5
Ma‟ruzalar matni
1-Mavzu: Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari fanining
ob‟ekti va predmeti, uni o‟rganishdagi asosiy vazifa va usullar.
1.Shaharlar geografiyasining shakllanish tarixi
2.Shaharlar geografiyasi –iqtisodiy - ijtimoiy geografiya fanining bir
tarmog„i sifatida
3. Fanning ob‟ekti va predmeti
4.Shaharlarning jamiyat taraqqiyotida tutgan o„rni va o„ziga xos
xususiyatlari
Tayanch
iboralar:
shaharlar
geografiyasi,
urbanistik
hudud,‖qutblashgan landshaft‖, shaharlarni joylashuv modellari.
1.Shaharlar geografiyasi iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanining muhim
tarmog‗i bo‗lib, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish doirasida, uning bir
bo‗g‗ini sifatida o‗rganila boshlangan. Shaharlar tarixiy, geografik, iqtisodiy,
shahar qurilishi nuqtai nazardan qadimdan o‗rganib kelingan,
ular hayotiga
bag‗ishlangan monografiyalar, qo‗llanmalar juda ko‗p. Eramizdan avvalgi 2-
ming yilliklarda shakllangan Bobil, Xarappa, Afina, Rim, Persepolis kabi qadimgi
shaharlar ham muayyan planlar asosida qurilgan. Shaharlarning ko‗payishi,
urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi bilan har tomonlama o‗z davriga mos,
qulay, obodonlashgan shaharlar barpo etish g‗oyalari rivojlanib bordi. Muayyan
hudud (mamlakat, rayon)da shahar aholi manzilgohlarini o‗zaro mutanosib,
oqilona joylashtirishga oid- iqtisodiy geografik tadqiqotlar XIX asrda rivojlana
boshladi. Bu borada shaharlarni ilmiy va amaliy o‗rganish
asosida olimlar
tomonidan turli qonuniyatlar, nazariya va konsepsiyalar yaratildi. Jumladan,
1850-yilda yaratilgan I.Kol nazariyasiga ko‗ra, yirik shahardan atrofga
tarqaluvchi bosh transport yo‗llariga ikkinchi darajali transport tarmoqlari
kelib tutashadi. Ana shu yerda, shahardan ma‘lum uzoqlikda yo‗llar
tutashadigan qismida keyingi pog‗onadagi aholi
manzilgohini joylashtirish
maqsadga muvofiq.
1850-70 yillarda K.I.Arsenev gidrografik tarmoqlarning Rossiya
shaharlari taraqqiyotidagi rolini o‗rganib, 200 yillik tarixini t adqiq etgan.
1910-yilda
Rossiyada
V.P.Semenov-Tyanshanskiy
―Rossiyaning
Yevropa qismidagi shahar va qishloq‖ (―Gorod i derevnya Yevropeyskoy
Rossii‖) asarini chop etadi. Uning fikricha, shaharlar umumsayyoraviy
markazlar bo‗lib, ulardan tarqalgan radiuslar bo‗ylab, muayyan masofada
unga yordamchi kichikroq shaharlar joylashadi va
uning atrofidagi hududlar
iqtisodiy jihatdan o‗sha markazga qaram bo‗ladi.
1933-yilda nemis olimi V.Kristallerning ―Janubiy Germaniyada
markaziy o‗rinlar‖ kitobining nashr etilishi (keyinchalik ―Markaziy o‗rinlar‖
nazariyasi bilan mashhur bo‗lgan) shaharlar geografiyasi fanining vujudga
kelishida muhim asos bo‗ldi. U bir xil sharoitlarda, iqlim, aholi zichligi,
transport va boshqa jihatdan bir xil xususiyatlarga ega bo‗lgan hududd a
shaharlar ma‘lum qonuniyatga asoslanib joylashishini aniqlagan.
Ushbu
modelga asosan shaharlar o‗zlaridan kattaroq bo‗lgan markazlar atrofida,
oltiburchak (geksagonal) hosil qilgan holda joylashtirilishi taqozo etiladi va
6
shu tarzda u bir-biridan yuqori bo‗lgan ettita pog‗onani ajratadi. Olimning
fikricha, aholining eng kichik ehtiyojlari eng kichik markazlarda, kattaroq
ehtiyojlari undan yirikroq shaharlarda qondiriladi (1 -rasm). Bu g‗oyalar
hozirga qadar qator aholi manzilgohlari va xizmat ko‗rsatish so halarini
joylashtirish uchun asos bo‗lib kelmoqda.
K.Klark o‗z
ishlarida aholi va
faoliyat turlari zichligining shahardan
atrofga qarab pasayib borishini va
shunga ko‗ra yerga bo‗lgan narxlarning
ham arzonlashib borishi qonuniyatini
tadqiq etadi. E.Barjes shaharlarning
hududiy
tarkibida konsentrik modelni,
X.Xoyt esa sektorli joylashish modelini,
C.Garris, E.Ulman ko‗pyadroli modelni
yaratishdi.
2
Bunda ular shaharning turli
qismlarini (rayonlarini)-sanoat rayoni,
aholi yashovchi rayon, xizmat ko‗rsatish
rayonlarini
oqilona
joylashtirish
sxemalarini ishlab chiqdilar (2-rasm).
1-rasm.V.Kristallerning
«markaziy
o‗rinlar» modeli. 1-eng kichik aholi
manzilgohi; 2-mahalliy
ahamiyatga ega
bo‗lgan markaz; 3-undan yuqori pog‗onada
turuvchi shahar.
2-rasm. a-xalqasimon; b-sektorli; v-ko‗p
yadroli; 1-markaziy ish yurituvchi rayon; 2-
ulgurji savdo va yengil sanoat rayoni; 3-aholi
massivlari (noqulay); 4-o‗rtacha sifatli aholi uy-joylari; 5-obod shahar (qulay va
shinam uy-joylar); 6-og‗ir sanoat rayoni; 7-tashqi ish yurituvchi rayon; 8-shahar
atrofi aholi manzilgohlari; 9-shahar atrofi sanoati; 10-tebranma migratsiya zonasi.
Manba: E.Pertsik. Geografiya gorodov (Geourbanistika).-M., 1991. B-152.
Do'stlaringiz bilan baham: