Shuningdek, 0 ‘zbekistonda fizika va texnikaning taraqqiyoti


 3 3 -  § .  Q attiq  jism iar.  K ristall  va  a m orf  jism lar



Download 13,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/365
Sana30.12.2021
Hajmi13,37 Mb.
#98245
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   365
Bog'liq
[O`lmasova M 1-qism]

1 3 3 -  § .  Q attiq  jism iar.  K ristall  va  a m orf  jism lar

Qattiq jism lar  m a’lum   shaklga  va  hajm ga  ega  b o ‘lishlari  bilan 

xarakterlanadi.  Q attiq jism lar  b ir-b irid an   ichki  tuzilishi jih atidan  

b atam o m   farq  qiluvchi  kristall  va  a m o rf jism la r  k o ‘rinishida 

uchraydi.  Lekin hozirgi zam on fizikasida qattiq jism  deganda kristall 

jism lar  nazarda  tutiladi,  a m o rf jism lar  o ‘ta  qovushoq  suyuqlik 

sifatida qaraladi.

Kristall  jism larda  atom   yoki  m olekulalar  bir-biriga  nisbatan 

m a ’lum   bir  tartibli  vaziyat  egallab  joylashadi.  Buning  oqibatida 

kristallning tashqi  ko‘rinishi  m a’lum  geom etrik shaklga ega bo‘ladi.

Agar  kristall  tarkib  topgan  zarralarni  bir-biriga  to ‘g ‘ri  chiziq 

bilan  tutashtirsak,  fazo viy  yoki  kristall  panjara  deb  ataladigan 

panjara  hosil  b o 'ladi.  K ristallning  ayrim   zarralari  panjarani  hosil 

qilgan  chiziqlarning  kesishgan  n u q talarid a — panjara  tugunlarida 

joylashgan  boMadi.  Bu  zarralar  m usbat  va  m anfiy  ionlar,  neytral 

atom   va  m olekulalar  boMishi  m um kin.  M asalan,  osh  tuzi  kristall 

panjaralarining  tugunlarida  m usbat  natriy  (N a)  va  m anfiy  xlor 

(C l)  ionlari,  m etall  kristallar (C u,  Fe,  A1 va  hokazo)  ning panjara 

tugunlarida  m etall  atom larining  m usbat  ionlari,  olm os,  germ aniy, 

krem niy  kabi  kristallarning  panjara  tugunlarida  neytral  atom lar, 

m uz,  quruq  m uz  (qattiq  karbonat  angidrid),  N 2,  O ,  kabi  kristal­

larning panjara tugunlarida  neytral  m olekulalar joylashgan  b o ‘ladi.

Kristall  panjaralarning shakllari  tu rli-tu m an   b o ‘lishi  m um kin, 

lekin  ixtiyoriy  b o ‘lmaydi.  1890-  yilda  rus  olim i  E.  S.  Fyodorov 

tabiatda  faqat  230  xil  kristall  panjaralar  b o ‘lishi  m um kinligini

393



nazariy hisoblab chiqdi.  Kristallar ustida olib borilgan ilmiy-tadqiqot 

ishlarning natijalari  Fyodorov  nazariy hisoblariga to ‘la  mos keladi.

Kristallning eng asosiy xossalaridan biri shundan iboratki, uning 

fizik  xossalari  u n d a  tanlab  o lingan  yo 'nalish g a  bog 'liq ,  y a’ni 

kristallning xossalarini xarakterlovchi  mexanik mustahkamlik, elektr 

o'tkazuvchanlik,  nursindirish  ko'rsatkichlari  kabi  kattaliklar kristall 

ichida olingan turli yo'nalishlarda turlicha qiymatga ega bo'ladi.

M oddalam ing  fizik  xossalarining  (mexanik,  optik,  elektrik  va 

h.k.) turli yo‘nalishlarda turlicha bo'lishi anizotropiya deb ataladi. Ani- 

zotropiya panjara zarralarining  turlicha yo'nalishlarda  turlicha zichlikda 

joylashganligi  bilan  tushuntiriladi.  Kristall  jism lam ing  ham m asi 

anizotrop jismlardir.  U lar aniq erish  temperaturasiga ega bo'ladi.

Juda mayda kristallardan tashkil topgan modda polikristall modda 

deyiladi.  Bu jismlardagi kristallar ko'pchilik hollarda bir-biriga nisbatan 

tartibsiz joylashganligi uchun polikristall jismlar barcha yo'nalishlarda 

bir xil fizik xossaga ega bo'ladi, ya’ni ular izotrop m odda hisoblanadi. 

Barcha  zarralari  b ir  um um iy  fazoviy  panjaraga joylashadigan jism  

monokristalljismlar deyiladi.  M asalan,  m oddaning bitta  kristalldan 

iborat  bo'lagi  m onokristall  bo 'lad i.  M onokristall  anizotropdir. 

K o'pchilik minerallar monokristall hisoblanadi.  M etallar polikristall 

jism ga  misol  b o 'la  oladi.  Biroq  erigan  metallni  sekin  sovitish  yo'li 

bilan  metall  m onokristalini  hosil  qilish  mumkin.

A m o rf  jis m la r   k rista ll  s tru k tu ra g a   ega  b o 'lm a y d i,  u la r 

o'zlarin in g   ichki  tuzilishlari  b o 'y ich a  suyuqlikka  yaqin  b o'lib, 

suyuqlikdan  faqat  m olekulalar o 'rta c h a  oralig'ining kichikligi bilan 

va shu tufayli  molekulalar tortishish  kuchlarining katta bo'lishi bilan 

farq  qiladi.  A m orf jism lar  ularning  aniq  erish  temperaturasiga  ega 

bo'lmasligi,  isitilganda  qovushoqlikning  kamayishi  natijasida  suyuq 

holatga asta-sekin yumshash orqali o'tishi bilan ham kristall jism dan 

farq qiladi.  Shulaiga asosan,  am o rf jism ni  о ‘ta sovitilgan suyuqlik deb 

hisoblash  ham  mum kin. A m orf jismlarga: shisha,  beton,  plastmassa, 

m um ,  smola,  polim erlar  va  boshqalar  kiradi.

A m orf jism lar h a r doim   izotrop  xossaga  ega  bo'ladi:  ularning 

fizik  xossalari  ham m a  y o 'n alish lar  bo 'y ich a  bir  xil  bo'ladi.  Past 

tem p eraturalarda  a m o rf jism larning  xossalari  qattiq jism larnikiga 

o'xshab ketadi.  Bu  holda ular deyarli  oqmaydi.  Lekin tem peratura 

ortgan  sari  am o rf jism lar  asta-sekin  yum shab,  ularning  xossalari 

suyuqliklam ing xossalariga yaqinlasha boradi.


Download 13,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish