Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


Samarqand viloyati shaharlari



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

Samarqand viloyati shaharlari 
Samarqand viloyati O‗zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon 
vodiysining o‗rta qismida qadimgi karvon yo‗llari (Buyuk Ipak yo‗li) kesuvchan 
hududda joylashgan. Mintaqa sharq va g‗arb mamlakatlari bilan savdo iqtisodiy 
munosabatlarni olib borishda katta mavqega ega qadimiy sivilizatsiyaning asosiy 
markazi bo‗lgan. Hozirda bu hududdan mahalliy va xalqaro avtomobil hamda 
temir yullarning o‗tganligi shaharlar geografiyasining shakllanishida muhim omil 
bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq, viloyat tabiiy sharoitining turlicha ekanligi va tabiiy resurslarining 
notekis taqsimlanganligi, orografik hamda boshqa to‗siqlarning mavjudligi aholi 
manzilgohlarni qulay geografik o‗ringa ega bo‗lgan Zarafshon vodiysida 
joylashishiga zamin yaratgan.
Mamlakat geourbanistik tizimida mintaqa shaharlar to‗ri va tizimi zichligi, 
funksional xususiyati, sanoat tarmoqlarining diversifikatsiyasi bilan yuqori 
pog‗onada turadi. Jumladan, 1970 yilgi aholi ro‗yxati davrida mintaqada 13 ta 
shahar manzilgohlari, shu jumladan 3 shahar va 10 ta shaharchalar ro‗yxatga 
olingan bo‗lsa, (1959 yilda 3 va 6 ta;), 2008 yilda 11 ta shahar 12 ta shaharcha 
hamda 2016 yilda 11 ta shahar 88 ta shaharcha qayd etilgan.
Viloyat shaharlar to‗ri va tizimi bu yerda rayon hosil qiluvchi tarmoqlarning 
xususan, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya va aholiga xizmat ko‗rsatish 
sohalarining keng rivojlanganligida o‗z ifodasini topadi.
―Qadimgi Sharq jannati‖ - 
Samarqand
(eramizgacha IY asr)
 
Zarafshon 
daryosi chap sohilida joylashgan, dunyodagi eng ko‗hna shaharlardan biridir. 
Hozirda ham Samarqand shahri nafaqat O‗zbekiston, balki O‗rta Osiyodagi eng 
yirik sanoat, fan va madaniyat markazidir. Ushbu shahar o‗zining yuksak 


90 
ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyatiga asoslangan holda respublikadagi yirik 
Samarqand aglomeratsiyasini shakllantiradi. 
Samarqandning ko‗p asrlik tarixi davomida vayronaga aylantirilishi, yangidan 
qayta tiklanishi, gurkirab o‗sishi va rivojlanishiga uning qulay iqtisodiy geografik 
o‗rni katta ta‘sir ko‗rsatgan. Viloyat markazida azaldan fan, madaniyat, savdo va 
hunarmandchilik rivoj topgan. Ko‗hna Rim va Bobilga tengdosh mazkur 
shaharning mavqeyini ayrim tarixchi va yozuvchilar ―Sharq Rimi‖, ―Jahonning 
qimmatbaho gavhari‖, ―Boqiy shahar‖, ―Sayqali ro‗yi zamin‖nomlari bilan 
ta‘riflashgan. Samarqand XIY-XY asrlarda nafaqat O‗rta Osiyo balki, butun 
sharqda Buyuk Temur imperiyasining siyosiy-ma‘muriy, iqtisodiy va madaniy 
poytaxti sanalgan.
O‗zbekiston hududidagi birinchi temir yo‗l 1888 yil Farob stansiyasidan 
(Turkmaniston) Samarqandgacha, Toshkent-Turkmanboshi, Toshkent-Dushanbe, 
Samarqand-Qarshi, Toshkent-Uchquduq-Qo‗ng‗irot temir yo‗llarining o‗tishi 
uning transport geografik o‗rnini yanada yaxshiladi. Shahar 1938 yildan buyon 
viloyat markazi funksiyasini bajaradi.
Dastlabki aholi ro‗yxati ma‘lumotlariga ko‗ra 1959 - yilda shaharda eng ko‗p 
196,4 ming, 1970 yilda 266.8 ming aholi yashagan bo‗lsa, 1990 yilda 364 ming, 
2009 yilda 372.7 ming, hozirgi kunga kelib jami 486 mingga etdi va mintaqa 
shaharliklarining ulushi 38 foizdan ortib ketdi (-ilova). 
Zamonaviy Samarqand hozirda respublikaning birinchi darajali turizm va 
haqiqiy muzey shahri sanaladi. Samarqandning me‘moriy-tarixiy yodgorliklari 
2001 yilda YUNESKOning Finlyandiyada o‗tkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi 
ro‗yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Amerikaning nufzli ―Xafington post‖ internet 
nashri Samarqandni inson o‗z umri davomida hech bo‗lmaganda bir marta borib 
ko‗rishi albatta zarur bo‗lgan dunyodagi 50 ta shaharning biri sifatida e‘tirof etdi 
va mazkur shaharlar ro‗yxatiga kiritdi
21

Samarqand aholi soniga ko‗ra, respublikamizning an‘anaviy ―ikkinchi shahri‖, 
va uning dastlabki poytaxti hisoblanadi. Viloyat markazi hissasiga O‗zbekiston 
Respublikasi sanoat mahsulotining 2.6 foizi to‗g‗ri keladi. Unda Zarafshon 
iqtisodiy rayonining 20.8 foiz aholisi istiqomat qilgani holda, 45.3 foiz sanoat 
mahsuloti yaratiladi. 
Shahar iqtisodiyoti, eng avvalo mashinasozlik va metallni qayta ishlash, 
kimyo, engil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining ustuvor rivojlanganligi bilan 
belgilanadi. 1930-yillardayoq pillakashlik va shoyi to‗qish fabrikalari, meva 
konserva zavodi, choy qadoqlash fabrikasi qurilgan. 1940-70 yillarga kelib, 
Samarqandda «Krasnыy dvigatel», «Kinap», tamaki-fermentatsiya zavodlari, 
yigiruv fabrikasi, superfosfat zavodi, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari, uysozlik 
kombinati, chinni zavodi va b. korxonalar ishga tushirilgan. Shaharning yuksak 
ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va infrastruktura salohiyati bu yerda ko‗plab 
qo‗shma korxonalarning vujudga kelishi bilan izohlanadi. Hozirda shaharda lift, 
21
2004 йилдан буѐн Самарқанд шаҳрида БМТ Жаҳон сайѐҳлик ташкилотининг (ЮНВТО) Буюк ипак йўли минтақавий маркази 
фаолият кўрсатмоқда. 2002 йилдан Регистон ҳар йили ―Шарқ тароналари‖ Халқаро фестивалига мезбонлик қилади. 


91 
avtomobil, sovutgich, shisha-chinni idishlar, kimyo, konserva, vino zavodlari, ipak 
gazlama, tamaki, choy kadoqlash fabrikalari faoliyat yuritmoqda. 
Hozirgi kunda ishlab chirqarish mujassamlashuv darajasi yuqori ko‗plab 
korxonalar shaharning umumiy iqtisodiy geografik holatini belgilaydi. Jumladan, 
―Samavto‖ avtomobil zavodida besh xil rusumdagi avtobuslar, 8 turdagi yuk 
avtomobillar, 35 xil kuzovlar ishlab chiqarmoqda. 
Iqtisodiy, madaniy, turistik, ilm-fan salohiyatiga ega bo‗lgan yirik shaharning 
rayon hosil qiluvchi muhim xususiyati asosida yirik Samarqand aglomeratsiyasi 
shakllangan. Shahar tizimining ―tabiiy to‗siqlarsiz‖ tog‗oldi va tekisliklar bo‗ylab 
yoyilishi ko‗plab ―yo‗ldosh‖ shahar manzilgohlarining vujudga keltirgan. Hozirda 
Urgut, Jomboy, Bulung‗ur, Xishrav, Kimyogarlar, Farhod, Juma, Loish, Chelak, 
Dahbet, Charxin, Gulobod singari eng ko‗p manzilgohlarni o‗z ichiga olgan 
mazkur aglomeratsiyada 600 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Viloyat markazidan 44 km janubi-g‗arbda Zarafshon tizma tog‗ining shimoliy 
yon bag‗rida-eng qadimiy va yo‗ldosh shaharlardan biri 
Urgut shahri
qad rostladi 
(1973 y.). Shahar ―Boburnoma‖da Arkat qishlog‗i sifatida tilga olingan. 
Keyinchalik bu so‗z o‗zgarib ―Urkent‖, Ur-balandlik, kent-shahar yoki 
balandlikdagi shahar ma‘nosini anglatadi. Demak, Urgut oykonimi vujudga 
kelishiga uning geografik o‗rni muhim asos bo‗lgan.
Shaharning shakllanishida rivojlangan qishloq xo‗jalik rayonida ekanligi, 
aglomeratsiya ―yadro‖siga yaqinligi, yirik transport tugunida joylashganligi muhim 
rol o‗ynadi.
Jomboy 
shahrida faoliyat yuritayotgan iqtisodiyotimizning lokomotivi bo‗lgan 
Germaniyaning ―MAN Avto‖ kompaniyasi yiliga 4600 ga yaqin yuk avtomobili va 
1350dan ortiq pritsep (tirkama)lar ishlab chiqarmoqda.
Juma
shahrining 
shakllanishi

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish