Xalqaro valyuta fondi (XFV) kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi: - xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag‘batlantirish;
- xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli о‘sishini qо‘llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning etarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa qо‘shish;
- a’zo davlatlar о‘rtasida joriy bitimlarga doir kо‘p tomonlama tо‘lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga tо‘sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qilishga kо‘maklashish;
- a’zolarning umumiy resurslari hisobidan etarlicha xavfsiz asosda mablag‘ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga tо‘lov balansidagi nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bо‘ladigan chora-tadbirlarsiz tо‘g‘rilash imkonini berish;
- yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro tо‘lovlar balanslaridagi nomuvofiqlik (muvozanat-sizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini pasaytirish.
XVFni tashkil etish mobaynida qat’iy belgilangan paritet tizimining tamoyillari shakllantirilgan bо‘lib, ularga valyutalarning oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy almashuv kursini о‘rnatish, a’zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valyuta yо‘lakchasi (1945-1971 yillarda - foiz, 1971 - 1973 yillarda – foiz) doirasida bо‘lishini ta’minlanishi, oltinning jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan birga, AQSH dollariga ushbu funksiyani bajaruvchi valyuta maqomining berilishi kabilarni kiritish mumkin.
Bretton - Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta yо‘lakchalari bekor qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga о‘tildi. SHuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi, ya’ni oltin standarti, xalqaro hisob - kitoblarda va Markaziy bankning zaxiralarini shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSH dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini mustaqil tanlash huquqiga ega bо‘ldi.
SHunday bо‘lsada, XVF nizomiga muvofiq, a) mamlakatda moliyaviy va valyuta siyosati barqarorligini qо‘llab-quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valyuta kursining kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi; b) bir tomonlama ustunlikka ega bо‘lishga qaratilgan valyuta kursining manipulyatsiyasidan voz kechish; v) valyutani tartibga solish va valyuta kursi mexanizmida kо‘zda tutilayotgan о‘zgarishlar haqida XVFni zudlik bilan xabardor qilish; g) valyutalarni oltinga bog‘lab qо‘yish tartibidan voz kechish talab etiladi.
XVF bu taraqqiyot instituti emas, Kelishuvlar moddasiga muvofiq, qashshoq mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish, ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratmaydi.
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bо‘lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro tо‘lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning muvofiq darajasini ta’minlash uchun etarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, tо‘lov balansi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyviy yordam sо‘rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi.
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin: 1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli tо‘lov balansi muammolarini bartaraf etishga mо‘ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997 yilda XVF Qо‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni kо‘zda tutadi.
2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan tо‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga kо‘maklashish maqsadida joriy qilingan bо‘lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.
3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy о‘sish dasturi asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va sо‘ndirish muddati 10 yil bо‘lgan kreditlarni о‘zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining kо‘pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy о‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bо‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan tо‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi.