Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения
Материалы республиканской научно-практической конференции с международным участием
78
1-razryadli sportchilar 15-20% ida 1 sutka keyin boshlang‘ich miqdoriga ko‘ra, qonda mochevina
va laktat miqdori kamaygani kuzatildi. Bu esa organizmning to‘liq tiklanishni yo‘qligi va skelet
mushaklari oqsilini to‘ldirishda aminokislotalari faol foydalanish natijasida yuz beradi. Tayyorgarlik
mashg‘ulotlari tugagach, bir sutkadan so‘ng 8% yosh eshkakchilari qonidagi mochevina miqdori
boshlang‘ich darajadan pastligicha qoldi. Bunday reaksiya yosh eshkakchilar organizmi uchun
«stressorli xarakter»li intensiv va davomli yuklamalar uchun xos bo‘lib, organizmning funksional
imkoniyatlari mashg‘ulotlar yuklamasiga mos emasligini ifodalaydi. Odatiy iqlim sharoitlarida skelet
mushaklari energiya ta’minoti tizimi qudrati oshishi bilan yuqori jismoniy yuklamalar foydalanish va
mashg‘ulot jarayonlarini o‘tkazish shug‘ullangan shaxslar qonuga mochevina va mushak to‘qimasida
laktat miqdori oshishi kuzatilmasligini ta’kidlash zarur. Lekin jismoniy yuklamani bajarish sharoitida
organizmning
biokimyoviy
ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. Bizningcha, nafaqat organizmning
shug‘ullanganligi balki tashqi muhit omillari ayniqsa, yuqori harorat va quyosh nurlari ta’siriga bog‘liq.
So‘ngisida organizm o‘zgarishlari, hatto tinch holatda ham, yuqori haroratga organizmning moslashishi
uchun mas’ul funksional tizimlarini boshqarishi bilan ifodalaniladi.
SHu tarzda olingan natijalar tahlili boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida laktat va mochevina
miqdori darajasiga qarab, mashg‘ulotlar jarayoni borishini nazorat qilish, qo‘llaniladigan jismoniy
yuklamalar mosligi, yosh eshkakchilar organizmi fiziologik imkoniyatlariga xulosa berish, shuningdek,
qulay va yuqori harorat sharoitida mashg‘ulotlar uslublari samaradorligini baholash mumkin.
Olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, yuqori harorat ta’sirida eshkakchilar qonida
mochevina va laktat miqdori qulay sharoitda olingan ma’lumotlar bilan qiyoslanganda 1,5-2,0 barobar
ko‘p edi. YUqori haroratda mashg‘ulotlar jarayonida qonda mochevina va laktat miqdorining keskin
ortishi va asta-sekin tiklanishi kuzatildi. YUqori harorat ta’sirida qonda mochevina va laktat
miqdorining oshishiga umumiy periferik qon-tomir qarshilik kamayishiga olib keladining teri qon-
tomirlari kengayishi sabab bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida umumiy periferik qon-tomirlar qarshiligi
qon otilishi va aylanayotgan qonning umumiy hajmi kamayishiga olib keladi. Yuqori haroratli
sharoitida submaksimal va maksimaloldi aerob yuklamalarni bajarish ishlayotgan a’zolar, xususan,
mushaklarning qon bilan ta’minlanishi buzilishiga olib keladi. Ikki barobar omillar ta’sirida mushaklar
qon bilan ta’minlanishi kamayishi natijasida chuqur gipoksiya rivojlanadi, bu esa mushaklar energiya
almashinuvida anaerob qismi o‘sishiga olib keladi. SHu tufayli, yuqori haroratli sharoitida aynan bir
yuklamani bajarishda qulay sharoitdan farqli tarzda qonda mochevina va laktata miqdori oshishi va
asta-sekin tiklanishi kuzatiladi. Mashg‘ulotlardan so‘ng mochevina va laktata miqdorining sekin
tiklanishi aynan bir xil hajm va intensivlikdagi jismoniy yuklamalar yuqori harorat ta’sirida funksional
tizimlari ishining kuchayishiga hamda mehantga layoqliligi pasayishiga olib keladi.
Adabiyotlar:
1. E.N.Nuritdinov, Odam fiziologiyasi. Toshkent. “Aloqachi” 2005, 505 b.
2. E.N.Nuritdinov, B.T.Haydarov. Jismoniy madaniyat va sport fiziologiyasi. Samarqand, SamDU,
2015, 168 b.
3. E.N.Nuritdinov, M.B.Bahtiyorova. Sport fiziologiyasi. Samarqand, SamDU, 2017, 146 b.
4. Д.Улмоч, Д.Костил. Физиология спорта и деятельной активности. Киев, 1992 г.
Do'stlaringiz bilan baham: |