Saodat sadirova


NAMLIK MIQDORINI ANIQLASH



Download 1,79 Mb.
bet125/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

10.2. NAMLIK MIQDORINI ANIQLASH
Charm va mo'yna xomashyosi tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash usullari maydalangan namunalarni quritishga asoslangan. Bu usullar davomiyligi, quritish yo'llari va turli haroratda olib borilishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Namunalarni quritish shkafida 135°C haroratda quritish 8 soat atrofida vaqt talab etadi. Harorat Г70-180°С gacha ko'tarilgaiida, quritish davomiyligi bir soatga boradi.
Charm va mo'yna tarkibidagi namlik miqdorini tezkor usullar bilan ham aniqlash mumkin, jumladan, infraqizil lampa yordamida quritish usuli maqsadga muvofiqdir. Infraqizil nurlar xomashyo tarkibiga singib, konvektiv quritishga nisbatan ancha tez quritadi. Bu usulning yutug'i bilan birga kamchiligi ham mavjud, ya'ni quritish oxirini ko'rsatuvchi obyektiv ko'rsatkichning yo'qligi, ba'zi hollarda esa xomashyoning haddan tashqari qizib ketishi natijasida termik parchalanishi sodir bo'lishi mumkin.
Namlik miqdorini elektrometrik ekspress usullar bilan ham aniqlash mumkin. Bunda nar xil konstrukiyali elektronamlik o'lchagichlardan foydalaniladi.
Quritkichda quritish. 3 - 3,5 g maydalangan xomashyoni doimiy massagacha keltirilgan alyuminiy byuksaga solib, analitik tarozida o'lchanadi va quritish shkafida 170 - 180°C haroratda, bir soat davomida quritiladi. Shundan so'ng, namunalar eksikatordagi xlorid kalsiy ustida 20°C haroratga kelguncha saqlanadi va tarozida o'lchanadi.
Xomashyodagi namlik miqdori, quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
a Bunda:
a - namunaning quritishgacha massasi, g b - namunaning quritishdan keyingi massasi, g.
10.3. MINERAL MODDALAR MIQDORINI ANIQLASH
Charm va mo'yna xomashyosida mineral moddalar miqdorini, teri namunasini kuydirib, kul ko'rinishida aniqlash qabul qilingan. Yangi shilingan terilar nisbatan kam miqdorda (o'rtacha 0,5 %) mineral moddalar saqlaydi. Konservalangan terilarda mineral moddalar miqdori konservalash usuliga bog'liq bo'ladi.
Ho'l tuzlash, quruq tuzlash va kislota-tuzli usullar bilan konservalaganda terida mineral moddalar miqdori keskin oshib ketadi.
Bu kul miqdorini aniqlashda ma'lum qiyinchiliklarni tug'diradi. Bir tomondan, teridagi katta miqdordagi mineral moddalar uning kulga aylanishini sekinlashtirsa, boshqa tomondan ularning bir qismi kuydirish vaqtida uchib ketadi va olingan natijalarda bir oz xatolikka yo'lqo'yiladi. Shuning uchun ko'rsatilgan uslublarda konservalangan terilarda kul miqdorini aniqlash uchun, dastlab namuna ko'mirga aylantiriladi, so'ngra issiq suvda qaynatiladi va keyinchalik batamom qizdiriladi.
Analitik tarozida o'lchangan 4 g xomashyo, doimiy massaga keltirilgan tigelga joylashtirilib, sovuq mufel pechiga qo'yiladi. Namuna asta-sekin, ehtiyotkorlik bilan qizdirib, to'liq ко' mirga aylangan holatiga keltiriladi
253
(qora massa). So'ngra tigel 50sm3 issiq distillangan suv qo'yilgan kimyoviy stakanga ko'chiriladi va elektr plitasida 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Shundanso'ng tigel distillangansuvdachayiladivaquritishshkafida quritiladi, stakandagi suyuqlik esa qog'oz filtr orqali filtrlanadi (filtrat yig'iladi).
Filtrdagi cho'kma, yuvish suvlarida xlor ionlari yo'qolgunicha distillangan suv bilan yuviladi.
Filtr qayta xuddi shu tigelga joylashtiriladi va to'liq qurigunicha quritish shkafida saqlanadi, so'ngra mufel pechida qora kuya (ko'mir bo'lakchalari) bartaraf etilgunga qadar asta-sekin isitib qizdiriladi. Qizdirilgan va sovutilgan tigelga oz-ozdan filtrat quyiladi va suv hammomida qurigunicha bug'lantiriladi.
Filtrat tigelga to'liq ko'chirilib, bug'lantirilgandan so'ng, tigel bir soat davomida mufel pechida qizdiriladi.
Kul va tigel eksikatorda sovutilib, analitik tarozida o'lchanadi. Kulning miqdori quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi, %:
X = — -100, H
Bunda:
a - kulning massasi, g;
N - charm va mo'yna xomashyosi massasi, g.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish