13-rasm. Go'lak. 14-rasm. Qorako'lcha.
83
Qorako'lcha - embrional rivojlanishning 127-134 kuniga yetgan homilalarning terisi bo'lib, yuzasi juda kichik, teri qoplamiga yopishib turadigan past yoki endigina ko'tarila boshlangan yaltiroq, ipaksimon mayin soch bilan qoplagan, soch qoplamidagi jingalaklar hali yaxshi shakllanmagan, ammo chiroyli guli ko'zga ozmi-ko'pmi yaqqol tashlanib turadi (14-rasm).
15-rasm. Qorako'l-qorako'lcha. 16-rasm. Qorako'l.
Bo'lajak yol va yetilmagan qalam gullar shaklini taxminlash mumkin. Terilar sathining jingalaklar bilaii qoplanish darajasiga qarab ular turli navlarga ajratiladi.
Qorako'l-qorako'lcha - embrional rivojlanishning 134-145 kunlik davridagi homilalardan olingan birmuncha yirikroq terilar bo'lib, sirti asosan ko'tarilgan, lekin hali kalta ipaksimon mayin va yaltiroq mo'yqoplami to'la rivojlanmagan ensiz jmgalaklar bilan qoplangan, mo'ylarining uchlari hali jingalak ichiga qayrilib kirmagan, ammo ensiz qalam va yol gullar shakllari yaxshi sezilib turadi (15-rasm).
Qorako'l - qorako'lchilikning asosiy mahsuloti. Qorako'l, asosan, yangi tug'ilgan qo'zilardan olinadi. Bunday terilar pishiq, elastik, ipaksimon, yaltiroq va teri sathidan ko'tarilgan mo'yli bo'lib, jmgalaklaridagi mo'ylar har xil shakl va tipdagi buralmalar hosil qiladi (16-rasm).
Yaxobob - asosan, 10-40 kunlik chog'ida nobud bo'lgan qo'zilardan shilib olingan terilar. Bular o'siq va baland mo'у bilan qoplangan yirik terilar bo'lib, turli shakldagi bo'sh jingalaklari bor. Bo'ynining chetlaridagi mo'y kokilchasining uzunligi 3-5 sm ga boradi.
84
17-rasm. Qo'zidagi va teridagi topografik qismlar:
1-sag'ri; 2-orqasi; 3-yag'rini; 4-yonboshi; 5-son; 6-elka; 7-bo'yin; 8-qorin;
9-dum; 10-bosh; 11-oyoqlar; 12-chotlari.
Tarsoq - 2-4 oylik qo'zilardan shilib olingan terilar bo'lib, sirti baland mayin, jingalaksimon mo'y bilan qoplangan, uning ayrim kokilchalari bog'lama halqa shaklida yoki buralmasimon jingalaklar tarzida buralgan bo'ladi.
Ishlov berish jarayonlarida qorako'l terilar bir qator fizik mexanik va kimyoviy ta'sirlarga duchor bo'ladi va shu ta'sirlar natijasida unda kattagina o'zgarishlar sodir bo'ladi: yuzasining kattaligi, teri to'qimasining yupqaligi, jun tolalarining qalinligi, tola o'qining og'ish burchagi va, umuman, qorako'lning sifati ancha o'zgaradi. Biroq ishlov berish jarayonida terilarning ayrim topografik qismlari bir xilda o'zgarmaydi (17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |