Surxondaryo viloyati qishloq aholi manzilgohlarining soni va tarkibiy
tuzilishidagi o`zgarishlar
Surxondaryo viloyatida jami 114 ta (2007 yil) qishloq fuqoralar yig`inlari
(QFI) mavjud. Ular tumandan keyingi kichik-ma`muriy xududiy birlik bo`lib, turli
hil o`lcham va ko`rinishdagi qishloqlarni o`zida birlashtiradi. Shu boisdan
dastavval qishloq aholi manzilgohlarning yuqori bo`g`ini bo`lmish QFY va undan
qishloqlar qismiga o`tish ishning to`laqonli bajarilishiga imkon beradi. Qolaversa,
QFY soni va ularning aholisini o`rganish orqali qishloqlar rivojlanishidagi qator
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni bir butun uyg`unlikda aniqlash imkoni
yaratiladi.
Viloyat statistika bosh boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, mantiqada
QFY lari soni muttasil oshib borgan. Jumladan, oxirgi aholi ruyxati davrida, (1989
yil) mintaqada 91 ta QFY lari mavjud bo`lgani holda, hozirga kelib ularning soni
23 taga kupaygan.
O`zbekiston Respublikasi shahar-sozlik kodeksiga binoan qishloq aholi
punktlari o`zlanining demografik salohiyati bo`yicha yirik, katta, o`rta va kichik
darajada
sinflashtiriladi.
Ushbu
klassifikatsiyaga
asoslangan
holda
Surxondaryodagi QFY lardan 30 tasi hozirgi kunda (26 foiz) har birining aholisi
5000-10000 kishigacha bo`lgan guruhga mansub bo`lsa, 10 tasi (8,7 foizi) 5000
kishigacha, 37 tasi (32,4 foizi) 10001-15000 va huddi shunday ko`rsatkich 15—1
dan ko`piga to`g`ri kelmoqda
Keltirilgan ma`lumotlardan viloyatdagi QFYlari sonining ortib borishi
aholisi sonining o`sishida ham kuzatiladi. Masalan, 1989 yilda aholi soni 10000
kishidan ko`p bo`lgan QFYlari jami QFY larining yarmiga teng bo`lgan bo`lsa,
2008 yilda ularning soni 74 tani tashkil etib, etakchilik qilmoqda.
1-jadval
Surxondaryo viloyati QFI larini aholi soni salmog`iga ko`ra guruhlash
1989-yil
2008-yil
Aholisi
aholisi
guruhlash
soni
foizda
kishi
%
soni
foizda
kishi
%
0-5000
kishigacha
5001-10000
10001-15000
15001dan
ko`p
8
37
46
-
8,8
40,6
50,6
-
93415
382576
282325
220330
9,6
39,1
28,9
22,5
10
30
37
37
8,7
26,4
32,4
32,5
39061
237474
476452
821905
2,5
15,0
30,3
52,2
Jami
91
100,0
978646
100,0
114
100,0
1575,2
100
(Jadval 1989 yilgi ruyxati va Viloyat statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzildi)
10001-15000 kishigacha bo`lgan guruhga to`g`ri keluvchi qishloqlar 1989-
2008 yillarda 1,2 martaga qiskargan holda, 15001 dan ko`p guruhga kiruvchi QFY
lari soni ushbu yillarda 37 taga etdi.
Axolisining miqdoriga ko`ra ham aynan shu guruhdagi QFYlari eng katta
ko`rsatkichlarga ega. Biroq, birinchi va ikkinchi guruhga tegishli QFY son jihatdan
hali ham ustun bo`lsada, ularning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilma
tizimining shakllanishda biroz qiyinchiliklar to`g`diradi. Ammo qishloqlarning
tobora yiriklashib, kengayib borishi bunday muammolarni hal etish uchun zaruriy
imkoniyatlar yaratadi.
Surxondaryo viloyatidagi qulay tabiiy geografik, iqtisodiy-ijtimoiy va
demografik shart-sharoit mintaqa bo`yicha QFY larining turlicha taqsimlanishiga
olib kelgan. Jumladan, ularning eng ko`pi (18 ta) Denov tumanida bo`lsa,
Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Sherobod va Sho`rchi tumanlarida ularning soni 9-
10 tadan to`g`ri keladi. Shuningdek, Angor, Baysun, Jamqo`rg`on, Uzun va
Qumqurg`on tumanlarida 7-8 tadan, Bandixon, Qiziriq, Termiz tumanlarida esa
eng kam, atigi har birida 5 tadan, holos. QFY larning aksariyati, ya`ni ko`p sonlisi
Denov tumanida mujassamlashgan bo`lib, ular viloyat jami qishloqlarining 15,7
foizini o`ziga qamrab oladi.
Statistika bosh boshqarmasi tamonidan berilgan ma`lumotlarga binoan,
viloyatda 847 ta (2008 yil) qishloqlar mavjud (O`z.R -11843 ta) bo`lib, bu
qishloqlar umumiy miqdorini ifodalovchi ko`rsatkich turli yillarda o`zgarib
kelmoqda. Chunki, viloyat tarkibidagi qishloqlarning soni 1999 yilda 975ta
bo`lgan bo`lsa, hozirga kelib ularning soni 128 taga kamaygan. Bunga sabab
kichik-kichik qishloqlarning yirikroq qishloqlarga qo`shilib ketishidir.
Qishloqlar sonining davriy o`zgarishi xududiy tafovitlarga ham ega.
Chunonchi, Surxondaryo viloyatining shimoli-sharqiy xududida joylashgan
tumanlar takibiga kiruvchi qishloqlar nisbatan ko`pligi Bilan ko`zga tashlanadi. Bu
erlardagi qishloqlar tog`lardan oqib tushuvchi soy, daryo bo`ylarida, yo`l atrofida
tarqalgan bo`lib, aholisining zichlik ko`rsatkichi nisbatan olganda pastdir.
Aksincha, aholisi zich joylashgan janub, janubiy-g`arbiy xududlardagi tumanlarda
qishloqlar kam
sonli.
Viloyatning
aksariyat
qishloqlari
Termiz-Denov
yo`nalishdagi avtomobil va temir yo`l hamda Surxon daryosi vodiysi bo`ylab
joylashgan, viloyat markazidan shimoli – sharq tamonga yo`nalgan ushbu transport
va daryo yo`llari o`tgan xududlarda jami qishloqlarning 61,1 foizi to`plangan.
Mavjud qishloqlarning geografik joylashuviga nazar tashlasak, Denov (125
ta), Sariosiyo (108 ta), Sherobod (70 ta), Jarqo`rg`on (74 ta) va Uzun (74 ta)
tumanlarida ularning eng ko`pi mujassamlashganligini ko`ramiz. Bandixon (17 ta),
Angor (36 ta) va Termiz (34 ta) tumanlari esa qishloqlarning soni nisbatan kamligi
bilan tafsiflanadi.
Sunxondaryo viloyati aholi manzilgohlarini geografik tadqiq etishda
ulardagi aholi soni muhim mezon vazifasini utaydi. Sababi, aholining xududiy
tarqalish va joylashuv jarayonlarini avvalo aholi manzilgohlaridagi aholi soni,
uning zichligi, katta-kichikligi, ular orasidagi masofa kabi xususiyatlar belgilab
beradi.
Viloyat qishloq fuqoralar yig`inlari tarkibidagi 500 kishigacha bo`lgan
qishloqlar jami qishloqlarning 12,0 foizini tashkil etib, miqdori bo`yicha uchinchi
o`rinni egallaydi. Aholisi 501-1000 kishidan iborat qishloqlar esa (20,3foiz)
ikkinchi, 1001-3000 kishigacha bo`lgan guruhga mansub qishloqlar eng kam sonli,
ya`ni atigi 8 tani tashkil etishi ularning hamon kichik va o`rta guruhga mansub
ekanligini ko`rsatadi.
Surxondaryo viloyatida qishloqlar soni 1989-2006 yillarda deyarli 10
barobarga ortti. Xuddi shunday aholi soni ha`m muttasil oshib bormoqda. Ayni
vaqtda aholisi 500 kishiga bo`lgan qishloqlar oxirgi aholi ruyxati ma`lumotidagi
soniga nisbatan qisqarganligi ko`zatiladi. Bunday vaziyat kichik qishloqlarning
o`zaro qo`shilib ketishi tufayli o`rta va yirik guruhga tegishli qishloq aholi
manzilgohlari va ulardagi aholi soni oshganligi Bilan bog`liq.
Qishloq aholi manzilgohlarining soni, o`sishi, xududiy tarqalishini
o`rganish, ularning joylashuvidagi o`ziga hos xususiyatlarni ko`rsatib beradi.
Sababi, viloyatdagi qishloqlarni soniga ko`ra guruhlashtirilib tahlil etilganda
barcha tumanlar deyarli bir-biriga o`xshamasligi, har biri o`zgacha mavqeyni
egallashi ma`lum bo`ldi. Jumladan aholisi 500 kishigacha bo`lgan guruhga 117 ta
qishloq to`g`ri kelsa, buning eng ko`pi Sariosiyo (25,6 foiz), Boysun (15,4 foiz),
Denov (14,2 foiz) tumanlarda joylashganligini ko`ramiz.
2-keste
Shu jumladan soniga ko`ra
Tumanlar
QAM
500
kishigacha
500-
1000
1001-
3000
3001-
5000
5001 dan
yuqori
1. Angor
4,2
-
-
5,6
7,8
-
2. Boysun
6,6
15,4
6,3
3,7
-
-
3. Bandixon
2,0
0,5
3,3
2,6
-
-
4. Denov
14,7
14,2
14,9
13,7
9,4
11,1
5. Jarqo`rg`on
8,7
5,7
7,6
8,6
11,2
5,6
6. Muzrabot
6,6
6,8
6,4
5,8
5,8
16,6
7. Oltinsoy
5,2
5,1
4,3
7,2
7,9
11,1
8. Sariosiyo
12,8
25,6
14,4
10,1
2,2
-
9. Termiz
4,0
-
2,7
4,3
7,9
5,1
10.Uzun
8,7
13,7
10,7
8,9
7,9
11,1
11.Sherobod
8,3
7,7
16,0
8,4
3,3
-
12.Sho`rchi
5,2
3,4
1,6
6,4
8,9
11.1
13.Qiziriq
5,2
1,7
5,3
5,6
6,7
-
14.Qumqo`rg`on 7,8
3,4
6,9
8,9
14,6
27,7
JAMI
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
(jadval viloyat statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida muallif tamonidan hisoblanadi)
Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo`rg`on tumanlarida aholi soni 5001 dan
yuqori bo`lgan qishloqlarning jadallik bilan o`sib borishi ko`zatiladi. Chunki,
3001-5000 va 5001 guruhiga mansub qishloqlar bu tumanlarda, nisbatan olganda,
ko`pligi bilan ajralib turadi. Birgina Bandixon tumanida jami qishloqlarning 88,1
foizi aholisi 1001-3000 kishigacha bo`lgan qishloqlar ekanligi bilan yaqqol ko`zga
tashlanadi.
Aholisi 5001 kishi va undan ortiq bo`lgan guruhga to`g`ri keluvchi
qishloqlar viloyatning asosan 8 tumanida mavjud bo`lib, jami qishloqlarning 1,9
foizini, aholisinining 7,2 foizini o`zida mujassamlashtirgan. Bu borada, ba`zi
tumanlar tarkibiga kiruvchi qishloqlarning aholisi juda oz, hatto 1-2 kishidan iborat
qishloqlar mavjudligi aniqlandi. Bular baland tog` yon bag`ridagi soylarda
joylashgan qishloqlar bo`lib, u asosan Sariosiyo tumanining eng yuqori qismidagi
To`polong, Bobotog` qishloqlaridir. Sariosiyo tumani viloyat xzududining 19,5
foizini egallagan holda, kata qismi tog`liklardan iborat bo`lib, jami qishloqlarning
eng ko`pi ham (12,8 foizi) shu erda to`plangan. Shuningdek, Stog, Hazorbog`
qishloqlarida ham atigi 69-34 kishi yashaydi. Xudi shunday tog` qishloqlariga yana
Uzun tumanidagi Terak (65 kishi) va Pastki Kalon (88 kishi) qishloqlarini kiritish
mumkin. Mazkur tumanlar maydoniga ko`ra nisbatan kengligi bilan ajlarib turadi.
Ayni vaqtda Ushbu tog` xududlaridagi mayda qishloqlar tobora yiriklashib, ular
orasidagi masofasi o`zaro yaqinlashib bormoqda. So`nggi paytlarda QAMlari
aholisining demografik rivojlanishi natijasida qishloqlar orasidagi masofaning
borgan sari qisqarishi, qishloqlar chegarasi kengayishi va undagi aholining ortishi
ruy bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |