11
O
`zbekiston shaharlarining klassifikatsiyasi va tipologiyasi
(2-soat)
REJA:
1. O`zbekiston shaharlar va qishloqlarini klassifikatsiyalash
2. Suvg`oriladigan dehkonchilik vodiylarida shaharlarning murakkab
xududiy yuzaga kelishi
Hozirgi vaqtda mamlakatlarning milliy va mintaqaviy iqtisodiyotini
rivojlantirishda shahar joylarning ta`siri sezilarli darajada ortib bormoqda.
Zamonaviy shaharlar qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lmagan aholining yashash
joyi bo`lib, ilm-fan, madaniyat, bank-moliya, savdo, sanoat, malakali ishchi kuchi,
yaxshi rivojlangan infratuzilma markazlari sifatida namayon bo`ladi.
Ma`lumki shaharlarning ikki asosiy shahar hosil qiluvchi va shaharga xizmat
qiluvchi (ikki yo`lovchi transporti, shahar aholisiga xizmat qiluvchi tarmoqlar)
funktsiyalari mavjud. Shahar hosil qiluvchi omillarga transport, ilmu-fan, dam
olish maskanlari, bank-moliya, har hil foydali qazilmalari konlari, turizm kabilar
kiradi. Ular orasida tabiiy sharoit va resurslar omili eng muximi bo`lib, Ushbu omil
asosida shakllangan shaharlar «resurs shaharlar» deb ataladi.
O`zbekiston xududlari turlicha tabiiy – resurs sharoitga ega. Ulardan
foydalanish ham mintaqalalar doirasida bir-biridan farq qiladi. Jumladan,
respublika Janubida joylashgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan tarkib
topgan Janubiy iqtisodiy rayon o`zining tabiiy resurslari bo`yicha mamlakat
iqtisodiyotida o`ziga hos mavqega ega. Ushbu mintaq O`zbekistonda yoqilg`i
mahsulotlari (neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, ko`mir), oltingugurt, turli tuzlar,
qurilish materiallari, farmatsevtika hom ashyosi va shifobaxsh mineral suvlarga
boyligi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy rayon doirasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tabiiy
resurslar bilan ta`minlanganlik hamda ulardan foydalanish darajasiga ko`ra bir-
biridan keskin farqlanadi. Binobarin bunda ustunlik Qashqadaryo viloyati
foydasiga bo`lib, voha ayirim tabiiy xom Ashe resurslarini qazib olish (asosan
uglevodorodli birikmalar) bo`yicha nafaqat mintaqada, respublikada ham asosiy
o`ziga hos «lokomotiv» hisoblanadi. Masalan, mamlakatda qazib olinayotgan
neftning 80 foizi, tabiiy gazning 92 foizi, oltingugurtning deyarli 100 foizi Ushbu
xudud zimmasiga to`g`ri keladi. Toshg`uzor-Boysun-Qumqo`rg`on temir yo`lining
foydalanishga topshirilishi natijada Dehqonobod tumanidagi kaliy tuz konlarini
o`zlashtirish imkoniyati to`g`ildi.
Hozirgi kunda ushbu kon bazasida O`zbekistonda yagona kaliy zavodi barpo
etilmoqda, mazkur ishlab chiqarish ob`ekti esa viloyatning milliy iqtisodiyotidagi
rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shu jumladan:
Janubiy iqtisodiy rayon
Surxondaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati
Shahar joylar
Aholisi
Shahar joylar
Aholisi
Shahar joylar
Aholisi
Soni
Foizda
Ming
k
foizda
Soni
Foizd
a
Ming k
foizda
Soni
Foizda
Ming k
foiz
da
Jami shahar va
shaharchalar
31
100,0
983,0
100,0
15
100,0
376,3
100,0
16
100,0
606,7
100,
0
Shu jumladan, aholisi bo`yicha (ming kishi)
3-4,9
1
3,2
4,2
0,4
1
6,7
4,2
1,1
-
-
-
-
5-9,9
7
22,6
48,3
4,9
3
20,0
16,2
4,3
4
25,0
32,1
5,3
10-19,9
8
25,8
106,4
10,8
5
33,3
66,9
17,8
3
18,8
39,5
6,5
20-49,9
10
32,2
258,4
26,3
4
26,6
94,4
25,1
6
37,5
164,0
27,0
50-99,9
3
9,7
221,4
22,5
1
6,7
69,3
18,4
2
12,5
152,1
25,1
2
6,5
344,3
35,1
1
6,7
125,3
33,3
1
6,2
219,0
36,1
Surxondaryo viloyatining janubiy mintaqadagi o`rnini neft`, tabiiy gaz, ko`mir
(rspublikadagi jami toshko`mirni), turli qo`rilish materiallari (ohak, granit, gips,
shag`al), tabiiy mineral buloqlar, dorivor giyohlar, turizm va rekreatsiya resurslari
belgilab beradi. Lekin vohada tabiiy resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari
ancha past. Bunga avvalo viloyatning geografik o`rni (mamlakatning eng
janubida), orografik (asosiy foydali qazilmalar tog`li xududlarda) kabi tabiiy
noqulayliklar bilan birga transport infratuzilmasining sust rivojlanganligi, siyosiy
strategik nuqtai nazardan nomaqbul joylashishi ham ta`sir etib kelgan.
Toshg`uzor-Boysun- Qumqo`rg`on temir yo`li viloyatni respublika yaxlit
transport tizimiga qo`shilish imkonini berdi. Ushbu temir yo`l Surxon vohasining
tog` tumanlaridagi turli mineral resurslarni o`zlashtirish va iqtisodiyotda
foydalanish, buning natijasida Yangi aholi manzilgohlari (shahar va
shaharchalar)ning vujudga kelishida, aholi bandligini oshirishda, qo`shni
Qashqadaryo bilan iqtisodiy, madaniy –ma`rifiy aloqalarni yanada yuksaltirishda,
shu asosda ularni yagona iqtisodiy rayon bo`lib shakllanishida mo`him o`rin tutadi.
Janubiy mintaqa O`zbekistonda shahar aholisi eng kam bo`lgan xududlardan
biri hisoblanadi. 2007 yilda respublikada o`rtacha urbanizatsiya darajasi 35,9 %
bo`lgani holda, iqtisodiy rayonda bu ko`rsatkich 22,2 foizga (Qashqadaryo 24,6%,
Surxondaryoda 19,2%) teng bo`ldi. Mintaqa shaharlar to`ri va tizimini shakllanish
nuqtai nazaridan qaralganda, u 1989 yilga nisbatan deyarli o`zgarmagan.
Mustaqillik yillarida faqatgina shaharchalar sonida o`zgarishlar ko`zatildi. (6 tadan
11 taga ko`paygan). Hozirgi vaqtda mazkur hududda 31 ta joylar mavjud. Shundan
Surxondaryo viloyati hissasiga to`g`ri kelgan. Vohalanki, so`nggi aholi ruyxatida
iqtisodiy rayonda shaharliklar 655,2 ming nafarni, Qashqadaryo viloyatida 413,5
ming va Surxondaryo viloyatida 241,6 ming kishini tashkil etgan edi. Shuningdek,
Surxon va Qashqa vohasi aksariyat shahar va shaharchalaridagi aholi tug`ilishi,
turmush tarzi va boshqa bir qancha ko`rsatkichlari bo`yicha qishloq joylardan
deyarli farq qilmasligi, to`liq sanoatga iqtisoslashgan shaharlarning yo`qligi
(Muborak shahridan tashqari) bilan tavsiflanadi.
Bugungi kunda Janubiy iqtisodiy rayonda aholisi 3-20 ming bo`lgan o`n
oltita (Hurriyat, El`bayon, Do`stlik, Qoqaydi, Qashqadaryo, Miroqi, dehqonobod,
Sariq, Eski-Yakkabog`, Sariosiyo, Angor shaharchalari va Tolimarjon, Yangi –
Nishon, Qumqo`rg`on, Shorg`un, Beshkent), 20-50 minglik o`nta (Chiroqchi,
Jarqo`rg`on, Sho`rchi, G`uzor, Yakkabog`, Boysun, Muborak, Sherobod, Qamashi,
Kitob), 50-100 ming kishilik (Denov, Koson, Shaxrisabz), aholisi 100 ming
kishidan ortiq viloyatlarining ma`muriy markazlari Qarshi (219,0 ming) va Termiz
(125,3 ming) shaharlari bor. Ushbu shaharlarning genetik kelib chiqishi turli
tuman: Shahrisabz, Qarshi, Denov, Termiz, Kitob, Yakkabog`, Qamashi, G`uzor
kabi shaharlarning o`rnida aholi qadimdan yashab kelgan. XX asrda tabiiy
resurslardan ishlab chiqarishda foydalanish va keng mikyosdagi yangi erlarni
o`zlashtirishnatijasida ko`plab shaharlar bunyod etildi. Jumladan, Koson,
Beshkent, Yangi-Nishon, Tolimarjon, Sherobod, Sariq, Angor qo`riq erlarni,
Muborak, shorg`un, Boysun, Jarqo`rg`on, Soriosiyo, Qoqaydi, El`bayon foydali
qazilmalarni, Miroki Qashqadaryo rekreatsiya resurslarini o`zlashtirish mahsuli
hisoblanadi.
Kelajakda iqtisodiy rayon tabiiy resurslaridan foydalanish natijasida
Qashqadaryo viloyatida Nuriston (IES), Kengsoy (Sho`rton gaz Kime majmui),
surxondaryo viloyatida To`palang (GES va suv ombori) shahar tipidagi aholi
manzilgohlari vujudga kelishi mumkin. Chunki, ushbu joylarda shahar hosil
qiluvchi bir qancha omillar (transport, sanoat, aholiga xizmat ko`rsatuvchi
tarmoqlar) rivojlanish bosqichida. Shuningdek, Toshg`uzor-Boysun-Qumqo`rg`on
temir yo`li xududidagi konlarni o`zlashtirish, tog`li xududlaridagi rekreatsiya va
turizm manbalaridan foydalanish asosida yangi resurs shaharlari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |