Tevarakda (ot - o'rin holi) gala-gala chumchuqlar to’xtovsiz (ravish - ravish holi) chirqillashadi.
Sal o'tmay (ravish - payt holi) Shirinoy daladan (ot – o’rin holi) qaytib keldi.
Bunda (olmosh - o'rin holi) qurtlar ipak to'qiydi.
Ota yuz-qo'llarini yuvgandan so'ng (ko'makchili ot - payt holi) sal nariga (ravish - o'rin holi) borib o'tirdi.
U o'ychan ko'zlari bilan Botirga qarab sekin (ravish - ravish holi) gapirdi.
Ko'p (ravish - miqdor-daraja holi) so'zlama, oz (ravish miqdor-daraja holi) so'zla, oz (ravish - miqdor-daraja holi) so'zlasang ham soz (sifat - ravish holi) so'zla.
Hozirgacha (ravish - payt holi) g'o'za uch marta (son miqdor-daraja holi) chopiq qilindi.
Hamdam ikkovini ham bilmadi va yig'lagancha - ravish holi) narigi uyga (ot - o'rin holi) kirib ketdi
Yig'lab-yig'lab (ravishdosh - ravish holi) marza olsang o'ynab-o'ynab (ravishdosh - ravish holi) sug'orasan.
Umringda (ot - payt holi) necha marta miqdor-daraja holi) asal yegansan.
Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan (sabab holi) yig'lab yubordi.
Hammamiz ham umid bilan (ko'makchili ot - holi) mehnat qildik, rohatini ko'raylik.
Eshik oldi gulhovuz, gul tergali (ravishdosh - holi) kelganmiz.
Salima darsni yaxshi tayyorlagani uchun (ko’makchili sifatdosh - maqsad holi) maqtovga sazovor bo'ldi.
O'quvchilar dam olishga (harakat nomi - maqsad dala shiyponiga (ot - o'rin holi) kelishdi.
Boshqa hech narsasi yo'qligi uchun (ko'makchi sabab holi) bitta-yu bitta ho'kizini berib yubordi.
U qasddan (ravish - maqsad holi) Suqsuroyni olib berdi.
Ertalab (ravish - payt holi) atayin (maqsad ravish - holi) sizni izlab kelgan edim.
TO'LDIRUVCHI VA UNING IFODALANISHI
To'ldiruvchi fe'lga bog'lanib, kimga?, nimaga?, kimdan? nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagidir. Masalan: Bu so’zdan Hamid ajablandi.
E'tibor bering: Men undan (kimdan?) so'radim: Mehr qo'yib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? undan (nimadan?) ko'zini (nimani?) uzmayin singlim. Asta javob berdi: - O'qituvchimga (kimga?).
To'ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi- xususiyat bilan bog'langan predmetni bildirgani tufayli ot, olmosh va otlashgan so'zlar bilan ifodalanadi.
To'ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog'lanadi. Agar bog'langan so'z kesim bo'lib shakllanolmagan bo'lsa, ana shu so'z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo'lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo'lakning bo'lagi bo’lib keladi. Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yer- onam -dan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so'rog'iga javob bo’lib, kesimga bir butun holda bog'lanadi. Bu birikmali to’ldiruvchi o'z ichida qismlarga bo'linadi: onamdan eshitgan) gap. Qanday? so'rogiga javob bo'luvchi onamdan eshitgan - birikmali aniqlovchi o'z ichida yana tarkibiy qismlarga bo’linadi: onamdan (kimdan?) eshitgan.
Shunday qilib, to'ldiruvchilar kesimga to'g'ridan to'g'ri bog’lanish-bog'lanmasligiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1) mustaqil to'ldiruvchilar; 2) nomustaqil to'ldiruvchilar.
Esda saqlang: To'g'ridan to'g'ri kesimga bog'lanib keluvchi to’ldiruvchilar- mustaqil to'ldiruvchilar sanaladi. Masalan, seni sog’indim gapida kimni? so'rog'iga javob bo'luvchi seni so'zi kesimga bog’lanadi nima qildim? so'rog'iga javob bo'luvchi fe'l kesimga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun bu to’ldiruvchi mustaqil to’ldiruvchidir.
Esda saqlang: Kesim vazifasida kelmagan fe'lga tobelanib kelgan to’ldiruvchilarga nomustaqil to’ldiruvchilar deyiladi. Masalan: Dangasaning non yeyishini ko'r. Bu gapda dangasaning non yeyishini birikmasi nimani? so'rog'iga javob bo'lib, gapda vositasiz to'ldiruvchi vazifasida kelyapti. Birikmali gap bo'lagi kimning? va nimaning? so'rog'iga javob bo'luvchi aniqlovchi- dangasaning) va to'ldiruvchi (nonni)larni o'z ichiga oladi, bo’lak tarkibidagi non bo'lagi nomustaqil to'ldiruvchi, bo’lakning bo'lagidir.
To'ldiruvchi hokim bo'lakka kelishik qo'shimchalari yoki ko’makchilar yordamida bog'lanadi. Tushum kelishigidagi to’ldiruvchi doimo fe'l orqali ifodalangan kesimga bog'lanadi. To’ldiruvchi 2 ga bo'linadi: 1. Vositasiz to'ldiruvchi; 2. Vositali to’ldiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |