Shaharlar va qishloqlarning xududiy joylashuvining o`ziga xos
xususiyatlarini Qoraqalpog`iston miqyosida tahlil qilish
(2-soat)
REJA:
1. Shaharlar va qishloqlarning hududiy joylashishining o`ziga hos
hususiyatlari
2. Qoraqalpog`iston shaharlari va ularning klassifikatsiyasi
3. Qoraqalpog`istondagi urbanizatsiya jarayonining
Markaziy Osiyo respublikalaridagi invistitsiya muxitini yaxshilashda
mavjud resurslardan samarali foydalanish muxim rol o`ynaydi. Mutaxassislar
fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlarning nisbatan arzon va malakali mehnat
resurslariga boy ekanligi investitsiya iqlimiga ijobiy ta`sir ko`rsatayotgan asosiy
omillardan hisoblanadi.
1989-2007 yillar oralig`ida mintaqa aholisi qariyb 1,2 martaga o`sdi. Bu
MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi. Markaziy Osiyo
mamlakatlari orasida Turkmaniston aholisi eng yuqori su`ratlar bilan o`sgan bo`lib,
ushbu davr mobaynida 1,6 martaga ko`paygan. Mazkur yillar davomida
O`zbekiston aholisi 1,31 martaga, Tojikiston aholisi 1,30 martaga ko`paygan. Ayni
vaqtda Qirg`izistonda aholi o`sish su`ratlari bilan deyarli muvofiq bo`lgan bo`lsa,
Qirg`iziston aholi soni esa 1989 yilga nisbatan 2007 yilga qariyb 10 % ga
qisqargan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari aholi o`sish su`ratlarining oshishi yoki
kamayishi izohlovchi o`ziga hos sabablar mavjud. Masalan, Turmakiston aholisi
o`sish su`ratlarining xususiyatlarini nafaqat tug`ilishining an`anaviy yuqori
darajasi, balki gudaklar (har ming kishiga 44 go`dak to`g`ri keladi) va onalar
o`limining yuqori darajasi bilan izohlash mumkin. Buning natijasida tug`ilish
yuqori darajada bo`lsa-da, aholi sonining o`sish su`ratlari so`nggi yillarda barqaror
saqlanib qolmoqda. Turkmanistondan farqli o`laroq Qozoqstonda aholi sonining
kamayishini migratsiya jarayonlari, to`g`ilish va tabiiy o`sishning qisqarishi ham
shu sabablar bilan ma`lum darajada bog`likdir. Tojikistonda aholi o`sish
su`ratining yuqoriligi to`g`ilishning yuqori darajasi, o`limning, ayniqsa gudaklar
o`limining asta-sekin paysayayotganligi bilan bog`liq.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy Osiyodagi aholi sonining o`sishi
XX asrning 80 yillariga nisbatan taxminan ikki barobariga qisqardi. XX asrning
90-yillaridan boshlab, markaziy Osiyo aholisi sonining o`sish su`rati birmuncha
pasaygan bulsa-da, mintaqa uzoq vaqt «dimografik portlash» zonasi bo`lib qolishi
kutilgan edi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi, respublikalar iqtisodiyotining
bazor munosabatlariga o`tish natijasida aholi sonining o`sish su`rati keskin
kamaydi. Shu munosabat bilan yuqoridagi mulohazalar bir muncha o`z ko`chini
yo`qotdi.
Shahar va qishloq aholisining o`sish su`ratlari bir-biridan keskin farq qiladi.
Bunga sabab-tub aholining asosiy qismi qishloqlarda, boshqa millatlarga, ayniqsa
evropa millatiga mansub aholi asosan shaharlarda yashaydi. Bu esa o`z navbatida,
qishloqlarda aholi o`sish su`ratlarining yuqori bo`lishini ta`minlaydi.
O`zbekistonda qishloq aholisining tabiyiy o`sish ko`rsatkichlari shaharlardan
ko`ra har doim yuqori bo`lgan. Bu avvola aholi takibidagi yoshlar salmog`ining
ko`pligidan sodir bo`ladi. Tabiiyki, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining o`zi
o`sib kelayotgan mehnatga layoqatli ishlarining hammasini ish bilan ta`minlay
olmaydi. Ayniqsa, qishloq xo`jaligida ilg`or texnologiyalarning joriy etilishi va,
ayniqsa, qishloqlarimizda amalga oshirilayotgan islohatlar natijasida bu sohada
ishlovchilarning ko`p qismi ishsiz qoladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham bevosita qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishda ishlaydigan ishchilar soni qisqarib bormoqda. AQSh, Germaniya,
Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda qishloq
xo`jaligida band bo`lganlar ulushi 5-6 foizdan ko`p emas. Uzbekistonda esa band
aholining 31,0 foizi qishloq va o`rmon xujaligiga, 12,9 foizi sanoat va 8,3 foizi
kurilishiga to`g`ri keladi.
Qishloq aholisi manzilgohlar soni joylashgan, geografik o`rni bajaradigan
funktsiyasiga ko`ra shaharlardan farq qiladi. Qishloq aholisi manzilgohlarining
rivojlanishi qishloq xo`jaligi tarmog`i bilan chambarchas bog`lik. Biroq aholisi
qishloq xo`jaligida band bo`lmasdan sanoatda, transport va boshqa tarmoqlarda
ishlaydigan aralash funktsiyali qishloq aholisi manzilgohlari ham mavjud.
Barcha qishloq aholisi manzilgohlari shaharlar singari o`z bajaradigan
funktsiyasiga qarab uchta asosiy guruhga birlashtiriladi.
1.
Qishloq xo`jaligi bilan bog`lik.
2.
Bevosita qishloq xo`jaligi bilan bog`lanmagan.
3.
Aralash qishloq aholi manzilgohlari.
Qishloq xo`jaligi Bilan bevosita bog`liq bo`lgan aholi manzilgohlari qishloq
xo`jaligi aholisi manzilgohlari deb yuritiladi. Ma`lumki, er yuzining qishloq
xo`jaligida band. Qishloq xo`jaligi Bilan bog`lanmagan ikkinchi guruh aholi
miqdori o`sib bormoqda.
Qishloq aholisi uning katta – kichikliliga qarab kuyidagi sinflarga
bo`lishimiz mumkin: aholisi 200 kishigacha; 201-500 kishi, 501-1000; 1001-3000,
3000-5000, 5000 kishi va undan ortiq. Shu tartibda qishloqlarni tabaqalashtirish
har tomonlama talabga javob beradi. Bizning respublikamiz qishloqlarining
aholliyligi ana shu mezonga mos keladi. Mamlakatimizning 63,7 foiz aholisi
qishloqlarda yashaydi, qishloq xo`jaligi esa milliy iqtisodiyotimizning asosini
tashkil etadi.
Qishloq xududlarining ko`rsatkichlarini tahlil qilishda, mutahassislar
fikricha, Markaziy Osiyodi tug`ilish darajasi va aholi tabiiy o`sishning
yuqorililigiga quyidagi omillar ta`sir ko`rsatadi:
1.Demografik omillar: tub aholi orasida qishloq aholisining ko`pchilikni
tashkil qilishi urbanizatsiya darajasining nisbatan pastligi; aholi tarkibida yoshlar
ulushining kattaligi; nikohning va aholi barpo bo`lish jarayonining yuqorililigi.
2. Ijtimoiy omillar: ishlab chiqarishda ayollar bandligining pastligi, ko`p
bolalikni ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlash; aholi ma`lumot va kasb
tayyorgarligi darajasi
3. Iqtisodiy omillar: keksalik davrida yaxshi yashashni ta`minlash uchun
ko`p bola ko`rishdan manfaatdorlik, ko`p bolali oilalarda «umumiy qozon»
iqtisodi.
4. Entik omillar: ko`p bolalik an`anasining mahalliy aholi orasida ma`lum
darajada saqlanib qolinishi;
5. Yuqori reprodutiv ko`rsatkichli keksa avlodning yosh avlodlarga qattiq
ta`siri: avlodni davom ettiruvchi sifatida o`g`il ko`rish istagining kuchliligi.
Yuqoridagi omillar birgalikda va o`zaro bog`likda tug`ilish ko`rsatkichlarini
belgilab beradi. Yana shuni ham ta`killash lozimki, tug`ilish darajasiga ijobiy ta`sir
ko`rsatayotgan omillardan ba`zi birlari, xususan ijtimoiy omillarni ta`siri kamayib
bormoqda. Keyingi yillarda tabiiy ko`payishning pasayganligini, aynan shu holat
bilan
izohlash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |