3
Shaharlarning tarixiy shakllanishi va «shahar» haqida
tushuncha
(2-soat)
REJA:
1. Bozor iqtisodiyotiga wtish davrida shaharlarning wrni
2. Shaharlarning kelib chiqish tarixi
3. Shahar haqida tushuncha
Shaharlarning ham tarixi uzoq. Biroq bu tarix insoniyat tarixidan qisqa
bo`lib, bu davr jamiyat tarixiga mos keladi. Shaharlar jamiyatning xududiy
birikmasi (sotsiumi) shaklida sinfiy tuzum, ya`ni quldorlik davrida ko`proq
rivojlana boshladi. Umuman olganda, shaharlarning vujudga kelishini ijtimoiy
mehnat taqsimoti bilan bog`laydilar.
Ma`lumki, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti dexkonchilikning
chorvachilikdan
ajralib
chiqishidir.
Dexkonchilik,
xususan
sug`orma
dexkonchilikning
paydo
bo`lishi
muqim,
doimiy
(statsionar)
aholi
manzilgohlarining barpo bo`lishiga sabab bo`ldi. Dastlabki sug`orish inshootlari
yoki vositalarini ko`pchilik kurar edi, undan ko`pchilik foydalanar va ularni
ko`pchilik kuriklardi. Shu asosda kishilarning qadimiy jamoasi vujudga keladi.
Ammo bu jamoa (jamiyat emas!), kishilarning xududiy birligi u davrda shahar ham
qishloq ham deb aytilmasdi.
Shaharlar esa ijtimoiy mehnat taqsimotining navbatdagi bosqichi, ya`ni
dexkonchilikdan xunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi natijasida paydo
bo`ldi.
Ushbu
kasbdagi
kishilar,
bevosita
qishloq
xo`jaligi
bilan
shug`ullanmaydilar va binobarin, ular har xil mehnat qurollari ishlab chiqarish,
hamda tovar ayriboshlash (almashtirish)da vositachilik vazifasini bajargan, qulay
joyda o`rnashgan aholi punktlarida yashaganlar. Keyinchalik bunday joylar
«shahar» deb atalgan.
Quldorlik davrida shaharlar qul savdosi markazi bo`lgan. Ayni shu vaqtda,
ular davlat markazlari vazifasini ham utaganlar. Natijada, shahar-davlat (goroda-
polisi) vujudga kelgan. Masalan, Rim, Afina, Vizantiya, Vavilon, Buxoro,
Samarkand (Marokand) shular jumlasidandir.
Feodalizmda shaharlar rivojlanishining xunarmandchilik va qishloq
xo`jaligi, erdan foydalanish bilan (feod-er) bog`liq bo`lgan. Bu davrda shaharlar
katta xududlarning siyosiy, diniy, iqtisodiy va madaniy hamda savdo markazlari
funktsiyasini bajargan.
Shaharlarning jadal taraqqiy etishi, hozirgi zamon urbanizatsiya
jarayonining rivojlanishi ko`p mamlakatlarda kapitalistik ishlab chiqarish, iqtisod,
moliya, transport va boshqa sohalarning mujassamlashuvi asosida sodir bo`lgan.
Bizning o`lkamizda esa shaharlar an`anaviy ravishda (sharq madaniyatiga xos
xolda) sug`orma dehkonchilik, savdo va xunarmandchilik negizida rivojlanib
kelgan.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, «shahar» tushunchasi, barcha el va
yurtlarda, mamlakat va muzofotlarda aynan bir ma`noda talqin kilinmaydi, ular
bunday maqomda turli davlatlarda turlicha belgilanadi. Chunonchi, islom dini
mamlakatlarida shaharlar (Kubbalar) avvalombor bozor va masjidlarning soni
bilan belgilangan. G`arb mamlakatlarida shaharlar aholi soni va zichligi,
joylarning arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning bajaradigan vazifasiga
o`xshash mezonlar orkali ajratilgan. O`zbekistonda 1972 yildan beri aholi
manzilgohining shahar maqomini olish uchun eng kamida 7 ming aholiga ega
bo`lishi hamda ularning ko`pchiligi qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lmagan
sohalarda band bo`lmog`i shart.
Shaharlar murakkab tushuncha. Shu bois ulardan turli fan vakillari har hil
talqin qiladilar. Masalan, iqtisod uchun shahar asosan ishlab chiqarish, eng avvalo
sanoat markazi, sotsiologiya uchun o`ziga xos yashash muhiti, tarixchi uchun
o`tmishdan guvoxlik beruvchi joydir va h.k. Iqtisodiy geografiyada esa shahar-bu
qishloq xo`jaligi bo`lmagan sohalar va ular bilan shug`ullanuvchi aholining
hududiy tashkil etish shakllidir; u dinamik ijtimoiy-iqtisodiy tizim (sistema)
xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |