79
Galitsiyadagi ukrain va polyak aholisi
ham milliy zulm ostida
edi. Avstriya hukumati Galitsiyadagi hukmron doiralar bilan bitim
tuzib, o‘lkani idora qilishda ularga rahbarlik rolini berdi.
XIX asrning so‘nggi o‘n yillarida milliy zulm yanada kuchaydi.
Zakarpatyedagi ukrain aholisi „vengrlashtirildi“. Xorvatiya doimo
harbiy yoki
favqulodda holatda tutildi, xalq noroziligi qattiq
ta’qiblar bilan shafqatsiz bostirildi.
Xorvatiyadagi milliy-ozodlik harakatiga Vengriya hukumati 1912-
yilda Xorvatiya Seymini tarqatib yuborish va konstitutsiyani
to‘xtatib qo‘yish bilan javob berdi.
1912-yilda Avstriya-Vengriyada og‘ir iqti-
sodiy inqiroz yuz berdi.
Oqibatda, yirik
sanoat va savdo korxonalari sindi. Imperiya eksport salohiyati keskin
kamaydi. Bu esa iqtisodiy inqirozni yanada chuqurlashtirib yubordi.
Mehnatkash xalq ommasining turmush darajasi pasaydi. Imperiya
hukmron tabaqalari milliy zulmni yanada kuchaytirdilar. Oqibatda,
iqtisodiy va milliy-ozodlik kurashi keskinlashdi.
Imperiyadagi og‘ir
vaziyatga qaramay, Vengriya hukmron doi-
ralari Avstriyaning Bolqondagi bosqinchilik siyosatida faol qat-
nasha boshladi. Hatto, armiya qaytadan tuzildi. Bu —
imperiya-
ning urushga tayyorgarlik ko‘rayotganligini anglatar edi.
Mamlakatni harbiylashtirishga, urushga tayyorgarlik ko‘rila-
yotganligiga va milliy zulmga qarshi Vengriyaning asosiy shahri
Budapesht shahrida ko‘p ming kishilik namoyish o‘tkazildi.
Umumiy norozilik yalpi ish tashlashlarga olib keldi.
Namoyish-
chilarga qarshi politsiya kuchlari yuborildi. Oqibatda, Budapesht
barrikadalarga to‘lib ketdi. Kuchlar nisbati teng emas edi.
Shuning
uchun ham ishchilar namoyishni to‘xtatishga majbur bo‘ldilar.
Ijtimoiy harakat va imperiya tarkibidagi slavyan xalqlarining
milliy-ozodlik uchun kurashi Avstriya-Vengriya imperiyasi chuqur
inqiroz davriga kirganligini ham anglatar edi.
Shunday
bir sharoitda, ayrim siyosatchi arboblar
trializm
(uchlik) talabi bilan chiqdilar. Trializm g‘oyasi imperiyani Avs-
triya, Vengriya va imperiya tarkibidagi
slavyan xalqlari yerlarini
o‘z ichiga oluvchi, har uch tomonni teng huquq asosida bir-
lashtiradigan
federatsiyaga aylantirish, degani edi. Biroq, fede-
ratsiyaning slavyan qismi kuchayib ketishidan cho‘chigan hukm-
ron doiralar trializm g‘oyasini rad etdilar.
Bu hol Birinchi jahon urushi arafasida imperiyada ichki zid-
diyatlarning keskinligicha qolishiga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: