1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi



Download 0,51 Mb.
bet1/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)


1. «Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi
Har qanday fan o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘ladi. SHunday ob’ektning bo‘lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. «Industrial iqtisodiyot” fani ham o‘z ob’ektiga ega. Uning ob’ekti umuman sanoat, xususan, O‘zbekiston sanoati hisoblanadi. SHu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan sanoat haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tug‘iladi.
Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sano­at ob’ektiv reallik (borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo‘lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bi­lan tarixiy jihatdan bog‘liqdir. Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum miqdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo‘lgan.
O‘zbekiston sanoati ham o‘z taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib o‘tgan. Eng avvalo, uy sanoati, so‘ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu erda: hunarmandchilikning juda ko‘p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtaroshlik, binokorlik, o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, to‘quvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan.
Hunarmandchilik ("xonaki sanoat") bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O‘zbekiston hududida anchagina hunarmandchilik markazlari tashkil topgan.
IX-X asrlarda ip, mato, gilam bo‘yicha XIVa va SHosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII-XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan hunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, XIVa, Toshkent, SHaxrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan.
XVIII asrning 60-70-yillarda Angliyada ro‘y bergan sanoat to‘ntarilishidan keyin O‘zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o‘tish boshlandi. Xom ashyoga
birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak
tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi.

  1. asr oxiriga kelib, O‘zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivojlangan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan.

  2. asrda O‘zbekiston sanoatida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar asr boshlarida sanoat mahsulotining eng mu­him turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom ipak, o‘simlik moyi, uzum vinosi, g‘isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, asr oxiriga kelib yuzlab-minglab turlari tayyorlangan.

Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va etakchi tarmog‘idir. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqeining ko‘tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni himoya qilish, mustahkamlash va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni O‘zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamoqda. O‘zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsuloti, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkash va insonlar munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg‘or kurashchi hislatlari bir butun bo‘lib mujassamlashgan.
Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sa­noat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasining o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir.
O‘zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko‘nikmasi, ish­lab chiqarish malakasi va mahorati, madaniy va ma’rifiy savi­yasini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o‘rin tutishini ko‘rish mumkin.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo‘shni mamlakatlar mustaqilligini, hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O‘zbekiston davlati mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir.
Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida o‘z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi - Konsentratsiyaning yuqori darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilg‘or usullari - ixtisoslashtirish, diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va mahalliylashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’­minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch - raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat sohasida rivoj topadi. Ilg‘­or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori da­rajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga kelgan va kelmoqda.
Mustaqillikning afzalliklari va davlatning iqtisodiy siyosati sanoatning etakchi o‘rnini yanada oshirmoqda. Islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning echimini topish dastavval sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va yaxshi samara bermoqda.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish