3.4.1. Qorako'l jingalagi va qorako'l terining hosil boiishi
Terining rivojlanishi va strukturasiga xos xususiyatlar, xususan, jun tolalari ildizlari bo'yni burilmasining tuzilishiga xos xususiyatlar qorako'l jingalagi shakllanishiga olib keluvchi asosiy omillardir, zero, hujayralarning mustahkamlanishi, o'sayotgan jun tolasi strukturasining shakllanishi xuddi shu burilmada sodir bo'ladi.
85
Qorako'l qo'ylar homila terisi rivojlanishining 60-kunida ularning terisi qalinligi va pishiqligi bilan boshqa zot qo'ylar homilasining terisidan farq qiladi. 60-65 kunda embrionlar terisida jun murtaklari paydo bo'la boshlaydi. 75-kunga borgach, bu murtaklar teri qavati ichiga tusha boshlaydi va bunda ular malpigey qavatidagi ko'payib borayotgan qo'shni hujayralarni ham o'zi bilan olib kirib, epidermial cho'zilma hosil qiladi, ana shu cho'zilmadan bo'lg'usi jun qini vujudga keladi.
90-kunga borganda jun tola murtagi ostida sertomir so'rg'ichchalar paydo bo'ladi. Ular kuchli darajada oziqlanishi natijasida konusi o'sib ketadi. Pastki qismida so'rg'ichchalarga yopishib turadigan jun so'g'oni vujudga keladi. Tola o'qi o'zining yuqori uchi bilan jun qiniga chiqish uchun o'ziga yo'l ochadi va teri qoplami yuzasiga chiqadi. 100-115 kunda homilaning boshi va oyoqlarida qoplama jun o'sib chiqa boshlaydi, keyinchalik gavdasining oldingi qismida, qorni va dumg'azasida ham shunday jun o'sa boshlaydi. Embrion terisining turli qismlarida jun baravar o'smaydi: dumg'aza va orqa qismida eng sekin, yag'rini va dumida esa tezroq o'sadi.
110-112-kunga borganda jun tolalari deyarli silliq, to'g'ri, juda kalta bo'lib, embrion tanasiga zich yopishib turadi, uchlari bosh tomondan dum tomon yo'nalgan bo'ladi va orqasi bo'ylab yonboshlariga yelpig'ichsimon yoyilib tushadi. Bu davrda ular boshqa qo'y zotlari va hatto boshqa hayvon turlari homilasining terisidan hech qanday farq qilmaydi. Rivojlanishning mazkur davridagi homilalar terisi "go'lak" deb hisoblanadi.
Xuddi shu muddatlardagi rivojlanishda - disproporsiya boshlanganligi kuzatiladi: terming o'sish sur'ati homilaning o'sish sur'atidan o'zib ketadi, shuning uchun keyinchalik embrion terisida burmalar hosil bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda teri strukturasida chuqur o'zgarishlar yuz beradi. Teri qavatlarining rivojlanishi va shakllanishi turlicha boradi. Natijada jun so'g'oni joylashgan turli chuqurliklarda turlicha zichlik va turlicha bosim vujudga keladi hamda so'g'onning og'ish burchagi bilan tola ildizi bo'ynining burilish burchagi har xil bo'lib qoladi.
Tola so'g'onlarining teri qoplami ichida uning sathiga nisbatan turlicha burchak hosil qilgan holda chiziqli joylanishi chiziqli ravishda joylashgan jingalaklar vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi.
86
Teri qoplamida burmalar hosil bo'lishi qavatlar ichidagi bosimnmg turlicha bo'lishiga olib keladi va tola ildizi bo'ynining turlicha burchak hosil qilib bukilishiga sababchi bo'ladi. Ushbu holatlar jun tolalarining o'ziga xos formologik tuzilishi shaklanishi uchun sharoit yaratadi va bunday tolalar teri sathiga chiqishi bilan ularning uchlari yo'nalishi o'zgaradi, bu esa ipaksimon tovlanish vujudga kelishiga, tolalar teridan uzoqlashgan sayin esa taralmalar, farqlar, bo'yoqlar va tojlar hosil bo'lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |