemasi to’liq rivojlangan bo’lishi va ularning sezgi organlari – eshitish, ko’rish, ta’m bilish, hid bilish. Teri sezgisi ham yetarli darajada rivojlangan bo’lishi kerak. Va eng muhimi oilada bola tarbiyalash to’g’ri tashkil etilishi shart. Ruhiy va sotsial sabablar duduqlanishning yuzaga kelishi uchun turtki bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Ayniqsa, nutqni harakatga keltiruvchi analizatorning rivojlanishi juda muhimdir. Agar bola yangi, aniq taassurotlar olib turmasa, uning harakatlari va nutqining rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratib berilmasa, unda boladagi ruhiy va jismoniy rivojlanish tormozlanadi.
U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari bola shaxsini, bilish faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Og’ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, ayniqsa bilish faoliyati oliy darajalarning shakllanishiga ta’sir qilishi mumkin. Ana shunday og’ir va uzoq davom etuvchi nutq nuqsonlaridan biri bu duduqlanishdir. Bu nuqson bolalarning ruhiyatiga va nutqiy muomalaga salbiy ta’sir ko’rsatadi va atrofdagilar bilan muloqot qilishi qiyinlashadi.
Duduqlanish – ko’pincha bolalarda kuzatiladi. CHunki duduqlanish asosan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davrda yuzaga kelar ekan.
Bu turdagi nutq buzilishining sabablarini, mohiyatini o’rganishga va muhimi uni bartaraf qilishga qadim zamonlardan beri kirishilgan. Hozirgi zamonda ham ushbu muammoni hal qilish muhim ahamiyatga ega.
R.E.Levina duduqlanishni nutqning notekis rivojlanishi deb qaradi va uning mohiyatini ko’proq nutqning kommunikativ funktsiyalarining o’ta buzilishida ko’radi. Nutqiy kamchiliklar R.E.Levina fikriga ko’ra turli sharoitlarda: bir tomondan nerv tizimi tipiga, boshqa tomondan gaplashish, so’zlashish muhiti, umumiy va nutqiy tartiblariga bog’liq. Duduqlanishning dastlabki ko’rinishlari so’z, grammatik shakl, nutq almashinuvini ko’rinishidagi effektiv zo’riqish bilan xarakterlanadi.
I.Yu.Abeleva fikriga ko’ra duduqlanish nutqda kommunikativ maqsad, nutq tartibi va duduqlanmaslik imkoniyati bo’lgan holda uning nutqga hozirlik ko’rgan vaqtda yuzaga keladi. Hozirgi paytgacha duduqlanishning mexanizmlarini Kursni tugatish ishichilar faqatgina klinik va fiziologik tomondan emas, balki neyrofiziologik, psixologik, psixolingvistik pozitsiyalardan turib talqin qilishga harakat qilmoqdalar.
Duduqlanadigan bolalarning hayajnli nutqida fonetik-fonematik va leksik-grammatik buzilishlavr ko’zga tashlanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanadigan bolalardagi fonetik–fonematik buzilishlar 60,7%, kichik yoshli o’quvchilar orasida 43,1%, o’rta yoshlilarda 14,9% va yuqori sinf o’qukvchilarida 13,1% ni tashkil qiladi. Dudqulanuvchi bolalarda fonematik idrokda ham kamchiliklar kuzatiladi.
Fonematik idrok sensor funktsiya sifatida bolalarda juda erta shakllanadi. Bu xolni Kursni tugatish ishichi olimlar fonematik eshituv nutqiy muloqotning asosi bo’lganligi deb tushuntiradilar (L.S.Vыgotskiy, L.M.SHvarts, N.M.Nilovanov, A.N.Gvozdyov, A.M.Leontev, G.L.Rozengard-Puppo, L.V.Neyman, V.I.Beltyunov).
Yuqorida aytib o’tilganlardan ma’lum bo’lishicha, bizning respublikamizda maktabgacha yoshdagi duudqlanuvchi bolalar nutqining rivojlanishi va ularning fonematik idrokining o’ziga xos xususiyatlari o’rganilmagan. Ushbu mavzuni o’rganishga bag’ishlangan maxsus ishlar yo’q. Aynan shu mavzuni dolzarb deb olishimizga maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarning fonematik idrokini o’rganishga qaratilgan Kursni tugatish ishi ishlari, metodik tavsiyalar hamda korrektsion logopedik ish tizimining kamligi sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |