Л — ' .
10-25
Bunda:
V~ titrlashga sarflangan 0,1 N simob nitrat yoki kumush nitrat eritmasming hajmi, sm3;
К - simobning yoki kumushnitrat eritmalari miqdorini aniq 0,1 N ga keltirish uchun tuzatma;
0,00585 - 1 sm3 0,1 N simob nitrat yoki kumush nitrat eritmasiga muvofiq kemvchi natriy xlor massasi, g.
10.6. XOMASHYONING PISHISH HARORATINIANIQLASH
Pishish harorati charm va mo'yna xomashyosi strukturasini issiqlik va namlikka bardoshligining miqdoriy tavsifini ifodalaydi. Charm va mo'yna xomashyosi mikrostrakturasining bo'linishi, g'ovakligi qanchalik yuqori bo'lsa, pishish harorati shuncha pasayadi.
Charm va mo'yna xomashyosining pishish harorati deb, sinov olib borilayotgan namuna o'lchamining o'zgarishi boshlanadigan haroratga aytiladi.
257
Xomashyoning pishish haroratini maxsus asbobda yoki asbobsiz aniqlash mumkin. Ilmiy tekshirish ishlari uchun pishish haroratini aniqlashda asbobni qo'llash talab etiladi.
Pishish haroratini aniqlash uchun charm yoki mo'ynadan 3 x 50 mm kattalikda namunalar qirqib olinadi. Mo'yna namunasidan soch qoplami qirqib olinadi. Namuna rezina halqa yordamida termometrga mahkamlanadi, termometr esa shtativga biriktiriladi va suvli stakanga tushiriladi. Suv isitiladi. Isitishni shunday olib borish kerakki, suyuqlik harorati har bir daqiqada 5°C ga ko'tarilishi zarur. Teri qayrilib qolgandagi harorat, pishish harorati hisoblanadi. Pishish harorati har xil: xomashyo uchun turlicha bo'ladi.
10.7. JUNNING SIFATINITAHLIL QILISH
Sochdagi tashqi aralashmalar miqdorini aniqlash uchun 6-8 g vaznli namuna olinib, 500 ml hajmli o'lchamli kolbaga joylashtiriladi. Kolbaga 300 ml 2 % li NaOH eritmasi quyiladi va qaynaguncha isitiladi.
30 daqiqalik isitishdan so'ng soch eriydi. Hosil bo'lgan eritma analitik tarozida oldindan o'lchangan burmali filtr orqali 500 ml hajmi kolbaga filtrlab olinadi. Filtrlash 80-100°C haroratda quritish shkafida amalga oshiriladi. Filtrlash tugagandan so'ng stakan 3-4 marta distillangan issiq suvda yuviladi, ushbu suv ham filtr orqali o'lchamli kolbaga filtrlanadi.
Filtrdagi cho'kma distillangan issiq suv bilan yuvilgan suv tarkibida ishqorni yo'qolib ketgunicha yuviladi (cho'kma yuvilgan suvga 2-3 tomchi fenoftalein qo'shganda pushti rang bermasligi kerak).
Filtr voronka bilan birga quritish shkafiga joylashtiriladi va 20-30 daqiqa davomida 100°C haroratda quritiladi, so'ngra 30 daqiqa davomida havoda sovutiladi, keyin filtrlashgacha filtr o'lchangan shisha stakanchaga joylashtirib, analitik tarozida 0,001g aniqlikda o'lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |