P axta tolasi. Paxta tolasi deb paxta usimligi urugining sirtini koplagan tolalarga aytiladi.Tolaning rivojlanishi paxta gullagandan keyin, kurak xosil bulganda, boshlanadi. Bu davrda chigit sirtidagi ayrim xujayralar uzunlikka karab juda jadal usa boshlaydi va yupka devorli naychalar xosil buladi. Pishish davrida,kurak ochilganda, tolalarning uzunlikka usishi tuxtaydi va fotosintez jaraeni natijasida protoplazmadan -stellyuloza ajraladi (3-rasm).
Pishish davri davomida stellyuloza fibrilalari tola devorchalarida konstentrik katlamlarini xosil kiladilar. Fibrilalar tola ukiga 20-40 burchak ostida spiralsimon joylashadi.
Цellyuloza paxta tolasini 96-97%ini tashkil kiladi: undan tashkari 1,5% stellyulozani kichik molekulali frakstiyalari; 1% mum va moylar; 0,5%gacha azot, oksil, kul moddalari buladi. Bu moddalar fibrilla makromolekula tutamlari orasida joylashadi. Pishish davrining oxirida protoplazma kuriydi, tola esa toblangan jingalak yassi naychani eslatadi.Paxta tolasini tabiiy spiralsimon jingalakligi fibrillalarni spiralsimon joylashishi bilan boglik.
3-rasm. Paxta tolasining mikroskop ostida kurinishi.
Jingalaklik darajasi va devorchalar kalinligi tolaning pishganligiga boglik buladi. Pishgan tolalar tekis eki kam toblangan yassi tasma kurinishiga ega, ularni pishikligi past, elastikligi kam buladi, ular yomon buyaladi. Pishib utgan tolalar esa kalin devorli, pishikligi yukori, tugri (jingalaksiz) shaklda va kattik buladi. Bunaka tolalarni tukimachilikda ishlatib bulmaydi. Pishganlik darajasiga karab 11 guruxga bulinadi: 0-dan (pishmagan tola) 5gacha (pishib utgan) 0,5 interval bilan. Eng yaxshi tukimachilikda ishlatiladigan tolalar 2,0-3,5 pishganlik darajasi bilan beriladi.
T olalarning uzunligiga karab kalta tolali 27 mmgacha, urta tolali 27-35 mmgacha va uzun (ingichka) tolali 35-50 mmgacha paxtani fark kiladilar. Kalta tolalar asosan notukima polotno va sun’iy tola olish uchun ishlatiladi.
Zigir tolasi . Tola olish uchun maxsus zigir usimligi etishtiriladi. U bir yillik bulib, buyi 80-90 sm va diametri 1-2 mmgacha etadi. Zigir usimligini asosan shimolga yakin zonalarda etishtiradilar.
Zigir poyasining kobik katlamida ikki xil xujayralar joylashgan: parenxim va prozenxim. Parenxim xujayralarda ozika moddalari saklanadi. Prozenxim xujayralari rivojlanish davrida uzunlikka chuzilish kobiliyatiga ega. Shu xujayralar zigirning elementar tolasini tashkil kiladilar. Elementar tola - kanali tor, devorchalari kalin urchuksimon shaklida buladi. Tolaning uzunligi urtacha 10-26 mm, kundalang kesimi 12-20 mkm. Yakka elementar tolalar pektin va lignin moddalari erdamida bir-biriga epishadi va tutamlarni xosil kiladi. Odatda bir tutamda 15-30 gacha elementar tola, bir poyada esa 20-25 tutam buladi. Poyadan ajratilgan elementar - tolalarni tutami texnik tola deb aytiladi. Texnik tolalarni uzunligi 170-250 mm, kun dalang kesimi 150-250 mkm buladi
4-rasm.Zigir tolasining mikroskop ostida kurinishi
Zigir tolasini 80% - stellyuloza; 8,5% - pektin moddalari; 5,2%- lignin; 2,7% - mum va moy moddalari; 3,2% - oksil va kul moddalari tashkil kiladi.
Tolalar tarkibidagi lignin ularga kattiklik, murt va sinuvchanlik xossalarini beradi. Fibrilalar tola ukiga 8-12 burchak ostida joylashadi.
Zigirni dastlabki ishlov berishdan maksad poyadan tola tutamlarini ajratish va texnik tolalarni olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |