Paxta va zigir tolalarining asosiy xossalari. Bularni fizik-mexanik va kime xossalari kimeviy tarkibi va molekulyar tuzilishi orkali belgilanadi. Shu sababli ularni xossalarida kup uxshashligi bor. Shu bilan birga tuzilishidagi uziga xos xususiyatlar xossalardagi farkni belgilaydi.
Zigir tolasi paxtaga nisbatan pishikrok, ammo uzayishi kichikrok buladi. Buning sababi zigir tolasi zichrok va orientirlirok (tartibli) tuzilishga egaligidir. Texnik tolani nisbiy uzish yuki elementar tolaga nisbatan kichik buladi, chunki texnik tolani orasida boshka moddalar buladi.
Цellyulozada ON - gidrooksil guruxlarni borligi paxta va zigir tolalarni yukori gigroskopik xossalarini ta’minlaydi. Namni yutganda stellyulozali tolalar shishadi; uzish uzayishi bir oz ortadi,pishikligi 10-20% yukori buladi.
140-150 S isitganda tolalar uz xossalarini uzgartirmaydilar;160 Sdan keyin esa tolalarni emirilish (buzilish) jaraeni boshlanadi. Paxta va zigir juda tez enadi, engindan chikargandan keyin xam enadi va tez parchalanadigan kul xosil kiladi.
Ob-xavoni ta’sirida stellyulozani oksidlanish jaraeni boshlanadi va natijada tolalarning mexanik xossalari pasayadi (pishiklik, uzayish), kattikligi ortadi. Masalan, paxta - 900 soat nur ostida kolsa, pishikligi 2 baravar kamayadi.
Bu tolalar kislota, xususan mineral ta’sirida emiriladi, chunki glyukosit alokalari buziladi va makromolekulalar parchalanadi.
Цellyuloza ishkorlarga nisbatan ancha chidamli buladi. 18-20% ishkor eritmasi bilan ishlov berilgan stellyulozali tolalarning pishikligi oshadi, yaltirokligi ortadi, buyalish kobiliyati yaxshilanadi. Bunaka ishlov ip-gazlamalarni merserizastiyalaganda kullanadi. Stellyuloza dagi (-ON) guruxlar unga boshka moddalar bilan boglanishga, kimeviy modifikastiyani utkazishga imkoniyat yaratadi.
Yigirish haqida umumiy ma’lumot. Yigirish usullariga ta’rif: Karda usuli, kayta tarash usuli, apparat usuli.
Yigirish usullari uch xil buladi . a) karda (oddiy) b) kayta tarash v) apparat Karda usuli bilan yigirilgan ip eng keng tarkalgan bulib, urta tolali paxta va kimeviy tolalardan ishlab chikariladi. Karda yigirish jaraeni kuyidagi operastiyalardan tashkil topadi: titish va savash; tarash; tekislash va chuzish; yigirishga tayerlash; yigirish.
Karda ipini asosan ikki xil mashinada yigiradilar: xalkali va pnevmomexanik. Xalkali mashinadan olingan ipda tolalar bir necha katlamda joylashadi, urtadan ustki katlamga karab va teskarisi. Ustki katlamdagi tolalar urtadagiga nisbatan kuprok kuchlanadi.Bu iplarni kalinligi odatda bir tekisda bulmaydi, kalta tolalarni sirtdan chikishi natijasida tukli buladi. Ularning kalinligi 15-85 teks buladi va turli gazlama va trikotaj ishlab chikarishda kullaniladi.
Pnevmomexanik mashinadan olingan ipda tolalar ipni urtasida ustki katlamga karaganda zichrok joylashadi. Bu ipning pishitilishi, xalkali ipga karaganda, 10-15% yukori buladi(xususan ustki katlamda). Tolalarni notekis joylashishi ipni pishikligini kamaytiradi. Ip eyilishga chidamlirok buladi. Pnevmomexanik iplarning xajmi kattarok buladi va ulardagi tolalar kamrok kuchlanadi, shu sababli ulardan olingan gazlama kayishkok va kam gijimlanadigan buladi. Bu iplarni kalinligi 20-50 teksgacha uzgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |