15-mavzu. Mustaqillik yillarida viloyat shaharlari (1991-2021).
Reja.
1.
Mustaqillik yillarida O‟zbekiston shaharlar taraqqiyotining yangi bosqichga
ko‟tarilishi.
2.
Viloyatlarning ma‟muriy markazlari, sanoat shaharlari va Qoraqalpog‟iston
hududidagi shaharlar.
3.
Shaharsozlikdagi an‟anaviylik va zamonaviylik. Ziyorat turizmi masalasi.
4.
Shahar va atrof muhit. Migratsiya jarayonlari.
Tayanch tushunchalar.
O‟zbekiston shaharlari, viloyatlarning ma‟muriy markazlari, sanoat shaharlari,
shaharlarning tuzilishi, ijtimoiy-madaniy infratuzilmasidagi o‟zgarishlar, aholisi,
sog‟liqni saqlash tizimi, ta‟lim tizimi, an‟anaviylik va zamonaviylik, ziyorat
turizmi, atrof muhit, migratsiya jarayonlari.
Asosiy adabiyotlar.
1.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. - Toshkent, O„zbekiston, 2017.- 488 b.
2.
“O‟zbekiston Respublikasida ma‟muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish
tartibi to‟g‟risida” O‟zbekiston Respublikasining Qonuni. 1996 yil 10 avgust, 276-
I-son.
3.
“O‟zbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini qayta tiklash haqida”
O‟zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Qarori. 1992 yil 27 yanvar,
535-XII-son.
www.lex.uz
.
4.
“Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi
punkatlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash
to‟g‟risida” O‟z. Res. VM qarori.2009 yil 9 mart.// O‟zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‟plami. 2009 yil, 10-11-sonlar.
5.
O‟zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O‟zbekiston Respublikasi. -T.,
“Sharq”, 2000.
6.
Alimova D. Samarqand tarixi (qadimgi davrlarda bugungi kungacha). -T.,
ArtFlex, 2009.
7.
Alimova D., Filanovich M.I. Toshkent tarixi (qadimgi davrlarda bugungi
kungacha). -T., ArtFlex, 2009.
8.
Ahmedov E. O‟zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. -T., 2002.
9.
O‟zbekistonda zamonaviy shahar madaniyati. Kollektiv monografiya, (Mas‟ul
moharrir prof. D.Ziyoyeva), -T., Yangi nashr, 2017.
Aksariyat qiziquvchilarning xabari bo„lsa ehtimol, rasmiy ma‟lumotlariga ko„ra,
O„zbekiston Respublikasining aholisi 2018-yil 1-oktabr holatiga 33 mln. kishidan
oshdi. Mazkur aholining yarmidan ortig„i shaharlarga yashaydi. Turli ijtimoiy
tarmoqlarda O„zbekistonda nechta shahar bor degan savol qo„yilib turlicha
javoblar berilgan. Yuqoridagi savollarga aniqlik kiritish maqsadida ushbu
maqolaga qo„l urdik.
O„zbekistonda aholi punkti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va
undan ko„p bo„lishi, unda istiqomat qilayotgan aholining 2/3 qismi ishchi va
xizmatchilar hamda ularning oilasidan iborat bo„lishi kerak.
Mamlakatimizda shaharlar aholi soniga ko„ra katta shaharlar, yirik shaharlar va
hatto millioner shaharlar deb ataladi. Hozirda respublikamizda 119 ta shahar
mavjud. Lekin shuncha shahar borligi haqida aksariyatimiz tasavvurga ega
emasmiz.
Ko„pchilikdan so„ralsa 20 ta ko„pi bilan 30 ta shaharlar nomini sanab bera olamiz
xolos. Sababi biz ko„pincha katta shaharlarni yoki yirik shaharlarnigina bilamiz.
Umuman mamlakatimizdagi shaharlar bo„ysinuviga ko„ra 3 toifaga:
1. O„zbekiston Respublikasi bo„ysinuvidagi;
2. Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlar bo„ysinuvidagi;
3. Tuman bo„ysinuvidagi shaharlarga bo„linadi.
Mamlakatimiz
poytaxti
– Toshkent shahri O„zbekiston Respublikasi
bo„ysinuvidagi yagona shahar hisoblanadi.
Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlar bo„ysinuvidagi shaharlar turkumiga,
qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bo„lgan, muhim ma‟muriy ahamiyat kasb
etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar
kiritilishi mumkin. Xiva va Shahrisabz shaharlari viloyat bo„ysinuviga o„tkazilgan
eng yangi shaharlar hisoblanadi (2017-yil). Bu choralar O„zbekiston hududida
joylashgan ushbu qadimgi shaharlarga sayyohlar oqimini sezilarli oshirish
imkonini beradi.
Tuman bo„ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 7 ming
aholisi bo„lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud aholi
punktlari kiritilishi mumkin.
Bulardan tashqari O„zbekiston aholi punktlari ichida shaharchalar (posyolka) ham
bor. Ularning soni mingdan oshadi va bu aholi punktlarida istiqomat qiladiganlar
ham shahar aholisi hisoblanadi. Quyida shahar aholi punktlari to„g„risidagi
ma‟lumot hududlar kesimida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |