5
Shaharlarning genetik tiplari
(2-soat)
REJA:
1. Shaharlarning genetik tiplari va sinflari
2. Poytaxt shaharlar, ularning asosiy mezonlari va vazifalari
3. Dunyo davlatlarida poytaxt shaharlarning mauammolari
Shaharlar ma`lum sabab, omil asosida vujudga keladi. Ularning paydo
bulishi qulay geografik urin bilan bir qatorda turli hil qazilma boyliklarni qazib
olish, ilmu-fan, rekreatsiya, savdo-sotiq, sanoat tarmoqlari, transport kabilarning
rivojlanishi bilan bog`lik. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlarning eng muhim
xususiyati shundaki, ularning axamiyati, ta`sir doirasi mazkur axolini
manzilgoxidan chetga chiqadi.
Qadimda shaharlar savdo-sotiq va xunarmandchilik negizida paydo
bo`lishgan. Keyinchalik bunga eng ko`p sanoat va transport sababchi bo`lgan.
Qazilma boyliklar asosida shakllangan shaharlarni ilmiy adabiyotlarda «resurs
shaharlar» deb ham yuritishadi. Bunday Shaharlar, odatda, o`z atrofii, qishloq
joylar bilan kam bog`langan bo`ladi.
Shaharlarning aksariyati bizning sharoitimizda, ya`ni dexkonchilik
rivojlangan mamlakatlarda, qishloqlar asosida tashkil etiladi; ular muayyan talab
darajasiga etganlaridan so`ng qonuniy ravishda bu rasmiy maqomni olishadi.
Shaharlarning bunday genetik xususiyatlari urbanizatsiya jarayonining, ayniqsa,
qishloq urbanizatsiyasining «sharqona» rivojlanishidan darak beradi.
Shaharlar kelib chikishiga qarab, «yangi» va «eski» shahar bulishi
mumkin. Biroq bu tushunchalar nisbiydir. Sabab yakingacha biz sobiq shurolar
davrida vujudga kelgan shaharlarning barchasini «Yangi shaharlar» guruxiga
kiritar edik. Hozir esa yangi shaharlarni mustaqillik davri bilan belgilash
to`g`rirokdir.
Biroq, aholii manzilgoxining yuridik ravishda shahar maqomiga ega
bo`lishi uning hakikiy yangiligini ifodalamaydi. Chunki bunday aholi yashaydigan
joylar qadim-qadimdan mavjud. Masalan, Chust shaxri so`nggi marta shahar
unvonini rasmiy ravishda 70-yillarda oldi, vaholanki uning real tarixi bir necha yuz
yilliklarni o`z ichiga oladi. Xuddi shunday, Gijduvon, Piskent, Nurota, Rishton va
hokazolar ko`p yillik tarixga ega.
Aslini olganda, yangi shahar deyarli «bush» joyda, yakinda barpo bo`lgan,
arxitektura qurilishi, obodonchiligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga eski
qishloqlarning yangi yirik qurilishi tufayli o`z kiyofasini tubdan o`zgartirishi,
axolii sonini bir necha marta kupaytirishi ham uning yangi shahar deb atalishiga
asos bula oladi.
Shaharlarning kelib chiqishi, ularning genetik xususiyatlarini o`rganish
tarixiy yondashuvni talab qiladi. Ana shunday tarixiy tahlil yordamida ularning
utmishi va hozirgi holati baholanadi. Bu esa, o`z navbatida, shaharlarni bashorat
kilishga (prognozlashga) ilmiy asos bo`lib xizmat kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |