Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat.
Reja:
Kimyoviy reaksiyaning tezligi xaqida tushuncha.
Kimyoviy reaksiya tezligiga tasir etuvchi omillar.
Reaksiyaning aktivlanish energiyasi.
Katalizatorning to’g’ri va teskari reaksiyaga ta’siri.
Qaytar va qaytmas reaksiyalar.
Kimyoviy muvozanat va uning siljishi. Le SHatele prinsipi.
Kimyoviy reaksiyalar borishining asosiy qonuniyatlari.
Kimyoviy reaksiya tezligi. Kimyoviy reaksiyalar har xil tezliklarda boradi. Ulardan ba'zilari sekundning bir necha ulushlari ichida batamom tugaydi, boshqalari mino’tlar, soatlar, kunlar davomida amalga oshadi; shunday reaksiyalar ham ma'lumki, ularning
borishi uchun bir necha yil, unlab yil yanada ko’proq vaqt kerak bo’ladi. Bundan tashqari, bitta reaksiyaning o’zi bir sharoitda, masalan
yuqori haroratda tez borishi, boshqa sharoitda, masalan sovu?da syokin borishi mumkin; bunda bir reaksiyaning tezligi orasidagi farq juda katta bo’lishi mumkin.
Reaksiya tezligiga qarab chiqilayotganda albatta gamogen sistemada boradigan (gamogen reaksiyalar) va geterogen bir-biridan farq qilish kerak. Kimyoda sistema deb: modda yoki moddalar majmuasiga aytiladi. Sistemalar gamogen va geterogen sistemalarga bo’linidi:
Bir xil fazadan
tashkil topgan sistema gamogen, har xil fazalardan tashkil topgan sistema esa geterogen sistema deb yuritiladi. Sistemaning boshqa qismlardan ayrim chegara bilan ajralib turuvchi qismiga faza deb ataladi. Gamogen sistemaga misol qilib xoxlagan gazlar aralashmasini, chunonchi azot bilan kislorod aralashmasini olish mumkin. Gamogen sistemaga yana misol qilib bir necha moddalarning bitta erituvchidagi eritmasini, masalan,
natriy xlorid, magniy sulfat, azot va kislorodlarning suvdagi eritmasini olish mumkin. Ikkala holda ham sistema bir xil fazalardan tashkil topgan. Geterogen sistemalarga quyidagilarni misol qilib olish mumkin: suv, muz bilan, to’yingan eritma cho’kmasi bilan va hokazo.
Agar reaksiya
gomogen sistemada borsa, u bu sistemaning butun hajmi buyicha reaksiya ketadi. Masalan: sulfat kislota va natriy tiosulfat eritmalari aralashtirilganda oltingugurtni hosil bo’lishi bilan kelib chiqadigan loyqalanish eritmaning butun hajmida kuzatiladi:
H
2SO
4+Na
2S
2O
3=Na
2SO
4+H
2O+SO
2 ↑ +S↓
Reaksiya geterogen sistemani tashkil etuvchi moddalar orasida ketsa, sistemani tashkil etuvchi fazalar sirtidagina reaksiya amalga oshadi. Masalan: metallning kislotada erishi: Fe+H
2SO
4=FeSO
4+H
2↑
Bu reaksiya faqat metall sirtida boradi: chunki ikkala reaksiyaga kirituvchi moddalar shu sirtda bip-biri bilan to’qnashadi. Shular sababli gamogen reaksiya tezligi va geterogen reaksiya tezligi har xil aniqlanadi.
Gamogen reaksiya tezligi vaqt birligi ichida reaksiyaga kirishgan yoki reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddaning hajm birligidagi miqdori bilan ulchanadi. Geterogen