Sh.R.Ikramov, R.N.Abdullaev
MAXSUS
TEXNOLOGIYA
(Donali trikotaj qismi)
“ T afakku r B o ‘sto n i”
T oshkent - 2015
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS ТА' LI M VAZIRLIGI
Sh. R. Ikramov, R. N.Abdullayev
MAXSUS TEXNOLOGIYA
(Donali trikotaj ishlab chiqarishda xomashyoni
tejash qismi)
O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi
tomonidan oliy о ‘quv yurtlari uchun о ‘guv go ‘llanma sifatida
tavsiya etilgan
«TAFAKKUR BO‘STONL>
TOSHKENT — 2015
UO‘K: 677.025.7(075)
КВК
37.238
М32
T a q r i z c h i l a r :
Mirusmanov B.F.,
Toshkent to'qimachilik va yengil
sanoat instituti «To'qimachilik matolari texnologiyasi»
kafedrasi dotsenti;
Yunusov B.Y.,
«Yu-TEKS» M ChJ rahbari.
M 32
Maxsus texnologiya (Donali trikotaj ishlab chiqarishda xom-
ashyoni tejash qismi) [matn]: o‘quv qollanma / Sh.R.lkramov
[vaboshq.] — Т.: «Tafakkur Bo'stoni», 2015. —256 b.
KBK 37.238.ya73
ISBN 978-9943-4546-4-4
Mazkur o‘quv qo'llanma «Trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasi» muta-
xassisligining «Donali trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda xomashyoni
tejash» texnologiyasiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Mutaxassislikning ushbu qismi asosan donali trikotaj to‘qishda xom-
ashyodan samarali foydalanishda qo‘llaniladigan usul, mexanizmlar va
to'qish jarayonlarini avtomatlashtirishga oid jarayonlar mohiyati, o‘ziga
xosliklarini yoritib berishga yo'naltirilgan. Mahsulotni dastlabki halqa
qatorlarini turli qurilmali to‘qish mashinalarida ishlay boshlash, ajratish
qismini hosil qilish, ulaming xilma-xilligini orttirishdan iborat. Shu bilan
birga mahsulot enini qisqartirish yoki kengaytirish, halqa ko'chirish, bir
to‘qimadan ikkinchi to ‘qima turiga o‘tib to‘qish, paypoq mahsulotlarini
bort qismini avtomatik tikish, tovon qismini mumtoz usulda to‘qish, paypoq-
ning uch qismini bir yo‘la yopib to‘qish, murakkab hajmli shakldagi
mahsulot turlari: bosh kiyim, qo‘lqop, kolgotkalar to ‘qish texnologiyalariga
oid ma’lumotlar keltirilgan.
0 ‘quv qo'llanma «Trikotaj texnologiyasi» mutaxassishgi bo‘yicha ta’lim
olayotgan bakalavrlar, magistrlar hamda trikotaj korxonalarining texnik-
muhandis xodimlari va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan.
© Sh.R.Ikramov, R.N.Abdullayev, 2015.
© «Tafakkur Bo‘stoni», 2015.
KIRISH
Trikotaj tarmog‘i — yengil sanoatning rivojlanib kelayotgan eng
yosh tarmoqlaridan biridir. Buning asosiy sabablari ishlab chiqa-
rilayotgan trikotaj mahsulot turlarining turfaligi va ularning o'ziga
xosligidir.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining turfaligi sabab biron
bir erkaklar kostyumini charm dan, gazlamadan yoki trikotajdan
tayyorlash mumkin, ammo paypoq va qo‘lqop mahsulotlarini faqat
trikotaj to ‘qish usuli bilan ishlab chiqariladi.
Sport tikotaj mahsulotlarining bir qator turlari trikotaj usulida
tayyorlanadi, chunki bunda harakatlar chegaralanmaydi, mahsulot
ch o ‘ziladi, qayishqoqligi tufayli shaklini o ‘zgartirmaydi. Trikotaj
matolari yumshoqligi, mayinligi, issiqlik saqlash xususiyati yuqoriJigi
sababli, ko‘proq bolalar ichki va ustki kiyimlarini ishlab chiqarishda,
xomashyo sifatida foydalaniladi. Ko‘proq choksiz qilib to'qilishi
tibbiyotda sun’iy qon tomirlari, ichaklar va turli xil ortopedik mah-
sulotiar asosini tashkil etadi. Triicotaj mahsulotlari samolyotsozlik va
mashinasozlik sanoati, oyoq kiyim sanonti, baliqchilik, qurilish va
boshqa sanoatlarda keng qo'llanilishi tarmoqning o'ziga xos jihatidir.
Ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi ham boshqa tarmoqlarga
nisbatan juda yuqori.
Trikotaj to ‘quv mashina va avtomatlarming ish unumdorligi, tezligi
va har bir yuza sathidan ko‘p mahsulot olinishi ham shular jum -
lasidandir.
Eng muhimi trikotaj korxonalaridagi texnologik jarayon qulay va
inson salomatligiga salbiy ta ’sir etmasligidadir. Ishlab chiqarish
bo'limlarida harorat 21 -23CC darajada bo‘lsa namlik 62-65% ni tashkil
etadi. Sanitar m e’yorlar bo‘yicha bu ko‘rsatmalar eng qulay deb
hisoblanadi.
3
Yuqorida keltirilgan afzalliklar asosida bugungi kunda respubli-
kamizda qurilayotgan bir qator to ‘qimachilik korxonalari — yigiruv
va trikotaj ishlab chiqarish korxonalaridir. Chet ellik mutaxassislaming
tajribasiga ko‘ra trikotaj ishlab chiqarish korxonalari, ip yigirish
korxonalari bilan bir hududda qurilib, birgalikda ishlash imkoniyatiga
ega bo‘lsalar, yaxshi ko‘rsatkichlar berar ekan, ya’ni kalava iplar
shikastlanmaydi, uzoq muddat ichida o‘z xususiyatlarini yo'qotmaydi.
Respublikamizda qurilib ishga tushirilgan qo‘shma korxonalaming
ko‘pchiligi paxta, nitron va aralash iplaridan tayyorlangan ichki, ustki
va paypoq trikotaj mahsulotlarini tashkil etadi. Ulaming asosiy qismi
eksport qilinib, xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Bunga asosiy sabab,
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 100% paxta kalava iplaridan to ‘-
qilgan bo‘lib, gigiyenik va iste’molchilik xususiyati yuqoriligidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqargan qarorlaridan
biri quyidagicha: «Biz qudratli to ‘qimachilik va yengil sanoatni tashkil
etib, paxta tolasi bilan etnas, balki barcha rivojlangan mamlakatlar
kabi tayyor mahsulotlar bilan savdo qilmog‘imiz lozim».
Bu qaroming ishlab chiqarishga tatbiq etilishi respublikamizda
to ‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ortishi bilan biiga
ulaming eksport salohiyati ortib borishini ta ’minlamoqda.
4
I. TRIKOTAJ MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNING
BICH ISH , YARIM MUNTAZAM VA MUNTAZAM USULLARI.
HAR BIR USULNING 0 ‘ZIGA XOSLIKLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |