Sh. R. Ikramov, R. N. Abdullaev maxsus texnologiya (Donali trikotaj qismi) “ t afakku r b o ‘sto n i”



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/171
Sana11.07.2022
Hajmi7,73 Mb.
#777499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
Maxsus texnologiya. Ikromov.Sh.R, Abdullaev R.N

g, 
d-
rasm). Ushbu usulda to ‘qiladigan qismlar, odatda, qisman bo‘lsa 
ham bichilmaydi va chetlari (hoshiyalari) qirqilmay, tikuv mashinalarda 
birlashtirilib shakl beriladi. Bu usulga xos bo‘lgan ko'rsatkichlardan 
biri xomashyo juda tejamkorlik bilan ishlatiladi.
Biroq kun davomida rejalashtirilishi bo'yicha bir xil olchamdagi 
va modeldagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Trikotaj ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini takomillash- 
tirish xomashyo sarfi va ishchi m ehnat kuchining qisqartirilishiga 
yo‘naltirilgan.
Keng tarqalgan trikotaj ishlab chiqarishning bichish usulidagi ma- 
toni bichish va keyinchaJik uning yassi bo‘laklarini birlashtirish asta- 
sekin donali trikotaj to ‘qishning avtomatlashtirilgan usullari bilan 
almashtirilmoqda. Matoni to ‘qish, uni bichish va tikish jarayonlariga 
sarflanadigan mehnat sarfi avtomatlarda donali trikotaj to ‘qishga nis- 
batan birmuncha yuqoridir. Donali trikotaj mahsulotlarini avtomatik 
tarzda to ‘qish to‘quv uskunalarining ixtisoslanishi va uni murakkabla- 
shuvi bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarish texnika va texnologiyasining 
takomillashuvi shunday to ‘quv avtomatlarini kashf etdiki, ular shaklan 
tugallangan mahsulot yoki ular bo'laklarini to'qiy olishi bilan bir- 
galikda, texnologik jarayonlarni qisqartirishga ham imkon yaratadi. 
Donali trikotaj mahsulotlami qisqartirilgan texnologik jarayon asosida 
to ‘qish o ‘z ichiga quyidagilarni oladi: mahsulotning tag qismini 
(etagini) so'tilmaydigan qilib to'qish, ikki ignadonli mashinalarda 
masulot qismlarining ajratish qatorlarini hosil qilish, mahsulot enini 
qisqartirish, qo'shish yoki boshqa biron-bir usul bilan o‘zgartirish, 
ilgakli va tilchali ignalar bilan jihozlangan mashinalarda halqa ko‘- 
chirish, paypoq mahsulotlarini ishlab chiqarishda tovon va uch 
qismlarini hosil qilish, murakkab shakldagi tugallangan mahsulotlami 
koton, yassi fang mashinalarida va qo‘lqop to ‘qish avtomatlarida 
hosil qilish, tanda to ‘quv mashinalarda donali trikotaj mahsulotlarini 
ishlab chiqarish va boshqalar.
8


Trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoschilaridan 
biri bo‘lgan rossiyalik olim professor A.S.Dalidovich mahsulot ishlab 
chiqarishdagi sam aradorlikni orttirish va xomashyodan unum li 
foydalanish borasida bir qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. 
Tadqiqotlar natijasida olim mahsulot ishlab chiqarish, bichish va 
tikish usullaridan imkoniga ko‘ra foydalanmay, ya’ni ishlab chi- 
qariladigan mahsulotni tikmay, uni to ‘quv mashina va avtomatlarida 
tayyor shaklda ishlab chiqarishni tavsiya etgan. Tikilgan (choklangan) 
mahsulotning tashqi ko‘rinishi choklar (yon, eng, yoqa) hisobiga 
husndorligini qisman boMsada yo‘qotadi.
Xomashyo sarfi choklash jarayonida (choklar uchun qismlarning 
har bir qismidan 5 mm qoldiradi) ortadi. Muhimi mahsulot ishlab 
chiqarishga sarflanadigan mehnat (matoni to ‘shash, bichish, tikish) 
resurslaiini orttiradi. Bu esa qo'shimcha mehnat va sarf-xarajatlar hamda 
mahsulot tannarxining ortishini yuzaga keltiradi, deb ta’kidlangan.
Ta’kidlangan fikr-mulohazalar bugungi kunda o ‘z tasdig‘ini topib, 
donali trikotaj mahsulotlari, tikuv amallarini bajarmay choklarsiz tayyor 
shaklda (jaket, reytuz, qalpoq, qo‘lpoq, sharf, poyandoz) ishlab chiqa­
rilmoqda. Bitta mahsulotni muntazam usulda, to ‘quv mashinada tayyor 
shaklda ishlab chiqarilganda (bichib, tikish usulida 15-18%, muntazam 
usulda 0,5-1%,) xomashyoni tejash 14-17% foizni tashkil etadi.
Masalan, zamonaviy beshta katta ignadonli trikotaj to ‘quv ma­
shinada to ‘qilgan matoni pardozlagandan so‘ng bichib-tikish uchun 
100-150 dan ortiq tikuvchilar zarur bo'ladi. Tikuv mashinalarining 
tezligini ikki marotaba oshirilsa ham uning unumdorligi bor-yo‘g‘i 
20%ga ortmaydi. Shu sababli murakkab bo‘lsa ham to ‘qish jarayon- 
larini avtomatlashtirib, tugallangan shaklda donali trikotaj mahsulot­
larini ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish