6
Shaharlarning funktsional tiplari
(2-soat)
REJA:
1. Shaharlarning funktsional tiplari va sinflari
2.
Wzbekiston
shaharlarining
funktsional
turlari,
ularning
klassifikatsiyasi
3. Turli kattaliktagi shaharlar
Ko`pchilik hollarda shaharlarning genetik tiplari ularning nima bilan
shug`ullanishini ham belgilab beradi. Bu esa ularning xududiy mexnat taqsimotida
tutgan urni, basharasini ko`rsatib turadi.
Shaharlar ham turli sohalarga ixtisoslashadi, ya`ni ularning o`ziga hos va
mos «kasbi», vazifasi va yunalishi mavjud. Bu jixatdan shaharlar sanoat, transport,
ilmu-fan, dam olish markazlari bo`lishi mumkin.
Shaharlarning qaysi sohaga ixtisoslashuvi, ularning bajaradigan vazifasini
aniklash funktsional tipologiya doirasida amalga oshiriladi. Bunda bosh mezon
qilib shahar axolisining bandlik tarkibi olinadi, ya`ni qaysi sohada mehnat
resurslari ko`proq (mamlakat shahar joylari buyicha urtacha kursatkichdan yukori)
bo`lsa, usha yunalish mazkur shaharning funktsional tipini ifodalab beradi.
Odatda Shaharlar kuyidagi funktsional tiplarga bo`linadi.
1.
Ko`p funktsiyali siyosiy-ma`muriy markazlar, poytaxt shaharlar:
2.
Kup funktsiyali shaharlar-viloyat markazlari.
3.
Ko`p tarmoqli yirik sanoat markazlari.
4.
Asosan bir yoki ikki sanoat tarmog`iga ixtisoslashgan shaharlar.
5.
Transport markazlari.
6.
Agroindustrial shaharlar.
7.
Tuman markazlari.
8.
Rekreatsiya shaharlari.
9.
Ilmu-fan markazlari, universitet shaharlari va h.k.
Yukoridagi funktsional tiplar Shaharlarning katta-kichikligiga qarab ham turlanadi.
Bu xolda shaharlarning funktsional klassifikatsiyasi vujudga keladi.
O`zbekistonda birinchi va ikkinchi guruh shaharlarga Toshkent hamda
barcha viloyat markazlari kiradi. Ular ayni paytda ko`p tarmoqli sanoat markazlari
ham xisoblanadi. Uchinchi tipga asosan Chirchiq, Olmaliq, Quqon kabi shaharlar
mansub, turtinchi guruxga Marg`ilon, Angren, Oxangaron, Muborak, Gazli,
Zarafshon, Taxiatosh, Asaka, Uchqurg`on, Kuvasoyga uxshashlarni kiritish
mumkin.
Kogon,
Xovos,
Kung`irot-transport
shaharlari,
Chortok-rekreatsiya,
Ulug`bek-fan markazlaridir.
Respublikamizda juda ko`p shaharlar agroindustrial yunalishga ega, ya`ni
ularda qishloq xo`jalik maxsulotlarini kayta ishlovchi sanoat korxonalari mavjud.
Ulardan ham ko`proq shaharlar qishloq tumanlar markazi vazifasini bajaradi.
Biroq, bunday shaharlar «kichik poytaxtlar» Ayni paytda agroindustrial xarakteriga
ham ega bo`lishlari mumkin.
Poytaxt shaharlar mamlakat shaharlar turi va tizimida karvonboshchilik
qilishadi. Ammo, ular aholisi buyicha eng katta, sanoat uta rivojlangan bo`lishi
aslo shart emas. Chunki, bunday shaharlarning asosiy vazifasi-siyosiy markaz,
dorulsaltanat, ya`ni poytaxt funktsiyasini bajarishdan, binobarin, mamlakatni
boshqarish, uni siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iktisodiy jihatdan tashkil
qilishdan iborat bo`lishi lozim.
Juda ko`p mamlakatlarda poytaxt shaharlar muammosi keskin turadi.
Bunday shaharlar mumkin qadar mamlakat xududining o`rtasida (markazida),
tarixan asosiy tub millat tarqalgan xududda joylashgan bo`lmog`i lozim. Sabab-
ular eng avvalo milliy poytaxtlardir. Shu bilan birga; bu Shaharlarda boshkaruv
funktsiyasi keng rivojlangan bo`lishi shart.
Dunyo mamlakatlarining ayrimlarida poytaxt Shaharlari o`zgarib turgan.
Masalan, Braziliyada poytaxt Rio-de-Janeyrodan Braziliaga, Pokistonda
Karachidan Islomobodga, Kozogistonda Olma-Otadan Ostonaga kuchirilgan va
hokazo. Bir vaktlar Ukrainaning poytaxti Xar`kov, Rossiyaniki Peterburg,
Turkiyaniki Stambul, Qoraqalpog`istonniki To`rtkul bo`lgan, O`zbekiston
Respublikasining dastlabki poytaxti Samarqand bulib, 1930-yilda bu vazifani
bajarish Toshkentga ko`chirilgan.
Poytaxt shaharlarning nufuzi ham, ma`suliyati ham yukori. Binobarin, har
qanday mamlakat o`zining bosh shahri, «yo`l boshchisiga» katta e`tibor bermog`i
tabiiydir, chunki ular usha joyda yashovchilarning milliy iftixori xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |