Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар


Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/312
Sana24.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#191213
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   312
Bog'liq
Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения (1)

Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар 
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
 
77 
TASHQI MUHITNING TURLI HARORATLI SHAROITLARIDA ESHKAK 
ESHUVCHILAR QONIDA LAKTAT VA MOCHEVINA MIQDORINING O`ZGARISHI 
Xo`jabekov M.A., o`qituvchi 
Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O’zbekiston 
 
Ma’lumki, intensiv mushak faoliyati davomida qonda laktat va mochevina miqdori keskin 
o`zgaradi [1, 2, 3]. Bu holatda oqsil almashinuvi va aerobog’lovchilar katabolik jarayonlari faollashish 
oqibatida ro`y beradi. Oqsil katabolizmi va uning tiklanishi ushbu kutilmagan holatlarda moslashganlik 
darajasiga bog’liq. 
Shu sababli, ishlarimizda eshkak eshuvchilar qonida laktat va mochkvinalarning miqdori 
sportchinisiklik turlarida tayyorgarlik mashg’ulotlarini o`rgandik. Tashqi muhitning haroratiga qarab, 
ikki hafta mashg’ulotlar jarayonida O’zbekiston baydarka va kanoyeterma jamoalari eshkakchilari 
qonida laktat va mochevina miqdori o`zgarishi dinamikasini o`rgandik. 15-17 yoshdagi 18 eshkakchi 
o`g’il bolalar qon tarkibi o`rganildi. Tadqiqotlar mashg’ulotgacha (boshlang’ich mashg’ulotlar) 
mashg’ulot davomida (7 va 15 kecha – kunduz davomida) va har bir mashg’ulot tugagach, bir sutkadan 
keyin (16 sutkada) 18-20º C va 35-36º C haroratda olib borildi. 
Olingan natijalar tahlili shuni ko`rsatadiki,18-20º S haroratda ikki haftalik intensiv jismoniy 
yuklamalar moddalar almashinuvi holatiga, ta’sir ko`rsatadi xususan katabolik jarayonlar buzilishiga 
sabab bo`ldi. Intensiv mashg’ulotlarga moslashish birinchi bosqichlarida sportchilar qonida mochevina 
miqdorining keskin oshishi bunga dalolat bo`ladi. Shu tarzda, mashg’ulotlar 7- kunda yosh eshkakchilar 
qonida mochevina miqdori (P<0,05) boshlang’ich ma’lumotlar bilan qiyoslanganda oshdi 
(boshlang’ich 3,5±0,6 mmol/l, 7-kun 6,8±0,8 mmol/l, 15-kun maksimum (8,2±0,7 mmol/l)ga yetdi. 
Maxsus jismoniy yuklamalarni bajarishda qonda laktat miqdori ham o`zgaradi. Misol uchun 
kundalik intensiv mashg’ulotlari 7 – kunida laktat miqdori 2,2±0,3 mmol/l dan 8,8±1,1 mmol/l ga oshdi, 
15 – kuni laktat miqdorining keskin ko`tarilishiga aerob-anaerob energiya ta’minoti o`tishi sabab 
bo`ldi, ya’ni jismoniy faoliyat aerob-anaerob rejimida bajarildi. Maxsus yuklama sharoitida kundalik 
mashg’ulotlari 15-kuni tugugach, laktat miqdori asta sekin pasayib, boshlang’ich miqdoriga qaytadi. 
18-20
0
S haroratda yosh eshkakchilar intensiv mashg‘ulotlari jarayonila olingan ma’lumotlari 
tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, qonda laktat va mochevina miqdori oshishi ikki haftalik mashg‘ulotlar 
tugagach, 1 sutkaning so‘ng me’yorlashdi. Bu qulay sharoitda mashg‘ulotlar samaradorligi haqida 
xulosa beradi. Ma’lumki intensiv jismoniy yuklama va qonda laktat va mochevina miqdorining oshishi 
arasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Ie tarzda, 50% maksimal kislorod iste’molini talab qiladining quyi 
va me’yoriy yuklamalarda qonda miqdor deyarli o‘zgarmaydi, 50-80% ga maksimal kislorod 
iste’molini (MKI) talab qilayotgan faoliyatda laktat miqdori oshadi. 
Bizning va boshqa olimlar ma’lumolari shuni ko‘rsatdiki, MKIning 50-60% ni talab qiladigan 
jismoniy yuklamani bajarish uchun u eng yuqori chegarasi bo‘lib, uning ortig‘i organizmida laktat 
ishlab chiqarish jarayonini kuchaytiradi. 
D.Ulmor va D.Kostinlarning fikrlariga ko`ra (1992) jismoniy yuklama oyoq mushaklariga nisbatan 
qo‘l mushaklariga ko‘proq tushsa qondagi laktat miqdori ko`proq oshadi. Eshkakchilarda asosiy 
og‘irlik qo‘l mushaklariga to‘g‘ri kelganligi bois, ularning qonida laktat miqdori oshadi. 
Ushbu olingan natijalardan shunday xulosa chiqarish mumkinki faollashishi intensiv jismoniy 
faoliyatda simpato-adrenal va atsetilxolin tizimlari funksiyalari kuchayishiga bog‘liq. Intensiv jismoniy 
yuklama sharoitida ishchi mushaklar tuqimalarida gipoksiyaning kuchayishi qonda laktat miqdori 
oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto tinch holatda ham skelet mushaklarida gipoksiya mavjudligini 
tahmin qilish mumkin bo`ladi. 
Mochevina va laktat miqdori sportchilar tayyorlanganligi va malakasiga bog‘liqligini aytib o‘tish 
zarur. Jismoniy yuklamaning aynan bir xil intensivligi va hajmida laktat miqdori sportchilar qonining 
tarkibida ularning shu sport turi bilan shug`ullanish darajasiga qarab o`zgaradi. Buning sababi, yaxshi 
tayyorlangan sportchilar MKI har doim kamroq shug‘ullangandan ko‘ra yuqoriroq bo‘ladi. 
Eshkak eshish sporti ustasi va ustaligiga nomizod sportchilarda mochevina va laktat miqdori 
o‘zgarishi dinamikasi va yuklama hajmi orasida bevosita bog‘liqlik kuzatildi. Unda ertalabdanoq 
sutkalik mashg`ulotlardan so‘ng, mochevina va laktat miqdori to‘liq tiklanadi, bu esa jismoniy 
yuklamalarga organizm adaptatsiyasi va sportchilar organizmi funksional imkoniyatlari muqobilligi 
haqida dalolat beradi. 



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish