XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida AQSH
REJA
1.AQSHning ichki siyosat
2.XX asr boshidagi islohotlar
3.AQSH tashqi siyosati
1.AQSh iqtisodining rivojlanishi va dunyoda birinchi davlatga aylanishi jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy muammolarni o`z-o`zidan bartaraf etishga olib kelgani yo`q. AQShda ham ishchilar sinfi o`z haq-huquqlari uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo`lgan. Bu davrdagi ishchilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishish edi.
1886- yil 1- may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan ortiq ishchi ishtirok etdi. Buning natijasida 200 mingga yaqin ishchi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi. Biroq, keyingi 2 yilda bu muvaffaqiyat deyarli yo`qqa chiqdi.
8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat Chikagoda juda ham keskin tus oldi. 1886- yil 3- mayda shaharning Senno maydonida bo`lgan ommaviy miting vaqtida politsiya ish tashlaganlarga qarab o`q uzdi. Natijada 6 kishi o`ldirildi va ko`plab ishchilar yarador bo`ldi. Darg`azab bo`lgan Chikago ishchilari 4- mayda shu xunrezlikka qarshi norozilik bildirib, ommaviy miting tashkil qildilar. Qurolli politsiya otryadlari ishchilarga qarshi yuborildi. Sudning qaroriga muvofiq, 1887yil 11- noyabrda ommaviy harakat rahbarlaridan 4 kishi (Parsons, Fisher, Engel va Shpislar) dorga osildi. Ular o`limga tik qaradilar. Shpis oxirgi so`zida «Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o`tkirroq bo'ladi» degan'edi.
XIX asr oxiriga kelib ijtimoiy harakatga rahbarlik 1881- yilda tuzilgan «Qo`shma Shtatlar va Kanada uyushgantred-yunionlari va ishchi ittifoqi federatsiyasi»ga o`tdi. 1886- yilda u Amerika Mehnat Fetieratsiyasi degan nom oldi. AMF asosan yuqori malakali ishchilar manfaatini himoya qilardi. 1914- yiftla uning a'zolari soni 2 mln. kishini tashkil etdi. AMF siyosiy kurashga qarshi edi.
Tashkilot ishchilar manfaati yo`lidagi kurashda Kongress a'zolari hamda korxona egalariga ta'sir o`tkazishga alohida e'tibor berdi. Hukumat 1894- yilda sentabrning birinchi dushanbasini «Mehnat kuni» bayrami deb e'lon qilishga majbur bo`ldi. Bu bayram hozirgacha nishonlanib kelinmoqda. AQSh iqtisodining rivojlanishi va dunyoda birinchi davlatga aylanishi jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy muammolarni o`z-o`zidan bartaraf etishga olib kelgani yo`q. AQShda ham ishchilar sinfi o`z haq-huquqlari uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo`lgan. Bu davrdagi ishchilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishish edi.
1886- yil 1- may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan ortiq ishchi ishtirok etdi. Buning natijasida 200 mingga yaqin ishchi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi. Biroq, keyingi 2 yilda bu muvaffaqiyat deyarli yo`qqa chiqdi.
8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat Chikagoda juda ham keskin tus oldi. 1886- yil 3- mayda shaharning Senno maydonida bo`lgan ommaviy miting vaqtida politsiya ish tashlaganlarga qarab o`q uzdi. Natijada 6 kishi o`ldirildi va ko`plab ishchilar yarador bo`ldi. Darg`azab bo`lgan Chikago ishchilari 4- mayda shu xunrezlikka qarshi norozilik bildirib, ommaviy miting tashkil qildilar. Qurolli politsiya otryadlari ishchilarga qarshi yuborildi. Sudning qaroriga muvofiq, 1887yil 11- noyabrda ommaviy harakat rahbarlaridan 4 kishi (Parsons, Fisher, Engel va Shpislar) dorga osildi. Ular o`limga tik qaradilar. Shpis oxirgi so`zida «Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o`tkirroq bo'ladi» degan'edi.
XIX asr oxiriga kelib ijtimoiy harakatga rahbarlik 1881- yilda tuzilgan «Qo`shma Shtatlar va Kanada uyushgantred-yunionlari va ishchi ittifoqi federatsiyasi»ga o`tdi. 1886- yilda u Amerika Mehnat Fetieratsiyasi degan nom oldi. AMF asosan yuqori malakali ishchilar manfaatini himoya qilardi. 1914- yiftla uning a'zolari soni 2 mln. kishini tashkil etdi. AMF siyosiy kurashga qarshi edi.
Tashkilot ishchilar manfaati yo`lidagi kurashda Kongress a'zolari hamda korxona egalariga ta'sir o`tkazishga alohida e'tibor berdi. Hukumat 1894- yilda sentabrning birinchi dushanbasini «Mehnat kuni» bayrami deb e'lon qilishga majbur bo`ldi. Bu bayram hozirgacha nishonlanib kelinmoqda.
1913- yil sentabrda 12000 korxonada kon ishchilari chidab bo`lmaydigan og`ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashladilar. Ular 8 soatlik ish kuni joriy etilishini va ish haqini 10 foizga oshirishni talab etdilar. Hukumat ishchilarga qarshi kuch ishlatdi. 1914- yil bahorida butun Kolorado shtatida harbiy holat e'lon qilindi. 20- aprelda ishchi lagerlari o`qqa tutildi. Ko`plab ishchilar halok bo`ldi va yarador qilindi. Ish tashlovchilarning rahbarlari esa otib tashlandi. Ishchilar majburan konlarga qaytarildi.
2. Fuqarolar urushidan so`ng negrlar ozodlikka erishdilar. Biroq, ular tenglikka erisha olmadilar. Mamlakatda segregatsiya tartibi qaror topdi. Negrlar oq tanlilar o`qiydigan maktabga, oq tanlilar qatnaydigan cherkovga borolmasdi. Oq tanli chiqqan transportga chiqa olmasdi. Hatto mozorlar ham alohida edi. Shu tariqa, mamlakatda irqchilik avj oldi. Ayniqsa, Janubda yashaydigan negrlar ahvoli og`ir edi. Ular Shimolga qochib o`tardilar. Biroq, bu yerda ham ular alohida mavzelarda (negr kvartallarida) yashashga majbur edilar. Qarzdor negr qamoqqa olinishi va qarzdan qutulishi uchun istagan kishiga kontrakt asosidagi ishchi qilib berilishi mumkin edi. Janubiy shtatlarda negrlar saylov huquqidan mahrum etilgan edilar. Negrlarning ilg`or ziyoli guruhlari negr xalqining teng huquqli ftiqaro bo`lishlari yo`lidagi kurashga rahbarlik qildilar. Ular kurashning tinch yo`lini tanladilar.
AQShning tub yerli aholisi—hindular qattiq azob-uqubatlarga duchor etildi. Hindular o`z haq-huquqlari uchun kuchlari yetguncha kurashdilar. Biroq, kuchlar nihoyatda noteng bo`lgan kurashda ular yengildilar.
1880- yilgi oxirgi jangda yengilgan hindular alohida rezervatsiyalarga surib chiqarildi. Bu rezervatsiyalar eng unumsiz tashlandiq yerlar edi. Bu yerda ular hukumat «vasiyligi»ga olindilar. Hindular masalasi ana shunday yo'1 bilan hal etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |