о
i ■ \
12-rasm. Junning uzunligini aniqlash.
76
Ikkinchi uslubga muvofiq junning qalinligini aniqlash mikroskop ostida olib boriladi. Buning uchun terming gorizontal kesimlari tayyorlanadi va mikroskop ostida terming maydon birligidagi soch ildizlari sanaladi.
3.2.4. Navlarga ajratish
Nuqsonlarning soni va ularning joylanishiga qarab, po'stinbop qo'y terilari to'rtta navga ajratiladi (4-jadval).
4-jadval
Po'stinbop qo'y terilarida nuqsonlar sonining chegarasi
Nav
|
Terming asosiy qismi
|
Terming chekka qismlari
|
I nav
II nav
III nav
IV nav
|
1
5
|
2 2
1
|
III nav talablariga javob bermaydigan va bir joyda 35 % dan kam bo'lmagan foydali maydonga ega bo'lgan terilar kiritiladi.
|
Po'stinbop qo'y terilariga maydoni 35 dm2 bo'lgan voyaga yetgan
qo'y terilari va 25 dm2 kam bo'lgan yosh qo'zilarning terilari, shuningdek,
50 % dan ortiq maydonda juni to'kilgan yoki juni juda kuchli chigal-
lashib ketgan terilar (qo'lda ajratib bo'lmaydi), 25 % maydonda jun
uzunligining yarmidan ko'pi o't urug'lari bilan ifloslangan terilar hamda
jun uzunligi 1,5 sm dan kam bo'lgan terilar kiritilmaydi. Ular charm
xomashyosi hisoblanadi. Yumaloqlab quritilgan, tuzlamasdan quritib
konservalangan, kuchli dudlangan, iste'molda bo'lgan, shuningdek, IV
nav talablariga javob bermaydigan siyrak junli yoki juni juda ko'p
chigallashib ketgan po'stinbop terilar nostandart xomashyoga kiritiladi.
Po'stinbop qo'y terilari nuqsonlarini nuqson birliklarida baholash
Teshik, chaqa, qirchang'i, yuz buzilishi, teri o'ymasi,
mog'orlanish, jun qoplamasi chaqasi, jun qoplami
taqiri, ayrim qismlarda terming qotib ketishi 1
77
Uzilish, siniqlar 1
Qo'ng'iz yegan joylar, kuya yeyishi, prelina, junning
to'kiluvchanligi 2
Charm to'qimasining 1/3 qalinligiga chuqurlikda uzunasiga
kesilishi 1
Palost 1
Terining oriqligi 3
Biglost:
Terining 50 % gacha maydoni 2
Terining 50 % dan ko'p maydoni 3
Dudlanish 3
Go'sht va yog' qiyqimlari 1
Maydon bo'yicha o'lchanadigan nuqsonlarga teshik, teri chaqasi, qirchang'i, yuz buzilishi, jun qoplami chaqasi, teri o'ymasi, jun qoplami taqiri, mog'orlanish, kuya yeyishi, qo'ng'iz yegan joylar, prelina, jun qoplamining to'kiluvchanligi va terining qotib ketishi kabi nuqsonlar kiritiladi. Bunda bitta nuqsonning chegaralangan maydoni 8 sm dan oshmasligi lozim.
Bitta uzilish, siniq yoki kertik uzunligi 8 sm dan oshmasligi kerak. Po'stinbop qo'y terilarida nuqsonlar chekka va o'rtadagi nuqsonlarga bo'linadi. Chekkadagi uchta nuqson terining asosiy qismida bitta nuqsonga tenglashtiriladi.
3.3. MO'YNABOP QO'Y TERILARI
Mo'ynabop qo'y terilariga mayin junli, yarim mayin junli va yarim dag'al junli qo'y zotlarining voyaga yetgan va yosh qo'zilarning, shuningdek, ular duragaylarining terilari kiritiladi.
Ishlab chiqarishga mo'ynabop qo'y terilari taxminan quyidagi nisbatda qabul qilinadi, jundorligi bo'yicha:
- junli va yarim junli 88,1 %, pastjunli 11 %; konservalash usuli bo'yicha ho'l tuzlangan va kislota-tuzli konservalangan 65,1 %, tuzlab quritib va tuzlamasdan quritib konservalangan 34,9 %; sochning ingichkaligi bo'yicha mayin junli 19,8 %, yarim mayin junli 67,3 %,
78
yarim dag'al 12,9 %; nav bo'yicha I -10,1 %, II - 28 %, III- 44,4 %, IV-
17,5 %.
Mo'ynabop qo'y terilarining sifati qo'ylarning zoti, yoshi, saqlash va oziqlantirish sharoiti, shuningdek, dastlabki ishlov berish sifatiga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |