Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

6-rasm. Zarafshon mintaqasi yangi shaharlari 
maydalashtiradi. Mintaqada ham eng ko‗p kichik shaharlar qatori 76 tani 
tashkil etgan holda ularda 299,7 ming aholi yashaydi. Hozirgi kunda viloyatdagi 
yirik shahar Buxoroda 274.7 ming aholi bor (bu borada Toshkent, Samarqand, 
Namangan va Andijondan keyingi 5-o‗rinda). Ikkinchi shahri Kogonda (Yangi 
Buxoroda) 59.5 ming, tom ma‘nodagi ―ikkinchi‖ shahri G‗ijduvonda 44.2 ming 
kishi istiqomat qiladi. Qolgan shahar joylar orasida faqat Qorako‗lda 20 mingdan 
ziyod aholi bor, xolos. Demak, 69 ta shahar joylarning aholisi, har birida bundan 
kam.
1959 yilda 130.4 ming kishi yoki jami aholining 22.7 foizi shaharliklarni 
tashkil etgan (respublikada 34 foiz). 1970 yilgi aholi ro‗yxatiga ko‗ra, viloyatning 
shahar joylarida 292.0 ming kishi yashab, Buxoroning urbanizatsiya darajasi 31.2 
foizga teng bo‗lgan. 1995 yilda bu ko‗rsatkich 428.9 ming, 2008 yilda 456.8, 2009 
yilda 616.8 ming kishiga ko‗paygan. Mazkur holat Buxoroda shaharlashuv darajasi 
va aholi soni o‗sishini nisbatan sekin kechishi bilan izohlanadi.
Shahar hosil qiluvchi omillar vaqt va makonda doimo o‗zgarib turadi. 
Mintaqa shaharlarning tarixiy shakllanishi savdo-sotiq, tovar ayriboshlash va 
hunarmandchilik bilan uzviy bog‗langan bo‗lsa, keyinchalik ularning o‗rnini ishlab 


88 
chiqarish kuchlarining rivojlanishi va turlanishi, xususan sanoat, transport va 
turizm egallagan. Binobarin, mustaqillik yillarida Buxoro neftni qayta ishlash 
zavodi, Gaz uzatish kompressor stansiyasi, ―KNAUF gips-Buxoro‖ qo‗shma
7-rasm.Buxoro viloyati aholisi sonining o„sishi 
korxonasi, G‗ijduvon temir-beton va Gazli neft qazib chiqarish kabi 
korxonalarni barpo etilishi viloyatning bugungi iqtisodiy geografiyasini aks 
ettiradi. 
Buxoroi Sharif Zarafshon daryosining quyi oqimida aholi qadimdan (o‗troq 
dehqonchilik va ko‗chmanchi chorvachilik oralig‗ida) zich joylashgan manzilda 
atrof joylar uchun markaz sifatida shakllandi (er.IYasr). Shahar hududidan o‗z 
davri uchun ahamiyatli bo‗lgan ―Buyuk Ipak yo‗li‖ning o‗tishi ko‗hna madaniyat, 
ilm-fan, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishiga zamin yaratdi. 
Buxoroning keyingi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti va sanoatlashuviga XIX asr 
oxirlarida Kaspiyorti temir yo‗li, 1907 yilda shahardan Kogonga o‗tkazilgan temir 
yo‗l qulaylik yaratdi va uni shahar atrofi bilan bog‗ladi. Uning hissasiga 
viloyatdagi jami shaharliklarning 40.3 foizi to‗g‗ri keladi. Zamonaviy Buxoro 
ixtisoslashuvi va ishlab chiqarish salohiyatiga ko‗ra ko‗p funksiyali -engil sanoat, 
zardo‗zlik, to‗qimachilik, zargarlik va xalqaro turizm shahri sanaladi. Viloyat 
markazining og‗ir ―yuki‖ vazifasi -ma‘muriy-boshqaruv funksiyasini ham alohida 
ta‘kidlash zarur. 
2015 yil yakunlari bo‗yicha, Buxoro shahri mintaqada ishlab chiqarilgan 
sanoat mahsulotining 13.4 foizini, iqtisodiy rayon doirasida esa 2.9 foizi, Kogon 
shahri 7.4 foizini etkazib bergan.
Buxoroga juda yaqin joylashgan 
Kogon
shahrining viloyat iqtisodiyotidagi 
o‗rni, eng avvalo, temir yo‗l darvozasi va sanoat markazi ekanligi bilan 
baholanadi. O‗zbekistonni Janubiy va Janubi-g‗arbiy Osiyo mamlakatlari bilan 
bog‗lovchi muhim temir yo‗llar mazkur transport tuguni orqali o‗tadi. Mustaqillik 
yillarida ishga tushgan Tajan–Seraxs–Mashhad temir yo‗li shaharning transport 
funksiyasini yana bir karra oshirdi. Kogondagi yog‗-moy, paxta tozalash, ohak 


89 
zavodlari va vagon ta‘mirlash korxonalari hozirda mintaqa sanoat mahsulotining 
5.3 foizini ta‘minlaydi. 
Buxoro vohasining shimolida qad rostlagan 
G„ijduvon
o‗ziga xos markaz 
funksiyasini bajaradi.Uning ta‘sir radiusi yondosh Vobkent, Shofirkon va hatto 
Qiziltepa shaharlariga ham sezilib turadi. Sababi, G‗ijduvon bozorining shahar 
hosil qiluvchi vazifasi uning chor atrofiga xizmat qiladi. 
Buxoro shahrining shimoli-g‗arb tomonida joylashgan Gazli shahrining 
shakllanishi (1977 y.) tabiiy gaz zahiralarining topilishi bilan bog‗liq. 
Yaqin kelajakda shahar hosil qiluvchi tarmoq
 
sifatida mintaqaning yoqilg‗i 
sanoati xizmat qiladi. Xususan, Buxoroning janubi-g‗arbidagi (Qandim va 
Shimoliy Shodi) konlar negizida yiliga 2 milliard 200 million kub metr hajmida 
gaz qazib olish va Qandim gazni qayta ishlash majmuasini barpo etish ishlari 
boshlangan. 2018 yilda Qumli konida kompressor stansiyasini qurish, Uchqirda 
gazdan propan-butan olish va gazni tozalash asosida oltingugurt ishlab chiqarish 
bo‗yicha loyihalar yakuniga etkaziladi. 2019-2021 yillarda sanoatni innovatsion-
industrial asosda rivojlantirish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi 
tubdan rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi ko‗zda tutilgan. Buning 
natijasida mintaqaning neft-gaz energiya ishlab chiqarish sikli mukammallashadi, 
shaharlarning faolligi va harakatchanligi ortadi, yangi o‗sish qutb va markazlari 
shakllanishi kutiladi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish