Saodat sadirova


Jingalakning shakl va tiplari



Download 1,79 Mb.
bet45/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

3.4.2. Jingalakning shakl va tiplari
Qorako'l jingalaklari tashqi ko'rinishi va tuzilishiga ko'ra g'oyat xilma-xildir. Qalami, loviya, yol, bog'lama, halqa, chig'anoqcha, no'xatcha va boshqa shakllarga ajratiladi (19-rasm). Qalamgul shakllar esa yarim doirasimon, qovurg'asimon va yassi tiplarga ajratiladi.
Qalam gul yoki qalam gulsimon jingalak - qorako'l terilardagi jun tolalari jingalakligining eng qimmatli shaklidir. Qalam jingalakning jun tolalari teri qoplami sathida parallel ketgan juda ko'p qatorchalar hosil
88
qilib, chiziqli tartibda joylashgan. Qalam gul jun tolalari o'ziga xos tuzilishga va klassik buralmaga ega boiib, yarim doira yoki doiralar hosil qiladi, ularning yuzasi (o'qi) teri qoplami sathiga parallel holatda yotadi (18-rasm).
Qalamgul jingalakka nazar solinganda jun tolalarining uchi kurinmaydi, qalam gullar orasida joylashgan choklar esa go'sht-pardaga (teri mag'ziga) parallel holatda yotuvchi yaltiroq tolalar bilan qoplangan bo'lib, bu tolalarning ham uchlari ko'rinmaydi.
Qalam gul shaklidagi jingalak yopiq doiraga yaqinlashishga intiladi. Uni yopib turuvchi jun tolalari qoplag'ich qism deb ataladi. Jingalak hosil qilishda 55-60 % ni ana shunday qoplag'ich tolalar tashkil qiladi, bu esa uning yuqori sifatli bo'lishini ta'minlaydi. Bir chiziqda joylashgan qoplag'ich tolalar halqasimon silindrli jingalakli tashqi tekis qavatni tashkil qiladi. Qoplag'ich tolalarning uzunligi va mayinligi nechog'lik bir xil bo'lsa, jingalakning buralganligi shunchalik ko'rkam va yaqqol bo'ladi.




18-rasm. Qalam gulli jingalak tiplari: 1- yarim doirali; 2-serbar; 3-baland qirrali; 4- egarsimon, hurpaygan.


89


Jingalakning ichiga kiruvchi jun tolalari o'roqsimon shaklda bo'lib, kiruvchi tolalar deb ataladi. Bu xil tolalar jingalakning to'g'ri tuzilgan bo'lishi uchun bamisoli asos hosil qiladi va ana shu tuzilishga tayanch xizmatini o'taydi, jingalakning pishiqligi qisman shu tayanchga bog'liq bo'ladi.
Yarim doirali qalam gul - jingalaknmg bu turiga junning yaxsbi sifatlari xos: chunonchi, pigmentatsiyasi, yaltiroqligi, intensiv pigmentatsiyasi.
Tuzilishi jihatdan qalam gul jingalaklar quyidagi turlarga bo'linadi: yarim yumaloq bog'lama shaklda, serbar, baland, egarsimon ezilgan, hurpaygan. Bir teridagi yarim doirasimon jingalaklar shaklining bunday xilma-xilligi, boshqa xil jingalaklar shakllari bilan qo'shilib, ko'rkam naqsh hosil qiladi.
Qovurg'asimon qalam gul - jingalakdagi tolalarning qoplog'ich qismi qirrali tarzda egilgan, shu tufayli u chala egilgan va cho'zinchoqroq bo'lib ko'rinadi.
Jun tolalari avval deyarli vertikal holatga ko'tariladi, so'ngra egilib, birinchi bo'lakni hosil qiladi, shundan keyin to'g'ri burchak ostiga teriga parallel holatda davom etadi va jun tolalarining uchlari ikkinchi burchakni hosil qiladi, shundan keyin ular teri sathi tomon tushadi, ammo jingalakning og'zi tutashmaydi. Ana shu ikki bukilish qovurg'asimon qalami tipini vujudga keltiradi.
Kiruvchi jun tolalari kam egilgan va qisman to'g'ri holatdir. Xiylagina yirik chok mavjudligi teri guliga ko'rkamlik baxsh etadi.
Qovurg'asimon gullar yarim doirali qalam gullar yoki yassi qalam gullar bilan birgalikda ensiz yol gullar aralashgan holda ham uchraydi. Bunday terilar jun tolasining xarakteriga ko'ra ipaksimon tovlanishi, yaltiroqligi va pigmentatsiyasi jihatdan me'yorida bo'ladi. Ulardagi jingalakning ochiq tomoni aksari holda bosh tomonga yo'nalgan. Yupqa qovurg'asimon I tipdagi terilarda qovurg'asimon qalam gul ko'pincha ensiz yol gullar bilan birgalikda uchraydi. Yol gullar ko'p bo'lgan terilarning jingalagi yetarlicha ipaksimon bo'lmaydi, pigmentatsiyasi kam va shishasimon yaltiroq bo'ladi.
Qovurg'asimon qalam gul serbar yol gullar bilan birga bo'lsa, jun tolasi dag'allashgan, quruq va shishasimon nursiz yaltiroq bo'ladi. Jingalakning klassik egilma shakli buzilganligi, yarim yumshoq spiral halqa va buralmasining yo'qligi, jingalakda qirralar paydo bo'lganligi nuqson hisoblanadi.
Yassi qalam gul - ko'pincha qoplog'ich jun tolalaridan vujudga keladi, bunday tolalar eng boshidanoq teri qoplamiga parallel holatda yo'naladi. Salgina egik bo'lgan qoplog'ich tolalarning uchlari keyingi
90
jingalak yuzasiga tiralib turadi. Shuning uchun jingalaklar o'rtasidagi chok uncha sezilmaydi, yassi qalam gullar bir oz qabariq bo'ladi-yu, ammo jingalaklar bo'sh va tolalar juda ipaksimon mayin bo'lgani sababli qo'l bilan siypalaganda deyarli sezilmaydi.
Yassi qalam gullar aksari yarim yumaloq yoki qovurg'asimon qalam gullar bilan birga bo'ladi va sof holda juda kamdan-kam uchraydi. Ensiz yassi yol gullar va loslar bilan birga qo'shilib, nihoyatda chiroyli naqsh hosil qiladi. Yassi qalam gul ham xuddi qovurg'asimon qalam gul singari klassik shakldagi yarim yumaloq qalam guldan biroz boshqacharoqdir. Biroq o'zining yuksak darajada ipaksimon mayinligi, kuchli yaltiroqligi va tolasining intensiv pigmentatsiyasi tufayli yassi qalam gullar istalgan jingalak tipi deb hisoblanadi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish