Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


Buxoro viloyati shaharlar geografiyasi



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

Buxoro viloyati shaharlar geografiyasi 
Buxoro ma‘muriy jixatdan 11 ta shahar, 69 ta shaharchalarni o‗z tarkibiga 
oladi. Mintaqa shaharlari juda boy tarixi, ko‗hna va navqironligi bilan alohida 
ajralib turadi. Biroq, hududga ta‘sir etuvchi tabiiy omillar (―cho‗llik‖ xususiyati) 
shahar manzilgohlarining shakllanishi va xo‗jalik yuritish nuqtai nazardan biroz 
noqulaylik tug‗diradi. Ammo, tranzit, transchegaraviy va xalqaro magistral 
yo‗llarning kesib o‗tganligini, ba‘zan uning markaziyligini ham ta‘minlaydi.
Mintaqa milliy iqtisodiyotda asosan qorako‗lchilik, neftni qayta ishlash, 
to‗qimachilik sanoat tarmoqlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga bu yerda 
oziq-ovqat sanoati, paxta etishtirish, xalqaro turizm ham rivojlanmoqda. 
Iqtisodiyoti agrar-industrial yo‗nalishga ega hudud yer osti zahiralariga ancha 
boy. Aniqlangan qazilma boyliklar ko‗proq yoqilg‗i va qurilish sanoatini 
rivojlantirishda ahamiyatlidir. 


86 
Viloyat orografiyasining o‗ziga xosligi, cho‗l va voha shaharlarining 
shakllanishida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shu bois, Qizilqum cho‗llaridan iborat 
tekislik qismida shaharlar siyrak, shimoli-sharq va sharqidagi balandlik va 
tog‗liklardan iborat Buxoro-Qorako‗l vohasida aglomeratsiya va uning ―yo‗ldosh‖ 
shaharlari shakllanmoqda. G‗ijduvon-Olot yo‗nalishidagi hududning ―tarixiy 
geografik o‗qi‖da rayon iqtisodiyotining negizi Olot, Qorako‗l, Jondor, Buxoro, 
Galaosiyo, Vobkent, G‗ijduvon shaharlari mujassamlangan. Kogon, Vobkent, 
Jondor, Qorovulbozor, Galaosiyo va boshqa ko‗plab shaharchalar shakllanayotgan 
Buxoro aglomeratsiyasining yo‗ldoshlari sanaladi. 
Viloyat shaharlar geografiyasining o‗ziga xos jihati mayda shaharlarning 
ko‗pligi, kichik-kichik holda tarqoq joylashuvi va ―resurs‖ markazlarning 
mavjudligi bilan belgilanadi. Ayni holat tabiiy va ijtimoiy omillar, shahar hosil 
qiluvchi tarmoqlarning kam rivojlanganligi bilan izohlanadi. 
Shaharshunos olim A.Mavlonov mintaqa shaharlari shakllanishini uch 
bosqichga, ya‘ni Chor Rossiyasi, sho‗rolar va mustaqillik davriga bo‗lib 
o‗rgangan. Viloyat shaharlarining ayrimlari juda qadimiy bo‗lsa (Buxoro, Kogon, 
Galaosiyo), ba‘zilari mustaqillik yillarida shakllangan (Shofirkon). 1865-1917 
yillarda hudud shaharlari soni unchalik ko‗p bo‗lmagan. Sobiq sho‗rolar davrida 
Olot, G‗ijduvon, Vobkent, Qorako‗l, Qorovulbozor, Gazli, Romitan aholi punktlari 
shahar maqomini olgan (-karta).
Viloyat shaharlari vujudga kelish tarixi, katta-kichikligi va bajaradigan 
funksiyasiga ko‗ra o‗ziga xos xususiyatga ega. 1959 yilgi aholi ro‗yxatida atigi 5 ta 
shahar manzilgohi (3 ta shahar 2 ta shahar posyolkasi) ro‗yxatga olingan bo‗lsa, 
1970 yilda 12 ta (3 va 9 ta) qayd etildi. 2009 yildagi urbanistik o‗zgarishlar tufayli 
bu yerda 60 ta qishloqlar shaharcha maqomini oldi, natijada, umumiy urbanizatsiya 
darajasi 29.2 foizdan 38,8 foizga ortdi. Ammo shunga qaramasdan hudud, past 
urbanizatsiyalashgan viloyatlardan biri bo‗lib qolmoqda. 
―Resurs‖ shaharlar-Gazli, Zafarobod va Qorovulbozor tor ixtisoslashuv 
xususiyatiga ega. Mazkur shaharlar viloyatning uch burchagida tarqoq tarzda tabiiy 
boyliklar xususan yoqilg‗i-energetika zahiralari negizida paydo bo‗lgan. Gazli va 
Qorovulbozorning shakllanishida yoqilg‗i xom ashyosi ahamiyatli bo‗lsa, 
Zafarobod taraqqiyotiga rangli metal konlarini o‗zlashtirish asos bo‗lgan. 
Binobarin, Qorovulbozor shahrining qulay geografik o‗rni va mavjud infratuzilma 
tizimi hamda tog‗-kon va arzon xom ashyo manbalariga yaqinligi o‗sish qutbini 
tashkil etish uchun asos bo‗ldi (Soliev A., YAnchuk S., 2005).


87 
Tuman markazlari yoki agroindustrial ixtisoslashuv viloyat shaharlari 
funksional tipologiyasida ustunlik qiladi. Qolgan shaharchalarning aksariyati 
―agroshaharcha‖ funksiyasini bajaradi. Ma‘lumotlar tahliliga ko‗ra yangi 
shaharchalarning eng ko‗pi Qorako‗l (Bandboshi, Yangiqal‘a, Solur, Sayyod va b.) 
va G‗ijduvon (Abadi, Yuqori Rostgo‗y, Quli Jabbor, Jovgari va b.) ya‘ni 
vohalarda, sug‗orma dehqonchilik rivojlangan, aholisi zich hududlarda tashkil 
topgan (-rasm). Romiton va Peshkuda 3 tadan, Vobkentda esa 2 tadan shaharcha 
shakllangan. Bunday o‗zgarishlar viloyat shaharlar piramidasini yanada

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish