Diagramma deganda statistik ma`lumolar geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo`laklarga) bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territorial) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko`pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko`rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me`yorga aytiladi. U o`rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganlgini bildiradi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasivrlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlariga teng bo`ladi va, demak, shu miqdor deb o`qilishi mumkin. u uchta elementdan iboratdir.
shkala tayanchi deb ataluvchi chizik;
chiziqlar bilan nishonlanib ma`lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar;
shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
4.3. Chiziqli diagramma to`g’risida tushuncha.
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo`lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog’lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko`rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o`qqa (ordinata o`qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko`rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o`qqa (absissa o`qi) ma`lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o`qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o`qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o`tkaziladi. Ularning o`zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho`qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo`ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o`rganilayotgan hodisalarning o`zaro bog’lanishini tasvirlaydi.
Quyidagi ma`lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.
4-jadval
O`zbekistonda 2000-2005 yillarda etishtirilgan paxta va don yalpi hosili, mln. tonna
Yillar
K o`r- satkichlar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
Paxta
|
3002
|
3265
|
3122.4
|
2803.3
|
3536.8
|
3749.0
|
3002
|
Don
|
3929
|
4072
|
5792,6
|
6319,2
|
6000,8
|
6540,9
|
3929
|
Manba: O`zbekistonning iqtisodiy yo`nalishlari, oktyabr-dekabr 2006 y.
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o`qqa paxta va don yalpi hosilini, gorizontal o`qqa esa yillarni joylashtiramiz. Agar masshtab qilib davrlar uchun 1 sm : 1 yilga, ko`rsatkichlar uchun esa 1 sm : 1 mln. t. paxta va donga teng deb olsak, u holda yuqoridagi ma`lumotlar abssissa va ordinata o`qlarining shkalalarida quyidagi nuqtachalar bilan ifodalanadi:
Yillar (sm)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
Paxta
|
3,0
|
3,3
|
3,1
|
2,8
|
3,5
|
3,7
|
3,0
|
Don
|
3,9
|
4,1
|
5,8
|
3,2
|
6,0
|
6,5
|
3,9
|
Bu nuqtachalarni tegishli o`qlarda nishonlab, ulardan perpendikulyar chiziqlar o`tkazamiz, keyin ularning o`zaro kesishgan joyidagi nuqtalarni birlashtirib, 10-chizmadagi paxtachilik va don etishtirishga tegishli siniq
200 200 200 200 200 200
CHiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin. Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan ko`rinishda (yo`g’on chiziq, ingichka, punktir va h.k) chizilishi kerak (10-chizma).
Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda saqlash lozimki, grafikning ko`rimli va oson tushunarli bo`lishi uchun masshtabni to`g’ri olish muhim ahamiyatga ega.
Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo`lsa, u holda diagramma sur`ati, ya`ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun`iy tarzda kuchaytirib aks ettiradi. Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa, aksincha, o`sish sur`ati sun`iy ravishda so`nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu ham maqsadga muvofiq emasdir.
Shuning uchun masshtabni shunday belgilash kerakki, u ko`rsatkichlar orasidagi proporsionallik va nisbatlarni to`la va aniqroq tasvirlash imkoniyatini tudirsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |