1.2.Murakkab shaklli trikotaj mahsulotlar va qismlarni
to‘qish usullari
Trikotaj mahsulotlami hajmli (ma’lum shaklga ega) qilib ishlab
chiqarish o ‘ziga xos keng tarmoqli usullardan biri hisoblanadi. Trikotaj
mahsulotlami qaddi-qomatga moslab, turli shakllarda ishlab chiqa-
rishning bir necha usuli mavjud.
9
О ‘rilgan halqalar sonini о ‘zgartirmay, halqalar shaklini о ‘zgartirib
mahsulotga shakl berish.
Trikotajga murakkab shakJ berish imkoniyatlari
halqa tuzilishiga (to‘qimadan, halqa modulidan va boshqalardan)
bog'liq bo‘lib, bu usullardan biri bosh kiyim tayyorlashdir. Bosh
kiyim, sun’iy ipdan aylana nay shaklida to ‘qilib, unga shakl berishda
qoliplarga kiydiriladi.
Nay shaklida to ‘qilgan bosh kiyim melaminformadegid saqich
suyuqligi bilan shimdirilib va unga m a’lum shaklni berib, so'ngra
quritiladi. Ushbu shakl berishning natijasi shakl berilgan trikotajning
yetarlicha mustahkam saqlab qolinishidir. Bu usuldan soyabonli
(shlyapa) bosh kiyim ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Usulga yana bir misol bo‘lib, kapron paypoq ishlab chiqarilishda
qo‘Uaniladigan, issiqlik ta’sirida egiluvchan iplami qo‘llanilishi misol
bo‘ladi. Odatda poliamid, ko'proq kapron iplari sifatida qo'llaniladi.
Maxsus qoliplarda tarang tortilgan paypoq halqalari erishga yaqin
haroratgacha qizdiriladi, so‘ngra sovitiladi, shunda mahsulot murakkab
tuzilishdagi paypoq shaklini saqlab qoladi. Paypoqning yuqori qismiga
keng va quyi qismi ensiz qilib shakl beriladi. Shakl berishdagi halqa
tuzilishi trikotajga xos xususiyatlarni saqlab qoladi.
Trikotaj matosini qismlarga b o ‘lib, so ‘ng birlashtirish (bichib-tikish
usuli).
U shbu k o ‘pchilikka m a’lum usul ichki va ustki trikotaj
mahsulotlariga hajmli shakl berib, inson qomatiga yaqinlashtirib ishlab
chiqarishda qo'llaniladi. Mahsulot shaklini murakkab tuzilishdagi
qismlar, choklar yordamida birlashtirish bilan, mahsulotlaming birinchi
bosqichda berilgan shakliga erishiladi. Mahsulot shaklining to ‘la-to‘kis
inson qomatiga mos kelishiga mahsulot kiyilgandan keyin erishiladi.
Shu sababli m ahsulot shaklining qomat shakliga mos kelishi
trikotajning xususiyatlariga bog'liqdir. Kam cho‘ziluvchan trikotaj
uchun murakab shaklli qismlar zarur, ya’ni qomat yuzasining yoyil-
masiga birm uncha yaqinlashtirilgan bo‘lishi shart. Yuqori cho‘-
ziluvchanlikka ega trikotaj uchun uning aksi — qismlarning sodda-
lashtirilgan sirti ko‘rinishlari kifoya.
Berilgan sirt ко ‘rinishi bo ‘yicha mahsulotlaming yassi qismlarini
to ‘qish (yarim muntazam usul).
Qismlarning shakliga halqa qatorlarida
10
а
Ъ
1.2-rasm. Hajmli mahsulot qismlar shakllari.
halqalar sonining m a’lum ketma-ketlikda oshirib borish bilan erishiladi.
Qismlarning sirti ular chetidagi qatorlarda halqalar sonini qo‘shib
borish (pribavka) va qisqartirish (sbavka) bilan o ‘zgartiriladi (1.2a-
rasm). Mahsulot qismlarining andoza gardishi bo'yicha to ‘qilganligi
uchun chiqindi miqdori 0,5-3%ni tashkil etadi. Bu usul asosan ustki
trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Mahsulotda yassi
qismlarning murakkab shaklga ega bo‘lishi uchun trikotajni qomatga
kiyishda uning xususiyatlarini osongina o'zgara olishi ta’sir etadi.
Berilgan sirt ко ‘rinishi bo ‘yicha mahsulot qismlarini to ‘qish.
Bu
holda qismlarni berilgan sirt bo‘yicha to ‘qishda chetdagi halqalar
soni qator va ustunchalar bo‘yicha emas, balki ushbu sirtning ichida
o'zgaradi. Bunda halqalami guruh bo‘yicha ko‘chirishdan va to ‘liq
bo‘lmagan halqa qatorlaridan foydalaniladi (1.2b-rasm). Ushbu usul
bilan olingan mahsulot qismi hajmiyligi bilan farqlanadi. Shunday
qismlar ustki trikotaj mahsulotlari uchun koton mashinalarda to ‘qiladi.
Mahsulot bo ‘laklarining boshqa о ‘rilishga o'tib to ‘qish.
Ushbu usul
mahsulot qismi yoki kuponning enini ishlayotgan ignalar sonini
o ‘zgartirmay to ‘qishga asoslangan (halqalar, ustunchalar soni). To'qima
halqa qadami nafaqat ipning chiziqli zichligi va halqa ipi uzunligiga,
balki halqa tuzilishiga ham bogiiqdir. M a’lum to'qim a uchun halqa
11
qadami o‘ziga xosdir. Masalan, ribana o ‘rilishli to ‘qimaning halqa
qadamiga halqa ustunchalarining bir-birining ortiga kirishi ta’sir etadi,
pike o‘rilishli (press) to ‘qimalarning halqa qadamiga esa to ‘liqmas
halqalarning (nabroskalar) kengayish effekti ta’sir etadi va hokazo.
Ushbu usul turli-tuman mahsulotlami muntazam va yarimmun-
tazam usullarini keng qo‘llashda ishlatiladi. Mahsulot enini kerakli
o ‘lchamda halqa ustunchalari soni o'zgarmagan holda mahsulotning
bel qismi, asosiy (etak) qismi, sviter va jemperlar yengining pastki
qismi hamda qo‘lqoplarning panjalari va kafti, kolgotkalarning bel
va oyoq-son qismlari turli o ‘rilishdagi to ‘qim alardan foydalanib
to'qiladi.
Mahsulot qismlarini halqa ipi uzunligini o ‘zgartirish bilan to ‘qish.
Mahsulot enini halqa ipi uzunligini o'zgartirish bilan to ‘qish nafaqat
halqa qadam ining oshishiga, balki trikotaj cho‘ziluvchanligining
o'zgarishiga ham olib keladi. Ushbu usul texnik trikotaj mahsulotlari
ishlab chiqarish bilan birga ayollar paypoqlari va kolgotkalarini to ‘-
qishda keng qo'llaniladi.
Iplami chiziqli zichliklari yig ‘indisini о ‘zgartirib mahsulot qismlarini
to ‘qish.
Bu usulda mahsulot bo‘laklarining ayrim qismlarini turli chiziqli
zichlikdagi iplardan ishlab chiqariladi. Natijada mahsulotning tuzilishi
va bir qator xususiyatlari o ‘zgaradi. Ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab
chiqarishda turli chiziqli zichlikdagi iplardan ma’lum qaytarilishda
foydalanilishi ko‘ndalangiga naqsh samarasini hosil etadi. Paypoq
buyumlari ishlab chiqarishda paypoqning tovon qismi boldir qismiga
nisbatan kichik chiziqli zichlikdagi ipdan to'qiladi. Natijada tovon
qismi zich shakllanib ishqalanishga chidamligi ortadi. Umuman, ushbu
jarayonni mukammalroq o ‘zlashtirish maqsadida mavjud usullar,
ularning mohiyati va ishlab chiqarishda qay darajada qo‘llanilishi
haqida m a’lumotlar keltirilishi m a’qul.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |