Oddiy jadval deb o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari birma-bir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Gruppaviy jadval deganda o`rganilayotgan ob`ektlarni birbelgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
Kombinatsion jadval – bu ega qismida ob`ektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvallar.
Statistik jadval ixcham va ko`rimli chiqishi uchun uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:
Jadvallar hajmi katta bo`lmasligi kerak. Murakkab to`plamlarni o`rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o`zaro bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o`qishga oson ko`rinishda tuzilishi kerak.
Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.
Jadvalda bir-biri bilan bog’liq ko`rsatkichlar birin-ketin, soddadan murakkabga o`sib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
Jadvaldagi ma`lumotlar mazmunini anglash oson bo`lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim.
SHartli belgilashlarga katta e`tibor berish kerak. Zarur bo`lganda ayrim ko`rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo`yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.
Hodisa sodir bo`lganligi to`g’risida ma`lumotlar bo`lmasa, jadvalda shu ko`rsatkich o`rniga «ma`lumot yo`q» yoki nuqtalar (…) qo`yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo`lmagan bo`lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni o`qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.
4.2. Statistik grafiklar va ularning ahamiyati.
Grafik – bu statistik ma`lumotlarni ta`sirchan va jozibali qilib tasvirlaydigan geometrik shakldir.
Statistik ma`lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta`sirchan, diqqatga sazovor va lo`nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo`llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma`lumotlarni shartli olingan me`yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o`ziga tez jalb etish bilan birga ma`lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to`laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uchun grafiklar iqtisoliy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha soarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o`taydi.
Statistik ma`lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, oydinlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo`lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |