Mundarija
1- mavzu. Shaharlar geografiyasi fanining ob`ekti va predmeti
2- mavzu. Shaharlarni geografik o`rganish
3- mavzu.
Shaharlarning tarixiy shakllanishi va «shahar» haqida
tushuncha
4- mavzu.
Shaharlarning tarixiy shakllanishi va «shahar» haqida
tushuncha
5 mavzu.
Shaharlarning genetik tiplari
6- mavzu. Shaharlarning funktsional tiplari
7- mavzu. Shaharlar va qishloqlarning klassifikatsiyasi
8- mavzu. Shaharlar aglomeratsiyasi
9- mavzu.
Shaharlar va jamiyat rivojlanishida, ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi va hududiy paydo bo`lishidagi
o`rni
10- mavzu. Rayon planirovkasi va shaharsozlik masalalari
11- mavzu.
O
`zbekiston shaharlarining klassifikatsiyasi va tipologiyasi
12- mavzu. O`zbekiston qishloqlar geografiyasi
13- mavzu.
Shaharlar va qishloqlarning xududiy joylashuvining o`ziga
xos xususiyatlarini Qoraqalpog`iston miqyosida tahlil
qilish
So`z boshi
Sayyoramiz aholisining soni XXI asrning boshlarida 6,5 miliardga etdi va
demografik bashoratlarga ko`ra 2015 yilgacha Dune aholisi har yili 86 million
kishidan kupayib borar ekan. Aholining bunday sur`at bilan kupayishi butun er
shari bo`yicha olib qaraganda, tashvishli emas, chunki hozirgi davrda dunyoda
aholi zichligi o`rtacha 1km
2
ga 48 kishini tashkil qiladi. Lekin er yuzida aholi bir
tekis taqsimlanmagan, shunday joylar borki 1 km
2
ga 1000, 2000 va undan ortiq
kishi to`g`ri keladi va aksincha, 1 km
2
da 2-3 kishi yashovchi xududlar ham
mavjud. Umuman olganda, Dune aholisi bilan bog`liq qator muammolar
demografik vaziyat bilan bog`liq va u aholi soni dinamikasi, joylashuvi, takror
barpo bo`lishi va jinsiy va yosh tarkibi kabi jarayonlarda ifodalanadi. Aholi soni
dinamikasi –ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasining ajralmas qismidir. Har
qanday hududni, davlatni yoki xalqni siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy jihatlarini
o`rganish
uning
aholisini
o`rganishdan
boshlanadi.
Aholi
dinamikasi
ko`rsatkichlari demografik jarayonlar (to`g`ilish, o`lim, nikoh, ajralish, oila) va
ularning shakllanish qonuniyatlarini bilish, aholi siyosatini ishlab chiqishda hamda
xalq xo`jaligining rivojlanish dasturlari tuzish uchun zarur ilmiy asos sanaladi. er
kurrasida inson ajdonining dastlabki vakillari (*îìî Ñàïèíñ) shakllanganidan to
hozirga qadar aholi soni dinamikasida o`zgarishlar ko`zatiladi. Ular Dune
davlatlarida turli omillar ta`sirida sodir bo`lish bilan bir qatorda, ba`zi
muammolarga ham sabab bo`ladi.
Jamiyat taraqqiyotining bugungi bosqichida er sharidagi turli xalqlar (etnos),
millatlar, irkiy guruhlar soni dinamikasi va joylashuvida aholi takror barpo bo`lishi
hususiyatlari, konsilidatsiya va assimilyatsiya jarayonlariga bog`liq holda ma`lum
o`zgarishlar sodir bo`lmoqdamikim, ular ko`pchilikning e`tiborini tortadi.
Sayyoramizning XXI asrning birinchi yarmiga qadar bo`lgan demografik
bashoratida dunyoning bazi xududlarida aholi soni sekinlik bilan ko`payib borishi,
ba`zi xo`dudlarida aholi soni ko`payishidan to`xtashi, yana bir guruh davlatlarda
esa aholi sonining ko`payishi nisbatan jadalroq kechishi qayd etilgan. Hozirgi
kunda Dune aholisi sonining o`zgarib borishi bilan bog`lik global iqtisodiy,
demografik va ekologik muammolar mavjud. Ularning echimi Dune aholisi soni,
tarkibi, joylashuvi va uning omillarini, hududiy hususiyatlarini atroflicha
o`rganishni taqoza etadi.
Qo`llanmani tayyorlashda keyingi yillarda Chop qilingan adabiyotlar,
statistik to`plamlar, dunyo aholisi bo`yicha tadqiqot olib borayotgan nufuzli
tashkilotlar ma`lumotlariga tayanildi.
Shaharlarni o`rganish katta ilmiy, madaniy va ma`rifiy ahamiyatga ega.
Chunki mamlakat va yurtlarning hozirgi kuni va o`tmishi, tarixi, tasnifi va
takdirini, ularning jahon ham jamiyatidagi o`rnini, geosiyosiy mavqenini ko`p
hollarda shaharlar orqali anglash mumkin.
Shaharlar nihoyatda xarakatchan, dinamik ob`ekt, ular ham jonli
mavjudotdek betakror, o`ziga xos borlik. Shaharlarning ham tug`ilgan vaqti va
joyi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishi, yoshi va faoliyati, boshqacha qilib aytganda,
pasportlari bor. Binobarin, shaharni o`rganish hamma vaqt jonli va qiziqarli
bo`ladi.
Ushbu ma`ruzalar matni muallifning bu sohadagi ko`p yillik ilmiy-
pedagogik tajribasidan kelib chiqqan holda yozilgan. Uning mazmuni o`quv
jarayonida takomillashtirilib boriladi va respublikamiz shaharlariga oid faktik
raqamlar hamda axborotlar bilan boyitiladi.