Jingalak kattaligi. Qorako'l terilar navining eng muhim ko'rsatkichlaridan biridir. Jingalaklar eniga (kengligiga) qarab mayda -eni 4 mm gacha, o'rtacha 4-8 mm va undan yirik hamda serbar 8 mm dan ortiq xillarga bo'linadi. Uzunligiga qarab: kalta - 12-20 mm; o'rtacha -20-30 mm va uzun - 30 mm dan ortiq jingalaklar farq qiladi. Oshlash jarayonida jingalaklar bir muncha ko'tariladi, yanada ko'proq buraladi, pardozlash va bo'yash paytida esa uzunligi va eniga qarab kattalashadi (20-rasm).
Qorako'l terilarni sotish uchun, ayniqsa, eksport uchun saralashda ularni jingalagining kattaligiga qarab klassifikatsiya qilish zarurdir.
Chok eni. Yondosh jingalaklar o'rtasidagi oraliq shunday deb ataladi. Uning kattaligi jun tolasining uzunligi, yo'g'onligi va qalinligiga bog'liq. Jun tolasi kalta bo'lsa, chok uchun hamisha yetarli joy qoladi va naqshining aniqbo'lishi ta'minlanadi. Tola nechog'li uzun bo'lsa, jingalak shunchalik yirik, choki qambar bo'ladi va guldor naqshi unchalik aniq bo'rtib turmaydi. Qalam gul jingalaklarda yaqqol ko'rinib turadigan choklar qorako'l naqshini alohida bo'rttirib ko'rsatadi.
Chok enini jingalak eniga taqqoslab ko'rish qabul qilingan. Jun tolalari qalin va jingalagi pishiq bo'lgan terilarda chok eni jingalak enining to'rtdan bir yoki beshdan bir qismiga teng bo'ladi. Bunday holda jingalaklar aniq ifodalanmagan, tutash bo'lib ko'rinadi va naqshi birmuncha kamayadi.
98
20-rasm. Jingalaklar kattaligini aniqlash usullari:
1-jingalaklar kattaliklari: a) uzunligi; b) balandligi; d) eni; 2-jingalak enini
shtangensirkul bilan o'lchash; 3-chok enini millimetre lupa bilan o'lchash;
4-kurvimetr bilan o'lchash.
Jim tolalari o'rtacha qalinlikda bo'lganda chok eni jingalak enining to'rtdan bir - uchdan bir qismidan kam bo'ladi. Chok enining bunday kattalikda bo'lishi teridagi jingalaklaniing chiroyli naqsh hosil qilishini ta'minlaydi. Agar jun tolalari siyrak va jingalagi bo'sh bo'lsa, chok ancha keng bo'ladi va qorako'l terining umumiy ko'rinishi unchalik ko'rkam bo'lmaydi. Choklar tor - 2,2 mm; o'rtacha - 2-3 mm va keng 4-5 mm bo'ladi.
Terini oshlaganda, ayniqsa, ishlov berish va bo'yash paytida chok eni birmuncha kattalashadi, jingalak shakllari va tiplarining ravshanligi, naqshining aniqligi yaxshilanadi.
Jingalaklaniing buralganligi. Jun tolalarining buralganlik darajasi jingalak va butun teri sifatini belgilovchi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Jingalaklarning qoplovchi qismidagi jun tolalarining buralganligi tutash doiraga yaqin bo'lib, qorako'l teriga juda ko'rkamlik, jingalaklarga pishiqlik va qimmatbaholik baxsh etadi.
99
V.M.Yudin qoplag'ich tolalarning buralganlik darajasiga qarab jingalaklarni quyidagicha sinflashni taklif etdi:
To'la buralgan (3/3) - bunda qoplag'ich tolalarning uchlari jingalak tagiga yetib keladi va deyarli tutash doira hosil qiladi.
Chala buralgan (2/3) - bunda jun tolalari qalam gulning faqat qavarib turgan qismini qoplab, tutashmagan doira hosil qiladi.
Kam buralgan (1-3) - qoplag'ich tolalar jingalak yoyining uchdan bir qismining birinchi qismida joylashgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |