78
nonchi, 1869-yilda imperiya poytaxti
Vena shahrida ishchilar-
ning ommaviy namoyishi o‘tkazildi.
Namoyishchilar demokratik
erkinliklar berilishini talab qildilar.
Hukumat
bunga javoban, Avstriya
ishchilar harakatining rah-
barlarini davlatga xiyonatda aybladi.
Sud ularni uzoq muddatga
ozodlikdan mahrum etdi.
Avstriya hukumati ham Bismarkdan o‘rnak olib, 1884-yilda
ishchilar harakatiga qarshi „favqulodda qonun“ joriy etdi. Qonun
ishchilar harakatiga qarshi politsiya terrorining kuchaytirilishiga
ruxsat berdi. 80-yillar
oxiriga kelib,
kasaba uyushmalari tarqatib
yuborildi. Ishchi gazetalarini nashr etish to‘xtatildi. Shunday bo‘l-
sa-da, ishchilar kurashni davom ettirdilar. 1889-yilda
esa Avstriya
sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: