2.3. Bir aylana ignadonli paypoq to ‘quv avtomatida paypoq
bortining boshlang‘ich qismini hosil qilish
Aylana ignadonli paypoq to'quv avtomatlarida paypoqning bort
qismini hosil qilish uchun qo‘shimcha disk (ripshayba) ko‘zda tutilib,
unda bort ilgaklari joylashishi uchun radial o'yiqli usaJSOfrayjud.
17
TDisk o'yiqlari va shuning oqibatida bort ilgaklari ignadon ignalarining
har ikkinchisi ustida joylashgan. Juft bort ilgaklari tovonchalariga
(har bir o‘yiqda ikkitadan) zulfdagi ponalaming ta ’sirida harakatlanadi.
Juft bort ilgaklari egilgan bo‘lib, ular tuynukcha (ko‘zcha) hosil qiladi.
Bort ilgaklari paypoq to ‘qishdagi halqa hosil qilishda qatnash-
maydi. Ular faqatgina uchinchi halqa qatori (protyajkalami) platina
yarim yoylarini ilib turishga m o‘ljallangan bo‘lib, paypoq to‘qishning
dastlabki vaqtida ushbu uchinchi halqa qatorining ilgak qismi bilan
ilib turadi. Bort to ‘qilishining yakunida bort ilgaklari tutib turgan
platina yarim yoylarini bortning oxirgi halqa qatori to ‘qilishida, igna-
dagi halqalar bilan birga yangi shakllangan halqa sirtiga tashlaydi.
Paypoqning bort qismini to ‘qishda ignalaming tilchalarini ochish
uchun aylanadigan shyotkadan foydalaniladi. Shyotkalar yordamida
ignalar til qismlari ochilib, bortning dastlabki qatorini to ‘qish uchun
shaylanadi. Birinchi halqa qatorini hosil qilish uchun quyidagi usuldan
foydalaniladi. Ip har bir ikkinchi toq ignalarga joylashtirilib, platinalar
yordamida juft ignalar orqa tomoniga o ‘tkaziladi. 2.5a,£-rasmda
ignalaming ikkinchi halqa qatorini hosil qilishdagi holati keltirilgan.
Ushbu usulda ko‘rsatilgandek birinchi qator keyinchalik ikkinchi qator
halqalarini hosil qilishda ignadonning barcha ignalarida eski halqa
vazifasini ishonchli qilib bajara oladi. I ll halqa qatori esa paypoq-
ning ikki qatlamli bort qismini avtomatik birlashtirishda foydalaniladi
(2.5v-rasm).
Paypoqni ishlay boshlash qismi bilan uning bort qismini avtomatik
to ‘qiy olish avtomatlari KAS («круглочулочный автомат само-
зарабатываюпшй и самоботюший») deb nomlangan, Bu usul 1896-
yili AQSHning «Skott-Vilyams» firmasi tom onidan patentlangan
bo‘lib, bugungi kunda ham o ‘z dolzarbligini yo’qotgani yo‘q, chunk!
bundan ko‘ra samaraliroq yoki afzalroq usul dunyoda hali yaratilgani
yo‘q. Bugungi kunda KAS avtomatining kompyuterlar bilan jihoz-
langan modeli Hindiston davlatida ishlab chiqarilmoqda. Chexiya va
Italiya mashinasozlari halqa ko‘chiruvchi ilgaklarning biroz shakli va
o ‘lchamlariga o ‘zgartirish kiritishgan.
Italiyaning «Solic» firmasi ushbu usul asosida yupqa paypoq mah
sulotlari uchlarini avtomatning o ‘zida, halqalami ko‘chirib tikish usulini
18
bajarishga muvofiq bo‘ldiiar va bu usulni «rozetka» usuli deb atashdi.
Usulning mohiyati shundan iboratki, halqa ko'chiruvcbi juft bort
ilgaklari paypoqning uch qismini to ‘qib bo‘lgandan so‘ng ishga tushib,
tovon qism halqalarini ilib olib juft bort ilgaklari terilgan ripshayba
to ‘xtab turgan ignadonga nisbatan 270°-360° gacha aylanib mahsulotni
buraydi, so‘ng juft bort ilgaklari tutib turgan halqalarining tagida
turtkichsiz ignadon ignalariga ko'chirish bilan paypoq uchi yopiladi
(choksiz).
19
Do'stlaringiz bilan baham: |