Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi 3531008 «Tikuvchi»


TO‘QIMACHILIK TOLALARINING OLINISHI



Download 5,58 Mb.
bet2/39
Sana05.01.2023
Hajmi5,58 Mb.
#897703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Matrialshunoslik uslubiy qo\'lanma

TO‘QIMACHILIK TOLALARINING OLINISHI.

Tikuvchilik materialshunosligi fani faqatgina gazlamalarning tuzilishi bilan chegaralanibgina qolmay, balki ularni tayyorlash jarayoni va tikuvchilik buyumlaridan foydalanish vaqtida unga ta'sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi. Undan tashqari tikuvchilik mahsulotlarining assortimenti bilan ham yaqindan tanishtiradi.Tikuvchilik buyumlariga ma'lum gigiyenik, texnikaviy, estetik va iqtisodiy talablar qo‘yildi.Gigiyenik talablar — insonning sog‘ligini saqlashga qaratilgan talablar. Kiyimning asosiy gigiyenik ko‘rsatkichlari — havo o‘tka- zuvchanligi, gigroskopligi, issiqdan himoya qilish xossalari, kir- chilligi, suv o‘tkazmasligi va hokazo. Gigiyenik talablar buyum- ning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Ichki kiyim va yozgi kiyimlarning havo o‘tkazuvchanligi va gigroskopligi yaxshi bo‘lishi, ularni kiyib yurish qulay bo‘lib, osonlikcha yuvilishi kerak. Qishki kiyimlar issiq bo‘lishi, plashlar suv o‘tkazmasligi kerak.Texnikaviy talablar — tikuvchilik materiallarining sifatiga va kiyimlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar. Tikuvchilik materiallari va tayyor tikuvchilik buyumlari Davlat standartiga mos kelishi shart. Estetik talablar esa moda bilan bog‘liq.Iqtisodiy talablar kiyimning narxi bilan belgilanadi.To‘qimachilik materiallarining deyarli barchasi to‘qimachilik tolalaridan iborat. Turli xil materiallarning tashqi ko‘rinishi, xususi- yatlari ularni tashkil etuvchi tolalarning xossalariga bog‘liq.To‘qimachilik tolasi deb, egiluvchan, ma'lum uzunlik va mustahkamlikka ega bo‘lgan, ko‘ndalang kesim yuzasi kichik, to‘qimachilik mahsulotlari olish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan jismga aytiladi.Bo‘ylamasiga shikastlanmasdan bo‘linmaydigan to‘qimachilik tolasiga tanho tola deb ataladi. Bir necha tanho tolalarning bo‘ylamasiga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan tolalarni birikkan (kompleks) tola deb ataladi.Tolalar tarkibi va olinish usullariga ko‘ra tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi. To‘qimachilik tolalarining sinflanishi l-rasmda berilgan.Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik moddalardan olinuvchi to‘qimachilik tolalari kiradi.Tabiiy organik tolalar o‘simliklarning urug‘i va mevasidan (paxta, koyr, kapok), poyasidan (zig‘ir, jut, kanop va hokazolar), barglaridan (yukka, abaka, manilla) olinadi. Tabiiy organik tolalar tarkibiga qo‘y, echki, tuya va boshqa hayvonlarning terisi ustidagi tuk qoplamasidan olinuvchi jun tolalari hamda, tut va eman qurtlarining bezlari ishlab chiqaradigan tabiiy ipak kiradi.Tabiiy noorganik tolalarga toshpaxta (asbest) tolasi kirib, u tog‘ jinslari birikmalaridan ishlab chiqariladi.Kimyoviy tolalarga tabiiy yoki sintez yo‘li bilan olingan yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usulda ishlov berish asosida olinadigan tolalar kiradi.Xuddi tabiiy tolalardek, kimyoviy tolalar ham organik va organik moddalardan iborat bo‘ladi. Organik kimyoviy tolalar sun'iy va sintetik tolalarga bo‘linadi.Agar tola tabiatda mavjud bo‘lgan yuqori molekulali birikma- lardan olinsa, u sun'iy tola deb ataladi.Agar tola olish uchun ishlatiluvchi yuqori molekulali birikma- larni oddiy moddalarni sintezlash yo‘li bilan olinsa, bunday tolalar sintetik tola deb ataladi. un'iy kimyoviy tolalarga sellyuloza va uning efirlaridan olinuvchi viskoza, mis-ammiak va atsetat tolalari hamda oqsil moddalardan olinuvchi kazein, zein va hokazolar kiradi. intetik kimyoviy tolalarning assortimenti juda keng bo‘lib, ularga poliamidlardan olinuvchi kapron, anid, enant; poliefirdan — lavsan; poliakrilnitrildan — nitron; polivinilxloriddan — xlorin; polivinil spirtidan — vinilon; poliuretandan — spandeks; poliolefindan — polipropilen, polietilen tolalari va shularga o‘xshash bir qator tolalar kiradi.Noorganik kimyoviy tolalarga metall va shishadan olinuvchi
tolalar kiradi.



Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish